4. Amaliyot o‘tayotgan talabalarga:
- amaliyot dasturida ko‘zda tutilgan topshiriqlarni to‘liq bajarish;
- amaliyot muassasasi ichki mehnat tartib qoidalariga bo‘ysunish;
- mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o‘rganish va ularga qat’iy rioya qilishi;
- bajarilgan ish va uning natijalari uchun shu muassasa o‘qituvchi va xodimlari qatori javobgarlikni olish;
- amaliyot kundaligini yuritish, kafedrada berilgan topshiriqlarni bajarish;
- barcha topshiriqlarni bajargani haqida yozma ravishda hisobot tayyorlash va uni belgilangan tartibda himoya qilish majburiyatlari yuklatilsin.
5. Ushbu buyruqning ijrosini nazorat qilish o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor D.Xolmatov va fakultet dekani R.Imomovlar zimmasiga yuklatilsin.
Asos: 5130200–Amali matematika kunduzgi ta’lim yo‘nalishi uchun tasdiqlangan ishchi o‘quv rejasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining pedagogik amaliyoti haqida”gi Nizom, amaliyot ob’ektlari bilan tuzilgan shartnomalar va Matematika fakulteti dekani R.Imomovning bildirishnomasi.
Rektor S.Turg‘unov
Namangan davlat universiteti
rektori S.Turg‘unovga
Matematika fakulteti
dekani R.Imomovdan
B I L D I R I SH N O M A
5130200-Amaliy matematika kunduzgi ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari 2022-yil 5-sentyabrdan 26-noyabrgacha bo‘lgan muddatga pedagogik amaliyotga chiqarishga hamda amaliyot obyektlari va rahbarlarini quyidagicha tasdiqlashga ruxsat berishingizni so’rayman:
5130200-Amaliy matematika yo‘nalishi
Do'stlaringiz bilan baham: |