Farg`ona davlat universiteti sirtqi bo’lim ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor o’qituvchilarning dissertatsiya ishlari bo’yicha dastlabki muhokamasining


Rais: Rahmat. Ma’ruza tugadi. Marhamat, Kimda qanday savollar bo’lsa berishingiz mumkin? SAVOL JAVOBLAR


Download 1.56 Mb.
bet2/4
Sana06.04.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1334045
1   2   3   4
Bog'liq
1-Muhtoriy

Rais: Rahmat. Ma’ruza tugadi. Marhamat, Kimda qanday savollar bo’lsa berishingiz mumkin?
SAVOL JAVOBLAR.
Kimyo kafedrasi o’qtuvchisi . Jabborova M:
1.Mavzuga doir mamlakatimizda qaysi olimlarning ishlarini o‘rgangansiz?
2.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bilish faoliyatini rivojlantirish jarayonida axborot texnologiyalari asosida qanday innovatsion dasturlar yaratkansiz?
Javob:Savollaringiz uchun rahmat.
1-savolga javob: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirish masalalari hamda taʼlim mazmuni, taʼlimni tashkil etishning ustuvor tamoyillari, asosiy yo‘nalishlari, o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlari, fiziologik imkoniyatlari, taʼlim samaradorligini oshirish shartlari, mazkur bosqichda taʼlim va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni o‘tkazishda samarali sanalgan metod va vositalari o‘zbekistonlik olimlardan B.Abdullayeva, S.Burxonov, A.Sa¬dikova, R.G.Safarova, M.E.Xaydarov, M.Tashpulatova, N.Bikbayeva, M.Jumayev, M.Zayniddinova, M.Rayemov, M.Tojiyev, X.Ganyev, T.To‘laganov, A.Xalillayev, N.Eshpo‘latov, Sh.Yunusovalar tomonidan o‘rganilgan.
Taʼlim jarayonining turli bosqichlarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha turli davrlarda G.Akromova, M.Bazarova, M.Zaynitdinova, O.Ibodullayeva, R.Ibragimov, A.Kabilova, K.Klimova, M.Maxmudova, A.Raxmatullayev, M.Raximqulova, T.Saparova, A.Teshaboyev, X.Umarova va boshqalar tomonidan tadqiqotlar olib borilgan.
2-savolga javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida talim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi talim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida talim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, talim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish vazifalari belgilandi. Belgilangan vazifa asosida o‘quvchilarning matematik savodxonlik darajasini oshirish, ularni mantiqiy, kreativ fikrlash qobiliyatlarini o‘stiruvchi mobil-ilova yaratildi.
Mazkur mobil-ilova orqali beriladigan topshiriqlar o‘quvchilarning savodxonlik darajalarini aniqlash uchun dasturlar yaratdim.Karra jadvalini yangi ko‘rinishda va tez xisobla dasturi.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling