Farg'ona davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 3-kurs 20. 44-guruh bitiruvchisi Yigitaliyeva Odilaxonnning "Innovatsion texnologiyalar yordamida


Download 45 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi45 Kb.
#1626033
Bog'liq
Odila taqriz


Farg'ona davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 3-kurs 20.44-guruh bitiruvchisi Yigitaliyeva Odilaxonnning "Innovatsion texnologiyalar yordamida, bólajak tarbiyachilarni kasbiy salohiyat samaradorliguni oshirish yóllari" mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga


TAQRIZ
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng mavjud imkoniyatlarni aholining ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini asta sekinlik bilan yechishga qaratdi. Ayniqsa, yoshlarga g'amxo'rlik ko'rsatishga alohida e'tibor berib kelinmoqda. Yoshlardagi shijoat va intilishni alohida pedagogik muammo sifatida o'rganish esa ularni hayotga tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev «Bugungi kunda Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, farovon hayotga erishish, xalqaro maydonda munosib o'rin egallashdek ezgu maqsadlarga yetish yo'lida biz tayanchimiz va suyanchimiz bo'lmish yoshlarimizga beqiyos orzu-umidlar bilan qaraymiz» degan so'zlari hozirgi yoshlarga bo'lgan cheksiz hurmat va e'tibor belgisidir.
Yigitaliyeva Odilaxonning " Innovatsion texnologiyalar yordamida, bólajak tarbiyachilarni kasbiy salohiyat samaradorligini oshirish yóllari" mavzusida olib borgan ilmiy izlanishlari ana shunday muhim xususiyatlari bilan bugungi kunda dolzarblikni taqozo etadi.
Bitiruv malakaviy ish kirish, 2 bob, xulosa va tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat bo'lib, 56 sahifani o'z ichiga oladi.
Bitiruv malakaviy ishning kirish qismida mavzuning dolzabligi, maqsadi, vazifalari, ob'ekti, predmeti, tadqiqot metodlari, metodologik asosi atroflicha yoritib o`tildi.
Ishning birinchi bobi "Inavatsiyon texnologiyalar yordamida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy salohiyat samaradorligini oshirish yóllari nazariy asoslari" deb nomlanib, mavzuning dolzarbligi ochib berilgan.
Mazkur bobda mavzu yuzasidan umumiy nazariy ma’lumotlar keltirilgan. Bobning birinchi paragrafi “Innovatsion texnologiyalar yordamida bolajak tarbiyachilarni kasbiy salohiyati samaradorligini oshirish pedagogik muammo sifatida” olinib, mavzuni o'rganilishi yuzasidan atroflicha keng ma’lumotlar keltirilgan. “Innovatsiya” tushunchasiga ta’rif berilgan, innovatsion texnologiyalarning kelib chiqishi haqida to'xtalib o'tilgan, innovatsion faoliyat, innovatsion jarayon tushunchalariga ta’riflar keltirilgan.
Bobning ikkinchi paragrafida “Bolajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda foydalaniluvchi innovatsion texnologiyalar” haqida ma’lumotlar beriladi. Bunda G.K.Selevko tomonidan innovatsion pedagogik texnologiyalarni turkumlanishi asosiy ma’lumot sifatida keltirilgan. Mavzuni tóliqroq va aniqroq yoritish maqsadida texnologiyalarning turli xil maqsadlarda qollanilishi yuzasidan ma’lumotlar keltiriladi. Masalan; tashkil etilishi va boshqaruv jihatdan, falsafiy jihatdan, qollanilish (qamrov hajmi) jihatidan va boshqa maqsadlar asosida pedagogik texnologiyalarning turkumlanishini o'rganish mumkin.
Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, bitiruv malakaviy ish yakunlangan, mustaqil bajarilgan ish hisoblanadi. Ishning yutuqlari, maqsadning aniqligi, dolzarbligi hamda bitiruv malakaviy ishiga qo`yiladigan talablarga mos kelishini inobatga olgan holda Yigitaliyeva Odilaxonning "Innovatsion texnologiyalar yordamida ,bólajak tarbiyachilarni kasbiy salohiyat samaradorligini oshirish yóllari" mavzusida yozgan bitiruv malakaviy ishini ochiq himoyaga tavsiya etaman.


Taqrizchi O.Toshtemirov

Farg'ona davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 3-kurs 20.44-guruh bitiruvchisi Yigitaliyeva Odilaxonning " Innovatsion texnologiyalar yordamida bolajak tarbiyachilarni kasbiy salohiyati samaradorligini oshirish yóllari" mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga


XULOSA
Respublikamizda maktabgacha ta’lim allaqachon davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Shu bois ta’lim tizimining ilk bo‘g‘iniga doir har qanday muammo davlat miqyosida hal qilinmoqda. Jumladan, maktabgacha ta’lim tizimi tarbiyachilari bugungi kunda bolalarni maktabga tayyorlashning bazaviy dasturi hamda tajriba-sinov jarayonida yuqori baholangan o‘quv-metodik materiallarga ega.
Jamiyat rivojlanib borgani sayin yangi axborot-texnologiyalari takomillashib boraveradi. Shu bilan birgalikda talim berish yollari ham ozgarib, yangi usullarni topish majburiyati tugiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda dunyoqarashni shakllantirish murakkabligi bois hamisha ushbu soha vakillaridan doimiy izlanuvchanlikni talab qiladi. Integral loyihalash asosidagi talimiy faoliyat yo'nalishi esa bolalar bilish salohiyati va ijodiy sifatlarni yuksaltirishda muhim o'rin tutishiga ishonamiz.
YigitaliyevaOdilaxonning " Innovatsion texnologiyalar yordamida, bólajak tarbiyachilarni kasbiy salohiyat samaradorligini oshirish yóllari" mavzusida olib borgan ilmiy izlanishlari ana shunday muhim xususiyatlari bilan bugungi kunda dolzarblikni taqozo etadi.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi, Bolajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish ning ustuvоr tаmоyillаri vа nаzаriy g‘оyalаrini аmаliyotgа tаtbiq etish hаmdа mаzkur fаоliyat nаtijаsini o‘rgаnish mаqsаdidа sinоv ishlаri tаshkil qilingan.
Tаjribа mаydоnlаri sifаtidа Farg‘ona shahri pedagogika kolleji va Marg‘ilon
pedagogik kollejlar tаnlаngan. Tаjribа mаydоni bo‘lgаn tajriba- sinоv ishlаrigа jаlb etilgan bólajak tarbiyachilarning soni jami 100 nafarni tashkil etgan.
Umuman olganda, Yigitaliyeva Odilaxonning " Innovatsion texnologiyalar yordamida bolajak tarbiyachilarni kasbiy salohiyati samaradorligini oshirish yóllari" mavzusidagi malakaviy ishi yakunlangan, muallif o'z maqsadiga erishgan. Bitiruv malakaviy ish DAK tomonidan belgilangan talablarga javob beradi, ana shularni inobatga olgan holda ilmiy ishni ochiq himoyaga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar: O‘rinova Feruza.
Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling