Farg‘ona davlat universiteti maktabhgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani B.Baydjanovga
Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Q.Rahimovdan
BILDIRISHNOMA
Shuning bilan sizga yozib ma’lum qilamanki, siz rahbarlik qilayotgan fakultetning “Maktabhgacha va boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi 1,2,3-kurs talabalariga “Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari”, “Ta’limda axborot texnologiyalari”, “Boshlang’ich sinflarda axborot texnologiyalari” fanlaridan dars mashg’ulotlari olib borilishi o‘quv rejalarda belgilangan. Hozirda amaliy mashg‘ulot darslari “Matematika-informatika fakulteti” binosining o‘quv xonalarida tashkil etilmoqda.
Kelgusi yilda “Matematika-informatika fakulteti”da mutaxasisslik fanlar guruhlari ko‘payganligi va hozirda biz dars o‘tib kelayotgan xonalar mutaxasisslik yo‘nalishi talabalari bilan band bo‘lishi mumkinligi hisobiga, “Maktabgacha va boshlang‘ich ta`lim” yo‘nalishi talabalriga darslarni tashkil qilish uchun kompyuter auditoriyalariga ehtiyoj tug‘iladi.
Yuqoridagi holatni atroflicha o‘rganib chiqib universitet rahbariyatidan “Maktabhgacha va boshlang‘ich ta’lim” fakultetida ta’lim olayotgan 1,2,3-kurs talabalariga “Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari”, “Ta’limda axborot texnologiyalari”, “Boshlang’ich sinflarda axborot texnologiyalari” fanlaridan amaliy dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun 2 ta kompyuter bilan jihozlangan auditoriyalar bilan ta‘minlash borasida yozma murojaat qilib va ushbu muammoni ijobiy hal qilinishida amaliy yordam berishingizni so‘rayman.
Axborot texnologiyalari
kafedrasi mudiri: Q.Rahimov
Do'stlaringiz bilan baham: |