Kirish mavzuni dolzarbligi; ishning maqsadi vazifasi, mavzuni ishlanish darajasi, ishni olib borish metodi va ximoyaga olib chiqiladigan yangiliklar
Download 110.67 Kb. Pdf ko'rish
|
KIRISH
KIRISH Mavzuni dolzarbligi; ishning maqsadi - vazifasi, mavzuni ishlanish darajasi, ishni olib borish metodi va ximoyaga olib chiqiladigan yangiliklar. Ma’lumki, san’at juda Qadim zamonlarda mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida paydo bo’lgan. Yaratuvchanlik va bunyodkorlik faoliyati jarayonida insonning tafakkuri kamol topadi. Go’zallik hissi orta boshlaydi., voqealikdagi qulayk, foydalilik, go’zallik tushunchalarini anglaydi. Uzoq o’tmishdagi ajdodlarimiz yaratgan tosh qurollar, ularning nafaqat moddiy ehtiyojlarini qondirgan, balki, kundalik hayoti mazmunini boyitishga xizmat ham qilgan. Tosh qurollarsiz biror bir eng sodda naqsh yoki qoyalarga tushirilgan tasvirlarning vujudga kelishi mumkin emas edi. San’at mehnat bilan uyg’un tarzda rivojlangan, bevosita mehnat jarayonlari bilan chirmashib ketgan.jamiyatning rivojlanishi, ijtimoiy taraqqiyotidagi katta o’zgarishlar san’atning jamiyat hayotidagi o’rnini belgilab bergan. San’at tarixiy jarayonlarda ma’lum vaqt g’oyaviy qurol sifatida hukmron tabaqalarning targ’ib etuvchi o’ziga xos kuchiga aylangan, lekin Shunga qaramay u hayot go’zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol toptirdi. (olijanoblik, insonparvarlik), ularda tenglik, ozodlik, birdamlik (birodarlik), kelajakga ishonib, intilib yashashga hatto bu yo’lda uchraydigan to’siqlarga qarshi kurashga da’vat etuvchi safarbar, da’vatkor kuch vazifasini ham bajardi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng, boshqa sohalar qatori ta'lim-tarbiya sohasida ham katta islohatlar olib borilmoqda. Buni "Ta'lim to`g`risida" va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" to`g`risidagi qonunlarni qabul qilinishi bilan izohlash mumkin. O`zbekiston Respublikasi "Ta'lim to`g`risida" va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" to`g`risidagi qonunlarni mamlakatimizda jahon andozalari talabiga javob bera oladigan yuksak malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash vazifalari qo`yilgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi ta'lim sohasining tubdan islox qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar milliy tizimini yaratishdir. Uch bosqichdan amalga oshirayotgan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ko`zda tutilgan asosiy maqsadlardan biri, bozor iqtisodiyotiga o`tish davriga moslasha oladigan, raqobatbardosh, faol va ijodkor Shaxslarni shakllantirishdan iboratdir. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridayoq, - deb yozadi. Prezidentimiz I. Karimov - ajdodlarimiz tomonidan ko`p asrlar mobaynida yaratib kelingan hoyat ulkan, bebaho ma'naviy va madaniy merosini tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo`lib qoldi. Biz ma'naviy qadriyatlarni tiklashni, milliy o`zlikni anglashni o`sishidan, xalqning ma'naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz". I Download 110.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling