Farg'ona davlat universiteti magistratura bo'limi Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim) yo'nalishi
Download 33.46 Kb.
|
1. Menejment shaxsiga qoʻyiladigan talablar. Menejer shaxsi tipo-fayllar.org
Menejer shaxsi tipologiyasi
Tadbirkorlik bilan shugullanuvchi shaxs o‘z faoliyatida menejer bo‘ladimi, ' raxbar bo‘ladimi undan faollik, tavakkalchilikka moyillik, mustakil bo‘lish kabi bir qator fazilatlar talab kilinadi. R.L.Krichevskiy ma’lumotlariga ko‘ra menejer shaxsining turli tipologiyasi mavjud. Ya’ni an’anaviy boshqaruvchi, erkin tadbirkor (tashkiliy chetlashlarga amal qilmaydigan) va korporativ tadbirkor (tashkiliy jixatlarda o‘z imkoniyati namoyon etadigan). Vu tipologiyadan kelib chiqib R.Xizrich esa bunday menejerlarning motivlari, tavakkallik darajalari, xato va omadsizliklarga munosabatlari, boshqa odamlarga munosabatlari namoyon bo‘lishiga ko‘ra tasniflarini ishlab chikqan. Turli toifadagi menejerlarning asosiy motivlari: 1. An’anaviy menejerlarda: xizmat lavozimlarida ko‘tarilish motivi, hokimiyatga intilish, obro‘li xizmat o‘rni, qo‘l ostida ko‘p xodimlarga ega bo‘lish motivlari. 2. Erkin tadbirkorlarda: mustaqallnkka intilish motivi, ijodni namoyon etish imkonnyatini yaratish motivi, pullar ya’ni mablag‘ ortirish motivi. 3. Korporativ tadbirkorlarda: 1 va 2-toifalardagi barcha motivlar. Turla toifadagi menejerlarnipg tavvakalchilik darajasi: 1. An’anaviy menejerlar tavakkalchilikka nixoyatda ehtiyotkorlik bilan yondashadilar. 2. Erkin tadbirkorlar tavakkalchilikka me’yori bilan bir maromda yondashadilar. 3. Korporativ tadbirkorlar esa tavakkalchilikka me’yori bilan bir maromda yondoshadilar. Turli toifadagi menejerlarpiyag xato va omadsizliklarga munosabatlari: An’anaviy menejerlar xatolar va omadsizliklardan qochishga xarakat qiladilar. Erkin tadbirkorlar xato va omadsizliklarni yengib o‘tishga harakat qiladilar. 3. Korporativ tadbirkorlar ayni va tavakkalchilik loyixalarini bajarib bo‘lmagunlaricha yashirishga xarakat qiladilar. Turli toifadagi menejerlarning boshqa odamlarga munosabatlari: 1. An’anaviy menejerlar o‘rnatilgan tartibga ko‘ra xodimlar va boshqalar bilan mavqe hamda darajaga amal qilgan xolda ish yuritadilar. 2. Erkin tadbirkorlar ishbilarmonlik uchrashuvlari va munosabatlariga faoliyatning asosi sifatida qaraydilar. 3. Korporativ tadbirkorlar tashkiliy pog‘ona (iyerarxiya)da ishbilarmonlik uchrashuvlari olib boradilar. Menejer shaxga shuningdek raqobatga intilishi, muamolarni yechishda mas’uliyat, o‘z kuchi va intilishiga ko‘ra maqsadga erishishi kabi xislatlarni ham o‘zida tarkib topgiradi. Menejer va rahbarlar bilan ish olib borishda ijtimoiy psixologik faoliyat samarasini ham oldindan bilish loeim. Masalan, bunday shaxslarda ijobiy tafakkurni rivojlantirish, an’anaviy narsalarni idrok etishd,a yangichasiga yondashish kabi jihatlar inobatga olinadi. Menejer shaxsida ishga nisbatan shakllanadigan motivlari Ishlab chiqarishga nisbatan odamlarda ijobiy munosabatni shakllantirish ishlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Ishda ijodiy yondashuvning borish orqali uning jozibadorligini ta’minlash. Demak, har bir xodim uchun tilning mazmuni yokolib qolgan, monotov xarakterlar emas, balki o‘zgaruvchan bo‘lishi kerakligi, agar samara beradigan elementlar topilsa, uni takomillashtirish imkoniyatining borligi bu narsaning xodim yoki ishchi tomonidan anglashshsh kuchli undovchi omildir. Bu xolat «ayniksa, yoshlar ishlaydigan va jalb kilinadigan mexnat turlariga aloqador bo‘lshi lozim. 2. Ishning maqsadi va oxirgi natijalarni, unga erishish imkoniyatlarga aniq tasavvur qilib Aks xolda odam ishi uchun ishlayotgani, yanada sheriyagining xam qanday manfati bor u shaxsan o‘ziga qanday manfaat bo‘lishini bilmaydi, okibatda, ish — qadriyat sifatida uning ongiga singmaydi. 3. Imkoniyat doirasida barcha ishchi va xodimlarni jamoadagi mehnat faoliyati rejalashtirish va vazifalarni aniqlash jarayoniga jalb etish, bu avvalgi motivga yaqin, lekin undan ham ahamiyatli, chukur agar ana shu narsa, amalga oshsa, xodimlarda «umumiy qadriyatni anglab yetish va yaxlit jamoa manfaatini ko‘zlab ishlashga moyillik shakllanadi. Qolaversa, boshqaruvchida xam, har bir xodimda ham, jamoa ishi uchun qayg‘urish, uning yutuqlaridan g‘ururlanish, qiyinchiliklar paydo bo‘lganda qayg‘urish hissi paydo bo‘ladi. Katta gurux yoki konkret jamoa rejalashgirish jarayoniga jalb etilganda, fyakrlar soni ko‘p bo‘lgani uchun xam ular orasidan yaxshi, asosli, ma’qullarini terib olish uchun boshqaruvchyaga qo‘shimcha imkoniyat paydo bo‘ladi. 4. Boshharuvchi o‘z faoliyatida odamlar o‘rtasida o‘zaro hurmat,ishonch, ochiq, samimiy munosabatlar bo‘lishiga erisha olsa, va bunda o‘zi ham o‘rnak bo‘la olsa, jamoada, ma’naviy muxitni boshqarish jarayoni muvafaqqiyatli kechadi. Iliq, samimiy munosabatlar ishlab chiqarish jarayonida paydo bo‘ladigan muammolar va qiyinchiliklarni jamoa bo‘lib xal qilish, undan chnqish yo‘llarini birgalikda qidirib topishga xizmat qiladi. 5. Har qanday birgalikda faoliyat albatta ma’lum natijalarni beradi, ana shu erishilgan yutuqlarga xolis va samimiy baxo bera olish xodimlarni o‘z vaqtida va o‘rinli taqdirlash har bir alohida xodimning bundagi ulushini tan olish, malakali va iqtidorlilarni kerak bo‘lsa, bo‘rtarib bo‘lsa ham mehnati samarasini ko‘rsata olish ularni yanada ko‘tarilishibilan mehnat qilishlariga turtki bo‘ladi. 6. Yangi sharoitlarda barcha odamlar albatta ma’lum ma’lumot egasi ekanligi, ko‘pchilik, masalan, qo‘shma korxonalar. Ilmiy tadqiqot muassasalarida intilayotganlar ham oliy ma’lumotli ekanliklarini hisobga olganda yana bir muxim muammo paydo bo‘ladiki, u xam bo‘lsa, mas’uliyatli ishlarni egasiga aniq topib topshira olish hamda u yoki bu masala va uning yechimi xususida ularning o‘alariga mustaqillikni berish ham axamiyatga ega. 7. Ishchi va xodimlariing samarali ishlari uchun xalaqit berayotgan barcha omildor va shart—sharoitlarga barham berish. Demak, ishchi xodim atrofidagi barcha tashqi omillar (jixozlar, uskunalar, odamlar va hakozo) ta’sir ko‘rsatish omili sifatida qaralishi va tasir xususiyati doimo boshqaruvchining davlat markazida bo‘lmog‘i, imkoniyat bo‘lsa, ularni to‘liq bartaraf etishga erishishi lozim. Masalan, o‘z kotibasi ishlayotgan kompyuterningnosozligi uning ishiga fakat salbiy ta’sir ko‘rsatadi,uning oldini olish va xodimni ishsiz qoldirmaslik chorasini ko‘rish — menejerning bevosita vazifasidir. 8. Odamlarning lavozimlarda ko‘tarilishlarini taminlash, ayniqsa, yosh, iqtidordi mutaxassislar ana shu maqsadda ishlaydilar, boshqaruvchn bu intilishni sog‘lom intilish sifatida karab, faqat o‘e ustida yashab, muggasil yutuqlarga erishayotganlarning lavozimlarida dinamika bo‘lishini ta’minlashi kerak. Shunday qilib, menejerning asosiy vazifasi — ko‘l osgidagi xodimlar jipslashtirish, ularning qobiliyatlarini namoyon yokilish uchun barcha shart — sharoitlarni yaratishdan iboratdir. Download 33.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling