Farg’ona davlat universiteti Matematika-Informatika fakulteti


Download 11.75 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi11.75 Kb.
#1458602
Bog'liq
Hisobot chiqmaydi


Farg’ona davlat universiteti
Matematika-Informatika fakulteti
Amaliy matematika yo’nalishi
20.09A – guruh talabasi
Nabijonova Nozimaxon
17.04.2023 – 29.04.2021 o’quv
yilida o’tkazilayotgan malakaviy amaliyot


HISOBOTI
Men Nabijonova Nozimaxon 17.04.2023 dan 29.04.2021 gacha malakaviy amaliyotda bo’ldim. Men bu amaliyotimni Farg'ona viloyati Farg'ona shahari 26-maktabda o’tkazmoqdaman.
Biz amaliyot rahbarimiz bilan 17 - aprel kuni Maktabga yetib keldik. Maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari qabul qilib oldi. Ustozimiz kerakli maslahatlar berdi. Shaxsan menga ushbu maktabning tajribali matematika fani o’qituvchisi Shamsiddinova Muqaddasxon uztoz biriktirildi. Maktabning tashqi ko’rinishini tomosha qilar ekanmiz, ko'rinishi juda ham chiroyli va katta, ko’rkam edi. Birinchi kuni men uchun maktab va maktab jamoasi bilan tanishuv kuni bo'ldi. Biz birinchi navbatda maktab direktori bilan ko'rishdik. Maktab direktori bizni maktabdagi ichki tartib-qoidalar bilan tanishtirdi. Maktab direktori va jaomasi juda ham tartibli va o’z ishlariga mas'uliyat bilan yondashishlari, maktab formasi, o'qituvchilar oldiga qo'yiladigan talablar, davomat qattiq nazorat qilinishini tushuntirdi. Meni yuqoridagi talablarga rioya qilishim haqida aytib o'tdilar. Men maktab va maktab jamoasi bilan tanishib chiqdim. Shuni ham ayta olamanki, menga maktabdan biriktirilgan amaliyot rahbarim yaqindan ko'maklashdi. Ularning dars o'tish metodlari, dars o’tish malakasi, o’quvchini darsga qiziqtira olishi, dars paytida o'quvchining xayoli faqat va faqat darsda bo'lishiga harakat qilishi menga juda ham yoqdi. Amaliyot davrimda matematika va boshqa fan ustozlarining darslarida ham ishtirok etdim. Maktab o'qituvchilarining dars o'tish metodlari umuman bir-biriga o'xshamas, har bir ishtirok etgan darslarimdan bir qancha metodlarni o'rganib chiqdim. Amaliyotim mobaynida bir qancha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillashni, nimalarga ko’proq e'tiborli bo’lish kerakligini, qanday usullar orqali ochiq darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o’rganib oldim.
Men amaliyotim davrida boshqa matematika o’qituvchilari bilan ham muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim, o’rgandim va o’zimga kerakli xulosalarni oldim. O’zimga biriktilgan sinfdan tashqari boshqa sinflarda bo’layotgan ochiq darslarga ham qatnashdim. O’qituvchilarning dars o’tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo’ladigan turli o’qitish metodlari, yangi pedagogik texnalogiyalarning dars davomida qo’llanilishini, shu bilan birga, noan’anaviy o’qitish uslublaridan foydalanishni va eng asosiysi pedagog sifatida o’quvchi bilan to’g’ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim va o’rgandim. Informatika fani o’qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni, darslar uchun mustaqil ravishda dars ishlanmasi yozishni, foydalanishni, darsni to’g’ri tashkillash, mavzuga mos bo’lgan materiallar, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mashqlar, mavzularga mos keladigan o’yinlar tayyorlashni, barcha o’quvchilar bilan birdek ishlashni, darsga jalb qila olishni, o’quvchilarni rag’batlantirishni, vaqt taqsimotini to’g’ri tashkil etishni bilib oldim va o’zim ham mustaqil ravishda o’quvchilarga dars o’tdim. Bunda menga o’qituvchilardan o’zlashtirgan bilimlarim samara berdi. Ularni amaliyotda sinab ko’rdim.
Ushbu amaliyot davrida o’qituvchilarning menga bergan saboq va bilim ko’nikmalari, bu yerdan o’rgangan bilim va tajribalarim menga kelajakdagi ish faoliyatimda va albatta yetuk malakali mutaxassis bo’lib yetishishimda katta yordam beradi, deb o’ylayman.
Maktab direktori: _______________
Amaliyot rahbari: M.Shamsiddinova
Amaliyotchi talaba: N.Nabijonova
Download 11.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling