Namangan davlat universiteti rektorining
Download 176 Kb.
|
Математика пед амалиёт буйрук 2022 2023 лотин
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI REKTORININGB U Y R U G‘I«______» - sonli 2022-yil «_____» _______ Namangan shahri Matematika fakulteti Pedagogik amaliyotga chiqarish to‘g‘risida O‘quv jarayonining uzluksiz davom etishini ta’minlash, talabalarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish, ularga bo‘lajak kasb bo‘yicha bevosita amaliy ko‘nikma berish va namunaviy o‘quv rejasi talablarini bajarish maqsadida 2022/2023-o‘quv yili bo‘yicha o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 30-oktyabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida”gi Nizom, amaliyot ob’ektlari bilan tuzilgan shartnomalar hamda fakultet dekani R.Imomovning bildirishnomasiga asoslanib, B U YU R A M A N: 1. 5130200–Amaliy matematika kunduzgi ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari 2022-yil 5-sentyabrdan 26-noyabrgacha bo‘lgan muddatga pedagogik amaliyotga chiqarilsin hamda amaliyot obyektlari va rahbarlari quyidagicha tasdiqlansin: 5130100-Matematika yo‘nalishi
2. Talabalarning amaliyot dasturi va obyekti, amaliyot o‘tish bo‘yicha karantin, hayot faoliyati xavfsizligi, sanitariya va gigiyena qoidalari bilan tanishtirish hamda ularga amaliyot o‘tash bo‘yicha hisobot daftarlarini tarqatish, hisobot topshirish tartibini tushuntirish uchun 2022-yil 30-avgustga qadar amaliyot konferensiyasi tashkil etilsin. Amaliyot konferensiyasini o‘tkazishga Matematik analiz kafedrasi mudiri A.Mashrabboyev mas’ul etib belgilansin. 3. Amaliyot rahbarlariga: - talabalarning amaliyotga borishlari uchun zaruriy tayyorgarlikni tashkil etish maqsadida ta’lim muasssasalariga amaliyot boshlanishidan oldin borish; - talabalarning amaliyotga borishidan oldin tashkiliy tadbirlar (amaliyot o‘tkazish tartiblari, xavfsizlik texnikasi haqida ko‘rsatmalar berish) o‘tkazishni ta’minlash; - talabalarning kafedra topshiriqlarida ko‘zda tutilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish; - amaliyot muassasasi tomonidan talabalar mehnat va maishiy xizmat sharoitlarining me’yordagi darajada ta’minlanganligini nazorat qilish; - talabalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilish; - amaliyot yakunlari bo‘yicha talabalar ilmiy anjumanlari tayyorlanishida amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishlarida ishtirok etish; - talabalarning amaliyot bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqish, ularning hisobotlari bo‘yicha tavsiyanomalar berish; - talabalar amaliyot o‘taganligi, ularning amaliy tayyorgarligidagi kamchiliklar ko‘rsatilgan va amaliyotni takomillashtirish haqida takliflar kiritilgan yozma hisobotni kafedraga taqdim etish; - amaliyot hisobotlarini tegishli tartibda rasmiylashtirish, talabalardan qabul qilib olish va o‘quv-uslubiy boshqarmaga topshirish vazifalari yuklatilsin. Download 176 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling