Farg`ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Download 164.33 Kb.
|
3-4-sho\'ba
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘QUVCHILARDA TEXNIK IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI Nasrullayeva Fatima Azatovna
- Annotatsiya.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. K.E.Onarqulov, SH.Q.Yakubova, O.Q.Dehqonova. O’rta umumta’lim maktablaridafizikadan namoyish tajribalari. O’quv qo’llanma. Farg’ona 2020. 2. Oxista Dehqonova. Role of math knowledge in the process of laboratory works in physics.JournalNX-A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal ISSN: 2581-4230, June 18th & 19th,2020. 3. Б.Х.Карємов, Ю.А.Ганєн, Ғ.Х.Рустамов. Radioelektronika asoslari. Фқєтувч є.1993. 4. Mirzoxid o‘g, Q. C. A., & Xoshimovich, K. B. (2022). HARORAT VA NAMLIKNI ARDUINO PLATFORMASIDA BOSHQARISHNI O’RGANISH. Ijodkor o‘qituvchi, 2(20), 175-178. O‘QUVCHILARDA TEXNIK IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI Nasrullayeva Fatima Azatovna Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti “Professional ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi Annotatsiya. Maqolada texnologiya darslarida 5-7-sinf o‘quvchilarning texnik ijodkorlik qobliyatlarini rivojlantirishda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlar, o‘quv ustaxonalarida o‘quvchilarning amaliy faoliyatini olib borish uslublari va bosqichlari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar. Ijodkorlik, texnik ijodkorlik, loyihalash, amaliy mashg‘ulot, texnik xujjat ilmiy rivojlanish, mustaqil loyihalash, robototexnika, innovatsion ta’lim texnologiyalri. O‘quvchilarning texnik ijodkorligini shakllantirish bugungi kunda rivojlanayotgan kelajak kasblarini egallashlarida katta yordam beradi. Kelajak kasblari haqida so‘z ketsa, kompyuterlashtirish va raqamlashtirish barcha sohalarga kirib borishi bilan har bir muassasada, tashkilotlarda dasturchi va dastur tuzuvchilarga ehtiyoj paydo bo‘lishi tabiiy. Yurtimizda ham axborot texnologiyalari bozorining jadal rivojlanishi axborot texnologiyalari mutaxassislariga ehtiyoj tobora oshmoqda. Bu sohaga qiziqish yuqoriligining sababi olingan bilimlarni dunyoning istalgan nuqtasida qo‘llash mumkin. Axborot texnologiyalarining jozibadorligi shundaki, u aqliy salohiyatingizni muntazam charxlaydi. Bu soha vakillari tabiatan ijodkor bo‘ladi. Hayoliga kelayotgan g‘oyalarni kompyuter yoki dasturlash tillarida taqdim etadi. U qaysidir ma’noda insonga erkinlik beradi, dunyoqarashini kengaytiradi. Axborot texnologiyalarini chuqur o‘rganish moliyaviy imkoniyatlarni kengayishiga sabab bo‘ladi. Bitta kompyuter va aqliy qobliyat yordamida odamlarga yordam beradigan, foydasi tegadigan mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin. Masalan, tibbiyot sohasini olsak, robotlar kelgusida operatsiyalarni yuqori aniqlik va tezlikda bajarishi mumkin. Shuningdek ta’lim va boshqa ko‘pgina sohalarda ham sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Kelgusida dasturlash tili eng ommabop tillardan biriga aylanadi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim tizimiga kirib kelishi innovatsion ta’lim texnologiyalarining rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Download 164.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling