Farg’ona davlat universiteti Magistratura bo’limi Lingvistika: Ingliz tili mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Alimova Maftuna Ravshanbek qizining dekabr oyi uchun ilmiy-pedagogik amaliyot
HISOBOTI
Men Alimova Maftuna Ravshanbek qizi 3-semesterning dekabr oyida mutaxasislik fanlaridan Asosiy o'rganilayotgan til o'qitish metodikasi va zamonaviy texnologiyalar, Pragmalingvistika va Semantika so'z tuzilishi fanlaridan nazariy bilimlar oldim.
Pedagogik amaliyot rejasi va shaxsiy kalendar rejasida belgilangan ishlarni amalga oshirdim. Pedagogik amaliyot kunlarida davomida Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchilariga ingliz tili fanidan darslar o’tdim va ingliz tili kafedra professor-o’qituvchilarining dars jarayonlarini kuzatdim. Xususan, kafedra o’qituvchilari Sh.Husanova, D.Nuriddinova, H.Yunusova, Sh.Ismoilova, G.Mirzayeva, M.O’ktamova va L.Uzakova kabi professor-o’qituvchilarining o’quv mashg’ulotlarini kuzatish davomida yangi qo’llanilayotgan metodlar va usullar, ularning samarasi xamda talabalarning bu dasturlariga nisbatan munosabatlarini o’rgandim. Darslardan so’ng o’qituvchilardan o’zimni qiziqtirgan barcha savollarga aniq javoblar oldim. Bundan tashqari, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va shu tizim bo’yicha talabalarni baholash mezonlari haqida ham chuqurroq tushunchaga ega bo’lish uchun o’quv bo’limi boshlig’i tomonidan o’tkazilgan bir nechta seminarlarda qatnashdim.
Ilmiy rahbarim S.Zokirova ilmiy tadqiqot ishini yozish uchun yo’l-yo’riqlar hamda maqola va tezislar yozish bo’yicha maslahat oldim. Amaliyot davomida professor-o’qituvchilar nazoratida dars mashg’ulotlarini olib bordim. Hamda internet manbalaridan ma’lumotlar yig’ib, o’rganishni davom ettirdim.
Ilmiy rahbarimdan ilmiy tadqiqot ishim va maqolalar bo’yicha fikr almashdim. Ilmiy ishim bo’yicha kutubxona va internetdan kerakli xamda ishonchli adabiyotlarni o’rgana boshladim.
Amaliyot rahbari: _______________ S.Zokirova
Amaliyotchi magistrant : _______________ M.Alimova
Do'stlaringiz bilan baham: |