Farg’ona davlat universiteti Magistratura bo’limi Lingvistika: Ingliz tili mutaxasisligi 1-bosqich magistranti Nozimaxon Abdullayevaning fevral oyi uchun ilmiy-pedagogik amaliyot hisoboti


Download 15.94 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi15.94 Kb.
#1615153
  1   2   3
Bog'liq
hisobot n (2)


Farg’ona davlat universiteti Magistratura bo’limi Lingvistika: Ingliz tili mutaxasisligi 1-bosqich magistranti Nozimaxon Abdullayevaning fevral oyi uchun ilmiy-pedagogik amaliyot
HISOBOTI
Men Abdullayeva Nozima Abdusalim qizi fevral oyida mutaxasislik fanlaridan “chog’ishtirma tilshunoslik”, “kognitiv tilshunoslik” va “nazariy grammatika” va “lingvokulturologiya” fanlaridan nazariy bilimlar oldim.
Pedagogik va ilmiy tadqiqot amaliyot davrining davomi bo’yicha ilmiy rahbarim p.f.f.d. Nargiza Abbasova bilan kelgusidagi ishlar haqida rejalar tuzdik. Ilmiy ishim mavzusi bo’yicha yangi ma’lumotlar to’plash haqda ko’rsatma oldim.
Pedagogik amaliyot rejasi va shaxsiy kalendar rejasida belgilangan ishlarni amalga oshirdim. Pedagogik amaliyot kunlari davomida ingliz tili kafedrasi professor-o‘qituvchilarining dars o‘tish jarayonlarini kuzatdim. Xususan, kafedra o‘qituvchilari p.f.f.d. N.Abbasova, Sh.Karimjonova, N.Aliyeva va Sh. Dadaboyeva kabi professor-o’qituvchilarining o’quv mashg’ulotlarini kuzatdim. Darslar davomida yangi qo’llanilayotgan metodlar va usullar, ularning samarasi hamda talabalarning bu dasturlariga nisbatan munosabatlarini o’rgandim. Darslardan so’ng o’qituvchilardan o’zimni qiziqtirgan barcha savollarga aniq javoblar oldim. Bundan tashqari, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va shu tizim bo‘yicha talabalarni baholash mezonlari haqida ham chuqurroq tushunchaga ega bo‘ldim.
Fevral oyi davomida turli seminar-treninglarga guruhimiz a’zolari bilan birgalikda qatnashdik. Xususan universitetimiz binosida joylashgan “Nilufar” studiyasida bo’lib o’tgan psixologik seminar-trening juda yaxshi taassurotlar qoldirdi. Seminar davomida malakali psixolog-pedagoglardan foydali maslahatlar va nazariy ko’nikmalarga ega boldik.
Ilmiy rahbarim p.f.f.d. Abbasova Nargiza ustozimadan ilmiy tadqiqot ishini yozish uchun yo‘l-yo‘riqlar hamda maqola va tezislar yozish bo‘yicha maslahat oldim. Magistrlik dissertatsiyam uchun universitet kutubxonasida www.science.com, www.Scopus.com, Proquest.com, www.link.springer.com saytlaridan ma’lumot yuklab oldim. Hamda internet manbalaridan ma’lumotlar yig‘ib, o‘rganishni davom ettirdim.
lmiy rahbarimdan ilmiy tadqiqot ishim va maqolalar bo’yicha fikr almashdim. Ilmiy ishim bo’yicha kutubxona va internetdan kerakli hamda ishonchli adabiyotlarni o’rgana boshladim.



Download 15.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling