Bolalarning ijtimoiy moslashuvi


Download 285.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana31.10.2023
Hajmi285.84 Kb.
#1735640
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maxfuza Davletbaeva



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
URGANCH DAVLAT PEDOGOGIKA INSTITUTI 

 
MAKTABGACHA TA’LIM fakulteti 
234-SIRTQI GURUH talabasi 
DAVLETBAEVA MAXFUZAning 
“BOLALARNING IJTIMOIY MOSLASHUVI” fanidan mustaqil 
ishi 
 
MUSTAQIL 
ISH 
 
 
BAJARDI________________________________________________________________________ 
QABUL QILDI____________________________________________________________________ 


1-mavzu:Ijtimoiy pedogogikada ishontirish metodi 
ESSE 
Metodlar,usullar va vositalar bir-birlari bilan bog’liq.Metodlar va usullar ko’p 
ishontirish metodi keng qollaniladi.Bu metodni qo’llash huhusiyati shundan holatda 
vositalar ro’lini bajarishi mumkin.Ijtimoiy pedagogik holatda iboratki,ijtimoiy 
pedagog qaysidir sababga ko’ra odob-axloqning umum qabul qilingan me’yorlari 
shakillanmagan yoki ishi, ijtimoiy pedagoglar faoliyatini tahlil qilishi lozim. 
Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari. Pedagogika (yunoncha paidagogike 
bo’lib, paidagogos «bola» va «yetaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy 
qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni 
tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o’rganadigan 
fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda 
kattalarni milliy istiqlol g’oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish 
muammolarini o’rganadi.Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim 
jihati — uni o’qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika 
(ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari 
hisoblanadi. 
Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o’rgatuvchi». Didasko 
«o’rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, 
tamoyillari, qonuniyatlari, o’qituvchi va o’qituvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, 
mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish 
yo’llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi.Ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra umumiy 
va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta’lim har bir shaxsning kamol topishi 
hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bo’lgan 
ma’lumotlarni berishga yo’naltiriladi. Umumiy ta’lim asosida o’zlashtirilgan 
ma’lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga imkon 
beruvchi maxsus ta’lim olishi uchun asos bo’ladi. Maxsus ta’lim — o’zida 
mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib,



Shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish 
asosida amaliy ko’nikma hamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi.Ta’lim, 
shuningdek, turli darajadagi ta’lim dasturlarini amalga oshirishiga ko’ra 
maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy 
ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta 
tayyorlash hamda maktabdan tashqari ta’lim kabi turlarga bo’linadi. 
Tarbiya nazarivasi — pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, 
tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish 
muammolarini o’rganadi.Tarbiva muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy 
tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va 
dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, 
mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo’nalishlarda 
tashkil etiladi.Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni 
shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini 
ta’minlashga alohida hissa qo’shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining 
belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, lining 
hayotida yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega. 
O’zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni 
barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob 
beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol 
g’oyasi asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini hal 
etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi: 
Ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni 
tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o’rganish.Shaxsni 
hartomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.Ijtimoiy taraqqiyot 
darajasidan kelibchiqqan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi 
tajribasini o’rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashirish.Ta’lim 
muassasalari hamda, ularda faoliyat olib borayotgan pedogoglar faoliyati 
mazmunini asoslash . Ilg’or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga 
joriy etish. 


2.Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta’lim – tarbiya usullari 
bilan qurollantirish. 
Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo’nalishlari o’rtasidagi o’zaro 
aloqadorlikni seeta’minlashning pedagogik shart- sharoitlarini o’rganish.O’qitish 
hamda tarbiyalash jarayoniningsamarali texnologiyalarini yaratish.Oila tarbiyasini 
muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni 
ishlab chiqish. 
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan 
o’zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. 
Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning 
mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriva deb ataladi. 
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va 
tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlaming umumiy mohiyatini 
yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim 
(o’qitish, o’qish), bilim, ko’nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish. 
Shaxs — psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va 
dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi. 
Tarbiva — muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh 
avlodni hartomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib 
toptirish jarayoni. 
Ta’lim —o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy va malakalar bilan qurollantirish, 
ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga 
yo’naltirilgan jarayon. 


Bilim — shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida 
aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui. 
Ko’nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. 
Malaka — muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli. 
Ma’lumot — ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil 
qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui. 
Rivoilanish — shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’Iadigan 
rniqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon. 
Ijtimoiy pedadagogika fani haqida gap ketganda avvalambor biz pedagogika fani 
haqida malumotga ega bo’lishimiz lozim.Pedagogika fani nega kerak ? Pedagogika 
pedagoglar jamiyatimizni ajralmas bo’lagi hisoblanadi yosh kelajak avlodlarimizga 
bilim berish manaviyatini yuksaltish talimiy tarbiyaviy jihatdan bizga bilim va 
ko’nikmalar berishadi. 
Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning 
nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Pedagogika institutlari va 
ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv 
predmeti ham pedagogika deb yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining 
nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy pedagogika bolalar bilan birgalikda 
kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviymaʼrifiy tarbiyasi bilan 
shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublikasida pedagogikaga barkamol 
shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi. 
ijtimoiy pedagogika-shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganish, jamiyatning 
ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning 
samarali usullari, texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo‘llashga qaratilgan 
pedagogika sohasi. 
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi tutgan o‘rni, mohiyati haqida fikr yuritishdan 
ilgari «Ijtimoiy pedagogika» atamasiga e’tiborni qaratish zarur. Unda mustaqil 


“Ijtimoiy”, 
“Pedagogika” yo‘nalishdan iborat bo‘lgan mustaqil fan 
mujassamlashgandir. Bir necha fanlarning bunday birlashuvi tasodifiy xol 
bo‘lmasdan balki, u ixtisoslashuv jarayonlari bilan bog‘liqdir. Darhaqiqat fan 
olamida keyingi yillarda ixtisoslashuv jarayoni bir muncha rivojlandi. Buni birgina 
pedagogika fani misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, «Maktabgacha 
pedagogika», «Maktab pedagogikasi», «Maxsus pedagogika», «Kasb-xunar 
pedagogikasi», «Oila pedagogikasi», kabilar. Fanlarni bu taxlitdagi o’zaro 
birlashuvining asosida ma’lum bir maqsadga qaratilganlik yotadi. Bu xolni «Ijtimoiy 
pedagogika» dan ham aniq ko‘rish mumkin. Darxaqiqat ijtimoiy pedagogika ham 
pedagogika kabi ta’lim tarbiya jarayoni va xodisalarini o‘rganadi, ammo shuni ham 
ta’kidlab o‘tish joizki, u ularni muayyan o‘ziga xos yo‘nalishda o‘rganadi. Chunki, 
mazkur 
fanning 
o‘ziga 
xos 
bo‘lgan 
tomoni 
“Ijtimoiy” 
iborasida 
mujassamlashtirilganligidir. “Ijtimoiy” (lotincha – socialis – umumiy) 
tushunchasining asosini shaxslar, shaxslararo munosabatlarning turli shakllari bilan 
bog‘liq jarayonlar tashkil etadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, agarda 
pedagogika o‘sib kelayotgan yosh avlodlarning ta’lim-tarbiyasi haqidagi fan bo‘lsa, 
ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatdagi hayotga 
qo‘shilishiga bog‘liq qonuniyat va xodisalarni o‘rganadi. Bu o‘rinda shuni ham aytib 
o‘tish joizki, bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani 
qo‘lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari) bilan bog‘liqdir. Buni 
ijtimoiylashuv deyiladi. Agarda biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini uning ob’ekt va 
predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo‘lsak quyidagi holat kelib chiqadi. 
Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob’ekti- bu bola, biroq o‘rganish 
predmetlari turlicha. Pedagogikaning o‘rganish predmeti bolani tarbiyalash 
qonuniyatlari hisoblansa, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani 
ijtimoiylashtirish qonuniyatlaridir. Shu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va 
ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi, hamda insonlar bir-birlari bilan qanday 
muomalaga kirishishlarini, nima uchun bir guruhga birlashishlarini va jamiyatning 
boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi. Shuningdek u bu 


muammolarni ijtimoiy pedagogika vazifalariga mos ravishda o‘rganadi. Bugungi 
kunga kelganda ijtimoiy pedagogika mustaqil fan sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda 
Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. Chunki ta'lim jarayonida 
bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog'liq bo'lgan holat va hodisalar o'rgatiladi. 
Bu jarayonda o'quvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan o'zaro munosabatda bo'ladi. 
Ular ma'lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko'rsatma) orttiradilar, 
ya'ni, ijtimoiylashadilar. 
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday jamiyat 
rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me'yorlar va 
qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, 
o'rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a'zosi bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi. 
Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta'sir etadi. Bu 
ta'sir ta'lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga 
turli g'oyalar, ijtimoiy muhit ta'sir ko'rsatadi. 
Odamlar ijtimoiy me'yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va 
uni o'rganadilar. 
Ijtimoiylashuv jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson 
jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi 
salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi hayotiy 
holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba'zan aksi ham bo'ladi: to'liq 
ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba'zi salbiy holatlarga 
qarshi kurashishda faollik ko'rsatmaydigan odamlar ham mavjud. Bu holat ko'p 
jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o'qituvchilar hamda ota-onalarga ham 
taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik g'oyasi yordamidagina bartaraf 
etilishi mumkin. Zero, O'zbekiston Respublikasining DTS va o’quv me’yoriy 
hujjatlarida ham ta'kidlab o'tilganidek, uzluksiz ta'limni tashkil etish, rivojlantirish 


hamda ta'limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta'lim oluvchilarda 
estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma'naviyat, madaniyat va 
ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi 
Ijtimoiy pedagogikaning muammolaridan yana biri bu ijtimoiylashuv va mazkur 
jarayonning globallashuvi hisoblanadi. Mazkur holatni tushuntirish uchun dastlab 
“globallashuv” hamda “ijtimoiylashuv” tushunchalarining mazmun-mohiyatini 
bilishimiz lozim. 



Download 285.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling