Farg‘ona davlat universiteti matematika-informatika fakulteti Amaliy matematika va informatika yo‘nalishi


Download 34 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi34 Kb.
#1324873
Bog'liq
bayonnoma 16-maktab


Farg‘ona davlat universiteti matematika-informatika fakulteti Amaliy matematika va informatika yo‘nalishi 19.07 - guruh talabasi Abduqahhorov Ilyosbek Farg‘ona viloyati Farg’ona shahar XTBga qarashli 16-umumiy o‘rta maktabi 8-sinfda bo‘lib o‘tgan “LMS (Learning Menejment Systems - Ta’limni boshqaruv tizimlari)” mavzusidagi ochiq dars
BAYONNOMASI
QATNASHDILAR:

  1. O‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: Sh.Dadaboyev

  2. Informatika fani o‘qituvchisi: D.Hasanova

  3. Informatika fani o‘qituvchisi: J.Orifjonova

  4. Informatika fani o‘qituvchisi: Sh.Maxmudova

  5. Eshitildi: Ushbu masala yuzasidan o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Dadaboyev so‘zga chiqdi va 8-sinf o‘quvchilariga “LMS (Learning Menejment Systems - Ta’limni boshqaruv tizimlari)” mavzusidagi ochiq darsda Internet ma’lumotlari, pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlardan va ko‘rgazmali qurollarga o‘rinli foydalanganligini aytib o‘tildi.

  6. So‘zladilar: Informatika fani o‘qituvchisi D.Hasanova tomonidan dars davomida ilmiy xatolarga yo‘l qo‘yilmaganligi, masalalar tartib bilan ishlanganligi takidlab o‘tildi.

Talabaning o‘zini tutishi o‘quvchilar bilan o‘zaro kamtar munosabati, ochiq darsga puxta tayyorlanganligini ko‘rish mumkin. Lekin dars davomida ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi va o‘z vaqtida kamchiliklarni anglab to‘g‘rilandi. Shuningdek avvalgi ochiq darsdagi kamchiliklar bartaraf etilganligi aytib o‘tildi.
Masalan yangi mavzu bayoniga oz vaqt ajratildi. Talabaning ushbu kamchiligini kelgusida bartaraf etishga ishonaman. Darsni ijobiy baholash mumkin.
Qaror qabul qilindi:
1. Amaliyotchi I.Abduqahhorovning 8-sinfda “LMS (Learning Menejment Systems - Ta’limni boshqaruv tizimlari)” mavzusidagi ochiq darsi ijobiy baholandi.
2. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar kelgusi faoliyatida bartaraf etish ko‘rsatib o‘tilsin.


Yig‘ilish raisi: Sh.Dadaboyev
Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling