Bolalarning ijtimoiy moslashuvi


Download 285.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana31.10.2023
Hajmi285.84 Kb.
#1735640
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maxfuza Davletbaeva

Individual yordam - boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo‘lgan 
bilim, malakalarni o‘zlashtirishda 
insonga ongli yordam berish
, insonning 
o‘z qadriyatlarini anglashi, o‘z-o‘zini anglashini rivojlantirish, oila, guruh, 
jamiyatga mansubligi hissini rivojlantirishdir.Bu o‘rinda shuni ham ta’kidlash 
joizki, ijtimoiy tajriba, ta’lim va individual yordamning usul, shakl, mazmuni, 
harakter, jadalligi bevosita 
tarbiyalanuvchilarning yoshi
, jinsi, qaysi kasb egasi 
ekanligi, ularning ijtimoiy madaniy mansubligiga ham bog‘liq. Bu jihatlar turli 
ta’lim muassasalari va tashkilotlarda farqlanadi. Masalan pedagogik, texnikaviy, 
tibbiy, xuquqiy, iqtisodiy kabi. 
Ijtimoiy-pedagogik yondashuv. Uning mohiyati bola rivojlanishini 
boshqara olinadigan jarayon bo’lib, insoniyat tajribasini o’zlashtirishni 
ta’minlashdan iborat. Mazkur yondashuv o’qitish jarayonining pirovard natijasiga 
– bola shaxsi ijtimoiylashuviga qaratilgan. Uning mazmuni – bola jamiyatning 
ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarini egallashi, ularni qayta tuzish va o’zgartirishdan 
iborat. Bunday yondashuvda o’qitish tarbiyaviy vazifani bajaradi. 
Akmeologik yondashuv ta’limning shaxsiy yo’nalgan xususiyatlarini ochib beradi. 
Uning mohiyati shundaki, ta’lim shaxs 
hayotiy olami
, pedagog va bolaning 
mazmuniy reallik yuzasiga o’tadi. Ta’lim pedagog va bolaning nafaqat fikr va 
munosabatlarini o’zgartirishga, balki o’zaro ta’sir sub’ektining shakllanishi va 
rivojlanishiga olib keladi. Bunday yondashuv ta’limni o’z-o’zini tarbiyalash, o’z-
o’zini o’qitishga, ya’ni hamkorlikka, birgalikda ijod qilishga aylanishiga xizmat 
qiladi. Bunda ta’lim jarayonida asosiy qarama-qarshilik, ta’limni ideal shaklga olib 
kelish uchun ta’lim mazmunida mavjud pedagog va bolaning real hayotiy 
pozitsiyasi amalga oshiriladi. Mazkur yondashuv ta’limning yakuniy natijasiga 
erishishiga – pedagog va bolani universallashtirish (takrorlanmaslik, noyoblik) va 
amaliy funksiyani bajarilishiga yo’naltiradi. 
Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish. Maktab 
yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish, maktabgacha ta’lim 
muassasalaridagi ijtimoiypedagogik ishdan tubdan farq qiladi. Mazkur faoliyat 
o‘quvchilarning doimiy kamol topishlari va ta’lim olishlari bilan bog‘liq bo‘lib, 
o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga muvafaqqiyatli moslashuvidan, ularni 
jamiyatning faol a’zosiga aylanishigacha bulgan murakkab davrni uz ichiga oladi. 
Sungti yillarda Respublikamizda maktab o‘quvchilari bilan ijtimoiy pedagogik ish 
olib borish yanada keng rivojlanmoeda. U qisman moziy tajribasi, 
qisman 
zamonaviy pedagogik
, tibbiy, psixologik, yuridik faoliyat turlariga tayanib ish olib 
bormoqda. Ayni vaqtda pedagogik jamoalarda nafaqat ta’lim-tarbiya masalalari, 
balki o‘quvchining boshqa bir qator ijtimoiy muammolari ham hal qilinmokda. 
Davlatimizdagi o‘zgarishlar mavjud ta’lim tizimiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatyapti. 
Chunki ta’lim tizimida jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar aks 


etmasligi mumkin emas. 
Umumta’lim maktabi o‘ziningo‘quv, tarbiyaviy va ijtimoiy vazifalarini ko‘rib 
chiqib,birinchi o‘ringa quyidagi ijtimoiy vazifalarni qo‘ymoqda: 
— ta’limni bolalar va o‘smirlar manfaati asosida tashkil qilish; 
— maktabda tarbiya ishini ta’lim bilan ten g yuritish; 
— maktab faoliyatini qayta yo‘naltirish; 
— maktab ishini takomillashtirish; 
— o‘quvchilarning 
bilish faolligini oshirish
, turli 
to‘garaklar tashkil etish. 
Maktabning asosiy ijtimoiy vazifasi bolaning ta’limtarbiya olishga bo‘lgan 
huquqini amalga oshirish hisoblanadi. 
Xozirgi paytda bolalarning ijtimoiy pedagogik himoyasi quyidagicha amalga 
oshirilmokda: 
Maktab ma’muriyati tomonidan kam ta’minlangan oilalar farzandlariga moddiy 
yordam berilmoqda hamda bepulovqatlanish tashkil qilinyapti. Sinf rahbarlari 
tomonidan bolaning oiladagi holatini o‘rganilib, “tarbiyasi og‘ir bolalar”bilan 
alohida mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. 
Maktab psixologi bola qobiliyatlari va qiziqishlarini o‘rganadi, ota-onalar va 
bolalarga maslahat beradi.Maktabda mavjud bo‘lgan sog‘liqni saqlash xizmati 
maktabo‘quvchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi, jismoniy tarbiya guruxlari tuzadi
kuchsiz bolalarga maxsus ovqatlanish tashkil qiladi hamda karantin sinflarini 
nazorat qiladi. 
Maktabda ijtimoiyishga maktab direktori o‘rinbosarlaridan biri rahbarlik qilib, 
maktabning ta’lim muassasalari, turli davlat tashkilotlari bilan aloqasiga katta 
e’tibor qaratadi.Ota-onalar qo‘mitasi ham o‘z o‘rnida tarbiyasi og‘ir bolalar bilan 
ishlashga yordam beradi. Turli davlatlarda ijtimoiy pedagog ishiga ikki xil 
yondashuv mavjud: u maktab bilan hamkorlik qiladi yoki maktabning shtatli 
hodimi hisoblanadi. 
Maktab bilan hamkorlik jarayonida ijtimoiy pedagog teztez maktabga borib turadi, 
ota-onalar va o‘quvchilarning o‘zaro munosabtlarining yaxshilanishiga yordam 
beradi, dars qoldirish sabablarini aniklaydi. U bolalar bilan qo‘pol munosabatda 
bo‘lgan oilalarni hamda jismoniy va ruhiy nuqsoni bor bolalarni aniqlaydi. Ijtimoiy 
pedagog bola yoki oilaga yordam berish maqsadida bolaning uzoq davom etgan 
kasalligi 
sabablarini surishtiradi
, o‘qishda ortda qolmasligi uchun u bilan uyda va 
kasalxonada aloxida mashg‘ulotlarni tashkil qiladi. Bundan tashqari, bola 
tarbiyasidagi muammolarni hal qilish uchun huquqshunos, shifokor, militsiya 
qodimlari xizmatidan foydalanadi. 
Ko‘pgina G‘arbiy Evropa davlatlarida ijtimoiy pedagog maktabning shtatli xodimi 
bo‘lib, ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarni aniqlaydi. Bu bolalar maktab o‘quv 
dasturini o‘zlashtirishga qobiliyati etmaydigan bolalardir. Ular maktab yoki oilada 
ruhiy tushkunlikni boshdan kechirishgan bo‘lishi ham mumkin. Odatda, bu 
toifadagi bolalar voyaga etmaganlar ishlari bo‘iicha komissiya ro‘yxatida turishadi. 


Ba’zan bolalar va ularning atrof dagilar bilan m un osabatlar i n i 
oydinlashtirishning o‘zi ham etarlicha yordam berishi mumkin. 
Ijtimoiy pedagog o‘quvchining maktabdan tashqari vaklini tashkillashtirib, o‘z 
tarbiyaviy ishini sshibborishda ota-onalar bilan hamkorlik qiladi. Hamkorlik 
yuzasidan seksiya, klublar,turli mehnat va turistik bo‘linmalar uyushtiriladi. 
Ijtimoiy pedagog pedagogik jamoaning tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishtashkil 
kdlishi va olib borishini rejalashtiradi va tartibga soladi. U doimiy tarzda 
sinflardagi psixologik muhitni monitoring qiladi va natijalar yuzasidan maktab 
pedagogik jamoasiga axborot berib turadi. Aynan shu xolat maktabda ijtimoiy ish 
olib borishning rejasini tuzishda muhim ahamiyatga ega.Ijtimoiy pedagog 
maktabdan haydalgan yoki ixtiyoriy ravishda boshqa maktabga o‘tgan bolalarga 
alohida e’tibor 
qaratishi
, ularni boshqa maktabga joylashtirishga, yangi jamoaga 
ko‘nikishlariga yordam ko‘rsatishi kerak. Ijtimoiy pedagog o‘qish vaqtida 
noqonuniy ishlab yurgan bolalarni aniqlaydi, muammolarini o‘rganadi va ularning 
o‘qishlari masalasini hal qiladi. U ko‘p bolali oilalarning barcha imtiyozlardan 
foydalanishlari ni, bolalarning reabilitatsion markazlarga qatnashlarini nazorat 
qiladi, ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarga e’tibor beradi, tarbiyasi og‘ir bolalarni 
tarbiyalashda oilalarga yordamlashadi. 
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘riibosari o‘z faoliyatida to‘garak, seksiya, 
klublarni tashkil qilish, o‘qituvchining o‘quvchilar 
bilan individual ishlashini

yashash joyida bolalar bilan konsultatsiya o‘tkazish, alohida pedagogik e’tiborga 
muhtoj bolalar bilan ish olib borishni rejalashtiradi, boshqaradi va nazorat qiladi. 
Alohida fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilar bolalarning qiziqishlarini o‘rganib 
chiqib, ularni turli to‘garak va seksiyalarga jalb qilishadi, maktabda xilma-xil 
tadbirAdaptatsiya tushunchasi. Adaptatsiya — organizmning tashqi muhit bilan 
adekvat aloqalarning shakllanish xususiyati.SHuningdek, adaptatsiya organizm 
faoliyatini tashqi muhit ehtiyojlariga qarab o‘zgartirish qobiliyati 
hamdir.Barchatirik mavjudotlar o‘zgaruvchan atrof-muhitga doimi adaptatsiyani 
ta’minlovchi mexanizmlarga ega. Bu qobiliyat gomeostaz asosida ro‘y beradi. 
Biroqatrof-muhitning bunday o‘zgarishlarini oldindan ko‘ra bilish va unga ko‘nika 
olishi faqat insonga xosdir. Insonning bu yuqori adaptiv qobiliyati tug‘ma bo‘lmay, 
muhit bilan doimiy aloqasining oqibati cifatida rivojlanib keladi.Insonning 
ko‘nikish reaksiyasi shakllari ijtimoiy adaptatsiya sifatida aniqlanishi lozim. 
Boshqa tirik mavjudotlardan farqli o‘laroq, inson ijtimoiy muhit o‘zgarishlariga 
ko‘nika olishi va bu holatlar uchun yurish-turish reaksiyalarini ishlab chiqishi 
lozim. 
Insondagi adaptatsion mexanizmlarda hal qiluvchi rolni ijtimoiy omillar o‘ynaydi. 
Ilmiy-texnikaviy rivojlanish,urbanizatsiyaning tezlashishi, tabiat va kosmosni faol 
o‘zlashtirish aloqa v osi talarining kengayishi va kompyuterlashtirish, davlatlararo 
integratsiya jarayonlari insonda o‘zgaruvchan muhit sharoitlariga tez ko‘nika olish 
qobiliyatini shakllantirish masalasini muhimlashtiradi. Bu qobiliyat shaxs 
rivojining yanada hal qiluvchi ahamiyatga ega tarkibiy qismiga aylanmoqda. 


Insonningtug‘ilishi adaptatsiya borasidagi ilk sinovdir.YAngi tug‘ilgan chaqaloqda 
\am ko‘nikish mexanizmlari mavjudbo‘ladi. 
Biroq go‘daklik davrida muhit bilan faol o‘zaro munosabatlar natijasida oliy nerv 
faoliyatida ba’zi murakkab funksiyalar vujudga keladi. Miyada axborot to‘plash va 
uni qayta ishlash bolaga ijtimoiy muhitning ijtimoiy tajribasini tarbiyaviy ta’sir 
orqali o‘zlashtirish imkonini beradi. 
So‘nggi yillarda go‘daklik davridagi ijtimoiy adaptatsiyagaqiziqish ancha ortdi . 
Ta’lim muassasalalarida tarbiyalanayotgan barcha bolalar uchun ijtimoiy 
adaptatsiya muammosi muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda bolaning 
ko‘nikishimkoniyatlarini 
oshirish
, uning ijtimoiy aloqalarini kengaytirish bola 
shaxsining shakllanishi uchun nihoyatda kattaahamiyat kasb etmokda. 
Bola shaxsining rivojlanishi uning aloqalarining xilmaxilligiga bog‘liq. Demak, 
bolaning har tomonlama rivojlanishi uning aloqalarining ko‘p tomonlama 
rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ijtimoiy aloqalarning barvaqt 
shakllanishi tarbiyaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Ijtimoiy adaptatsiya qobiliyati oliy nerv faoliyatiningrivojlanishiga bog‘liq 
ravishda postanal antogenezda shakllanadi. Bu jarayon hayotning ilk uch yilida, 
ayniqsa, jadal kechadi. 
Shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasi uchun yangi ijtimoiy muhitdagi aloqa va 
me’yorlar haqidagi ma’lumot muhim ahamiyatga ega. YAngi ijtimoiy talablarga 
ko‘nikish bir qancha ruhiy-hissiy qiyinchiliklarni ham keltirib chiqaradi. 
Bola ijtimoiy adaptatsiyani o‘z tajribasi asosida ta’limtarbiya jarayonida o‘rganadi. 
Ijtimoiy adaptatsiya qobiliyatini hosil qilish , o‘z navbatida, ko‘nikish im 
koniyatini kengaytiradi. SHu bilan birga, bolaning ko‘nikish imkoniyatlarida 
inqirozli holatlar ham hosil bo‘lishi mumkin. 
Bu imkoniyatlar esa bolaning atrofidagilar bilan aloqalarining rivojlanishiga, bola 
miyasida axborotlarni qayta ishlashiga bog‘liqbo‘ladi. 
Bolada aniq bir mikroijtimoiy muhitning shartlari sifatida shakllanadigan yurish-
turish shakllari ijtimoiy adaptatsiyaning fiziologik holati hisoblanadi. Bu sharoitlar 
o‘zgaradi, masalan, bolalar biron-bir muassasaga kirganlarida U lardan yurish-
turishining ham o‘zgarishi talab qilinadi. Turli yosh davrlarida bu turli darajadagi 
qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. 
Bolalarning ta’lim muassasalaridagi adaptatsiyalarining asosiy xususiyati 
ularning 
oilalarida shakllanadigan
, otaonasi \amda safdoshlari bilan shakllanadigan 
munosabatlari orasidagi farqsir. 
Bolaning bolalar muassasasi jamoasiga ko‘nikishida bola doim uyda, oilasida 
o‘tkazgan davrlarida shakllangani uning ota-onasi bilan o‘zaro munosabatlari ning 
buzilishi haqida ran ketmaydi. Bunda yaqin insonlari bilan ayrim va oilaviy 
tavsifga ega bulmagan yangi aloqalarning shakllanishi nazarda tutiladi. 
Bolaning yangi muhit sharoitlari bilan tanishganidanoq uning oldiga qo‘yilgan 
talablar, shubhasiz, u yoki bu darajadagi qiyin masala qisoblanadi. Murakkablik 
darajasi bolaning individual hususiyatlariga bog‘liq. Faqatgina ba’zi hollarda 


murakkablik darajasi bola imkoniyatlaridan yuqori bulishi mumkin. SHunday 
\ollarda bolaga bu murakkabliklarni engishga yordam beradigan yo‘llarni qidirish 
lozim, chunki ayni shu paytning uzida uning ijtimoiy aloqalarining kengayishi ham 
sodir buladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning bolalar muassasalar isharoitlariga 
moslashuvining uziga xos xususiyatlari. "Bola hayotning uchinchi yilida 
maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilinishi undan shu paytgacha shakllanib 
bulgan yurish-turish stereotipini o‘zgartirishni talab qiladi^Ham bolaning sog‘ligi, 
qam \ar tomonlama rivojlanishi borasida biror-bir noxush hodisalar paydo 
bo‘lishini bartaraf etish uchunij tim oiy pedagoglar ta’lim m uassasal ari ish ini 
takomillashtirish borasida yordam kursatishlari va bolalar hayotini har tomonlama 
qulay tashkil qilishda ishtirok etishlari zarur. 

Download 285.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling