Fаrg‘onа dаvlаt universiteti matematika informatika fakulteti amaliy matematika va informatika yo‘nalishi 19. 08 A guruh tаlаbаsi rahmonov xurshidbek xayrullo o‘G‘lining


Download 16.33 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi16.33 Kb.
#1568437
Bog'liq
tashqi taqriz yangisi


FАRG‘ONА DАVLАT UNIVERSITETI MATEMATIKA - INFORMATIKA FAKULTETI AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO‘NALISHI 19. 08 A GURUH TАLАBАSI RAHMONOV XURSHIDBEK XAYRULLO O‘G‘LINING
“ Internet do`konlari uchun tovarlarni turlarga ajratuvchi neyron tarmoq loyihasini tuzish (kiyim-kechak savdosi)” mavzusida bajarilgan bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
1. Ish mavzusining dolzarbligi va mazmuni: Mazkur bitiruv malakaviy ishida bugungi kunda rivojlanib borayotgan sun`iy intellekt sohasidagi o`zgarishlarga muvofiq neyron tarmoq loyihasini tuzish kabi ishlarning ishlatilayotganli oʼrganilgan boʼlib, bu mavzuning dolzarbligini belgilab beradi.
2. Ishning boʼlimlariga tavsif: Bitiruv malakaviy ishi kirish, uchta bob va xulosadan tashkil topgan. 17 ta nomdagi foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati boʼlib, adabiyot va oʼquv qoʼllanmalar, ilmiy tadqiqot ishlari, internet ilova va resurslaridan hamda bitiruv malakaviy ishining asosiy xajmi 74 bet matn, 27 ta rasmdan tashkil topgan.
Bitiruv malakaviy ishining boblarida neyron tarmoqlari bo`yicha tushunchalar, ma`lumotlar, neyron tarmoq strukturasi, turlari, tasniflash va klasterlash bo`yicha python dasturining tensorflow va keras kutubxonalari orqali amaliy dasturlar tuzish orqali tasvirlarni tanib olish va turlarga ajratish kabi dasturlar tuzilgan.
3. Ishning ijobiy tomonlari: Bitiruv malakaviy ishini ijobiy tomoni unda dolzarb boʼlgan neyron tarmoqni o`rganishda ma`lumotlar yaxshi yoritilib berilgan, strukturasi, sun`iy intellekt tizimiga oid dastur tuzilgan ,
4. Ishning kamchiliklari: Bitiruv malakaviy ishida bir qator kamchiliklar boʼlib, ba`zan imlo xatolari, va matnlarni matn muxarririda boshqarishdagi texnik xatolar koʼzga tashlanadi. Ishning dolzarbligi va talab darajasida loyihalanganligiga asoslanib uning mohiyatini yoritib berishda katta kamchilik sifatida qarash shart emas deb hisoblayman.
5. Xulosa: Ushbu bitiruv malakaviy ishni koʼrib chiqib, shuni taʼkidlab oʼtish lozim deb topaman: mavzuni dolzarbligi, mosligi va muallif tomonidan mustaqil fikrlar asosida yaratilganligi, ijodiy yondashuvga erishliganligi, yutuqlari va kamchiliklarini hisobga olib, taʼlab va meʼyorlar doirasida bajarilganligi uchun amaliy matematika va informatika yo`nalishi 19.08 A guruh talabasi Rahmonov Xurshidbek Xayrullo oʼgʼlining “ Internet do`konlari uchun tovarlarni turlarga ajratuvchi neyron tarmoq loyihasini tuzish (kiyim-kechak savdosi)” mavzusida bajarilgan bitiruv malakaviy ishini himoyaga qoʼyishga tavsiya qilaman.

Taqrizchi:


_________________________________________________________________________________________________
__________ _______________________________
(imzo) (F.I.SH)
Download 16.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling