Rektor B.Shermuhammadov
Buyruq Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limida tayyorlandi.
Rasmiylashtirdi B. Axmedov
Mas’ul:
IIIB prorektor I.Zokirov
Kelishilgan:
O‘IB prorektor R.Shukurov
MIIB prorektor D. Darmonov
YоMMMIB prorektor v.v.b. Z. Raximov
XHB prorektor v.b. Sh.Shuxratov
KQK “Komplayens-nazorat”
tizimini boshqarish bo‘limi
boshlig‘i A.Turaxanov
Huquqshunos A.So‘fiyev
KB boshlig‘i A. Jumaboyev
Buyruq tarqatilsin: soha prorektorlariga -5n., IIPTKBga-1n., O‘UB ga – 1n. devonxona – 1n., buxgalteriyaga-1n., tarix fakultetiga 1 n., RTTM – 1n. jami -11 nusxa.
Farg‘ona davlat universiteti
rektori B.Shermuhammadovga
ilmiy ishlar va innovatsiyalar
bo‘yicha prorektor I.Zokirovdan
BILDIRISHNOMA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2023-yil 18-maydagi “Multifokal ateroskleroz va qon aylanish kasalliklarining ilmiy innovatsion yechimlari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi to‘g‘risidagi 4/17-19/1-sonli xatiga muvofiq mazkur konferensiyada dasturga ma’ruzasi kiritilgan professor-o‘qituvchilar hamda talabalarda inson organizmida kechayotgan fiziologik jarayonlarga oid yangiliklar, ilmiy muammolar va ularning yechimlari bilan yaqindan tanishishlarini ta’minlash maqsadida, pedagogika va psixologiya hamda Tabiiy fanlar fakultetlarining professor-o‘qituvchilari hamda talabalarini ushbu anjumanda ishtirok etishlariga ruhsat berishingizni so‘rayman.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar
bo‘yicha prorektor: I.Zokirov
Ilmiy-amaliy anjumanda
professor-o‘qituvchi va talabalar
ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 18-maydagi “Multifokal ateroskleroz va qon aylanish kasalliklarining ilmiy innovatsion yechimlari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanda 4/17-19/1-sonli taklif xati hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I.Zokirovning bildirishnomasiga asoslanib
BUYURAMAN:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023-yil 24-may kuni “Multifokal ateroskleroz va qon aylanish kasalliklarining ilmiy innovatsion yechimlari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanda sohaga oid olim va mutaxassislarni ishtirokiga ruxsat berilsin.
2. Tabiiy fanlar fakulteti dekani K. Asqarov va pedagogika va psixologiya fakulteti dekani B. Baydjanovga:
Mazkur konferensiyada dasturga ma’ruzasi kiritilgan olimlar, soha mutaxassislari shuningdek ilovada ismi-shariflari keltirilgan professor-o‘qituvchilar va talabalarning ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishlarini ta’minlash;
konferensiya yuzasidan axborotni bir kun muddatda ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
3. Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo`limi boshlig‘i B.Axmedov hamda tegishli fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga, ilmiy-amaliy anjumanni muddatida tashkillash va o‘tkazish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish vazifasi yuklatilsin.
4. Mazkur buyruq ijrosining nazorati ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I.Zokirov zimmasiga yuklatilsin.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 18-maydagi 4/17-19/1-sonli xati, I. Zokirovning bildirishnomasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |