Farg‘ona davlat universiteti rektori B. Shermuhammadovga ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I. Zokirovdan bildirishnoma
Download 52.5 Kb.
|
буйруқ конференция
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor: I.Zokirov Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda professor-o‘qituvchi va talabalar
Farg‘ona davlat universiteti rektori B.Shermuhammadovga ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I.Zokirovdan BILDIRISHNOMA Toshkent davlat yuridik univeristetining 2023-yil 19-maydagi “Huquq nazariyasi va tarixining yuridik kadrlar tahliliy ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi to‘g‘risidagi 7/2139-18-01-sonli xatiga muvofiq professor-o‘qituvchilar hamda talabalarda huquq ta’limiga oid yangiliklar, ilmiy muammolar va ularning yechimlari bilan yaqindan tanishishlarini ta’minlash maqsadida tarix fakultetining huquq ta’limi kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Yurispundensiya yo‘nalishi talabalarini ushbu anjumanda onlayn ishtirok etishlariga ruhsat berishingizni so‘rayman. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor: I.Zokirov Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda professor-o‘qituvchi va talabalar ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida Toshkent davlat yuridik univeristetining 2023-yil 19-maydagi “Huquq nazariyasi va tarixining yuridik kadrlar tahliliy ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada 7/2139-18-01-sonli taklif xati hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I.Zokirovning bildirishnomasiga asoslanib BUYURAMAN: 1. Toshkent davlat yuridik univeristetida 2023-yilning 23-may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Huquq nazariyasi va tarixining yuridik kadrlar tahliliy ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning onlayin ishtirokiga ruxsat berilsin. 2. Tarix fakulteti dekani X.Jo‘rayev va huquq ta’limi kafedrasi mudiri A.Axrorqulovga: ilovada ismi-shariflari keltirilgan professor-o‘qituvchilar va talabalarning xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishlarini ta’minlash; konferensiya yuzasidan axborotni bir kun muddatda ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga taqdim etish vazifalari yuklatilsin. 3. Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo`limi boshlig‘i B.Axmedov va raqamli ta’lim texnologiyalari markazi rahbari J.Nazirqulovga xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda professor-o‘qituvchilarning masofadan Zoom platformasi orqali qatnashishlari uchun katta majlislar zalida sharoit yaratib berish vazifasi yuklatilsin. 4. Mazkur buyruq ijrosining nazorati ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I.Zokirov zimmasiga yuklatilsin. Asos: Toshkent davlat yuridik univeristetining 2023-yil 19-may 7/2139-18-01-sonli xati, I. Zokirovning bildirishnomasi. Download 52.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling