Farg’ona davlat universiteti O’qituvchi nutq m


Abdulla Qahhor hikoyalarida til mahorati va badiiy detaldan foydalanishi masalasi


Download 0.78 Mb.
bet30/48
Sana28.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1008896
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48
Bog'liq
Нутқ маданияти-китобча-3-курсларга

Abdulla Qahhor hikoyalarida til mahorati va badiiy detaldan foydalanishi masalasi
Abdulla Qahhor hikoyalarining tili alohida e’tiborga molikligi. Badiiy detalning asarda tutgan o’rni. Abdulla Qahhorning badiiy detaldan foydalanish mahorati.
Abdulla Qahhorning til mahorati haqida atoqli adabiyotshunos olim O.Sharafiddinov quyidagilarni yozgan edi: “Abdulla Qahhorning tili o’zi bir katta olam. Bir marta bu olamga kirgan odam undagi mislsiz go’zallikning asiri bo’lib qoladi, u olam tufayli o’zbek tili deb atalmish ona tilimizning nafisligiga, aniqligiga, rangdorligiga, ma’nodorligiga, har qanday nozik tuyg’uni, har qanday murakkab kechinmani ifodalay oladigan qudratiga qoyil bo’ladi. Abdulla Qahhor ishlatgan so’zlar, yaratgan jumlalar tilimizning boyligini o’zida aks ettirib, kamalakday tovlanadi. Yozuvchi bunga... tinimsiz mehnat bilan erishgan”.1
Abdulla Qahhor asarlarini, shu jumladan, uning hikoyalarini o’qib, ularning tiliga xos bir qator xususiyatlarni kuzatish mumkin. Ozod Sharafiddinov bu borada yana quyidagi mulohazalarni bildiradi:
1. Abdulla Qahhor hikoyalarining tilida o’quvchini maftun qiladigan birinchi xislat-tabiiylikdir. Uning asarlarida kuchanib yozilgan biror jumlani topolmaysiz.
2. Abdulla Qahhor hikoyalarida so’zlarni g’oyatda tejamkorlik va yuqori darajadagi san’atkorlik bilan qo’llaydi. U har bir so’zning ma’nosidan, zaminidagi emotsional kuchdan, rangidan, stilistik imkoniyatlaridan iloji boricha to’la foydalanadi. Uning jumlalaridagi so’zlar ichiga qo’rg’oshin quyilgan shaxmat donalaridek o’z joyida qat’iy tartib bilan turadi. Ularni olib tashlash yoki joyini o’zgartirish amrimahol.
3. Abdulla Qahhor hikoyalarining tili chuqur obrazlilik bilan yo’g’rilgandir. Uning hamma asarlarida ham o’tkir obrazlarni, kutilmagan istioralarni, original fraziologik iboralarni ko’p uchratamiz. Bu xislat, umuman, Abdulla Qahhorning adabiyotdagina emas, hayotda ham obrazli fikrlashi, olamdagi hamma narsani, har qanday hodisani obrazlar orqali qabul qilishi bilan bog’liq.
4. Abdulla Qahhor hikoyalari tilining yana bir fazilati uning g’oyat milliyligidir. Uning tilida o’zbek tilining ichki boyligi yorqin ifodalanadi. Bu milliylik birinchi navbatda xalq tilining ruhiga juda mos kirib borilganida, shu ruhni o’z asarlari tiliga ko’chira olganida ko’rinadi.
Abdulla Qahhorning badiiy til borasidagi yuksak mahoratini boshqa adiblaru olimlar ham e’tirof etishgan. Chunonchi, taniqli rus adibasi o’zbek yozuvchilarining yaqin do’sti Lidiya Bat o’zining u haqidagi xotiralarida quyidagilarni yozadi: “Qahhor so’zlarining mag’zi butun. Undagi qisqalikning boisi ham shunda. Ortiqchalik, bejamalikdan asar yo’q, shuning uchun uning asarlarini tarjima qilish qiyin. U voqealarni, qahramonlar kechinmalarini shunday quyuqlashtirib tasvirlaydiki, ba’zan tarjimon o’zidan so’z qo’shib, uni “suyultirgisi”, to’qimaga o’zining bezaklarini qo’shib yuborgisi keladi. Qahhor bunga o’ta sergak munosabatda bo’lar edi. Bir gal hikoyasi tarjimada qariyb ikki hissa ko’payib ketganini sezib, tarjimonni koyib bergan. Shunda tarjimon adibga g’alati e’tiroz bildirgan:
- To’g’ri, siz ajoyib hikoya yozgansiz, lekin tarjima qilgan odam uni jindek bo’lsa ham kengaytirgisi, jindek unga qo’shib ko’ygisi kelaveradi. Bunday holida esa u o’ta siqiq, havo etishmayotgandek ...
Qahhor bari bir ko’nmasdan:
- Mayli, “yomon” ligicha, ammo – lekin meniki bo’lib qolsin. Men yozgan narsani “yaxshilashingiz” shart emas, - degan”.2
“Abdulla Qahhorni nega buncha e’zozlaymiz? Mahoratiga nechun bunchalik tahsin o’qiymiz? – deya savol qo’yadi iste’dodli adabiyotshunos olim, mumtoz va hozirgi adabiyotimizning katta bilimdoni Ibrohim Haqqul o’zining “Abdulla Qahhor jasorati” nomli maqolasida va bularga o’zi quyidagicha javob beradi: - U so’z bilan mo’’jiza yarata bilgan, til mehnatini zargarlik san’ati darajasida yuksaltira olgan yozuvchi edi. Abdulla Qahhor hikoya va qissalaridagi har bir so’z, har bir iboraning o’rni shu qadar muhim va mustahkamki, ularni boshqa so’z, boshqa ibora yohud jumla bilan o’zgartirish deyarli imkonsiz”. U o’z fikrini yozuvchi Said Ahmadning “Men tajriba uchun ustozning “O’g’ri”, “Bemor”, “Anor” hikoyalaridan ba’zi so’zlarni olib tashlab ko’rdim. Bo’lmadi. Hikoya bir ustuni olib tashlangan ayvonga o’xshab lapanglab qoldi”, degan so’zlari bilan yanada mustahkamlaydi va davom etib, “Axir har bir sahifa o’rta hisobda 15-16 marta ko’chirilsa, - deb yozadi Ibrohim Haqqul, - har safar jumlalarga sayqal berilsa, boz ustiga bir sahifadagi gapni bir jumlaga, o’n sahifa mazmunini birgina sahifaga sig’dirish uchun qunt va ilhom ila mehnat qilinsa – so’z nari tursin, tinish belgisini ham qimirlatib bo’lmaydi”.3
Shu o’rinda, garchi yozuvchining boshqa janrda yozgan asari munosabati bilan aytilgan bo’lsa-da, O.Sharafiddinov domlaning yana bir fikriga e’tibor qilishga to’g’ri keladi. “60-yillarning boshida Abdulla Qahhor sakkiz yillik tanaffusdan so’ng, yana dramaturgiyaga qaytadi. Bu galgi izlanishlarning samarasi o’laroq, 1962 yilning boshida “Tobutdan tovush” deb atalgan o’tkir satirik komediya maydonga keldi. Abdulla Qahhor boshqa hamma yirik asarlari kabi bu asari ustida ham juda jiddiy ma’sulyat bilan astoydil ishladi. “Tobutdan tovush” ni yozishga qancha vaqt sarflaganligini aniq ayta olmaymiz. Lekin asarning saqlanib qolgan qoralama variantlariadibning juda katta mehnat qilganidan dalolat berib turibdi. Har qandey pesa hozirgi paytda 50-60 betdan nariga o’tmaydi. “Tobutdan tovush” ning qoralama sahifalari esa ming betdan ortiqroq. Demak, pesaning har sahifasi kamida 15-20 martadan ko’chirilgan. Tabiiyki, mexanistik tarzda ko’chirilmay, pesaning turli komponentlari qaytadan ishlangan va mukamallasha borgan”. (O.Sharafiddinov, Abdulla Qahhor. Hayoti va ijodiy faoliyati haqida lavhalar. “Yosh gvardiya” nashriyoti T., 1988, 224-bet)



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling