Farg'ona davlat universiteti Sirtqi bo'lim Iqtisodiyot yo'nalishi 2-kurs 21.38-guruh talabasi Kuchkarov ulug’bekning Makroiqtisodiyot fani dan O'zbekiston Respublikasi investisiya siyosatidan Tayyorlagan mustaqil ishi O'zbekiston Respublikasi investisiya siyosati - Reja:
- 1. O‘zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati
- 2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
- 3. Investitsiya siyosatining eng muhim investitsiya mablag’lari
- O‘zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati strategiyasi ishlab chiqiladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Loyiha
- boshqaruvi milliy agentligi 2019 yil 1 iyunga qadar
- normativ-huquqiy hujjat
- loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyiha: - Har bir hududning ixtisoslashuvi va ularga jalb qilinadigan investitsiyalar yo‘nalishlari; yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni talab etadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qilinishi lozim bo‘lgan sohalarni belgilash va ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari; jalb etiladigan investitsiyalarning soha va hududlar kesimida manbalarini shakllarini belgilash nazarda tutiladi.
- Bundan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilish mexanizmlari yanada takomillashtiriladi. Bu boradagi normativ-huquqiy hujjat loyihasida:
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilishni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish; xorijiy investorlar uchun beriladigan imtiyozlarda yagona siyosat yuritish va ular ro‘yxatini belgilash;
- investorlar bilan ishlash va ularga investitsiya faoliyatini samarali tashkil etishda har tomonlama amaliy ko‘mak ko‘rsatish, sohada ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash darajasini yanada oshirish nazarda tutiladi.
- Shuningdek, investorlarga taqdim etish uchun hududlar va tarmoqlar kesimidagi dastlabki investitsiya loyihalari portfeli shakllantiriladi. Tegishli chora-tadbirlar dasturida:
- mamlakat hamda yaqin qo‘shni davlatlar tomonidan import qilinayotgan ehtiyoj yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun mavjud energiya, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish; xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshiriladigan yirik loyihalarni (aeroport, yo‘l qurilish, elektr energetika va kimyo sanoat sohalarida) belgilash nazarda tutiladi.
- O’zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yoqilri, energetika va don mustaqilligini ta‘minlash, iqtisodiyotda tarkibiy o‗z-
- garishlarni amalga oshirish, eksport salohiyatini oshirish va import o‗rnini bosuvchi mahsulot ishlab chikarishni ko‗payti-rish uchun ustuvor sohalarni qo‗llab-quvvatlash, chet el inves- titsiyalarini jalb qilish uchun ochik eshiklar siyosatini olib borish kabilarga qaratildi. Investitsiya siyosatini olib bo-rishda quyidagi tamoyillarga asoslanildi, belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhimtarmoqlar va faoliyat sohalarini tanlab qo‗llab-kuvvatlash; ijtimoiy ahamiyatli tarmoklarni (sog‗likni saqlash ta‘-lim, madaniyat va h.k.), aholi turmush darajasini yaxshilish,umrini uzaytirish, ijtimoiy jihatdan keskin tabaqalanish-ning oldini olish, iste‘mol talabining faollashuvini ta‘-minlash maqsadida etarli darajada qo‗llab-quvvatlash;
- chet el investitsiyalarini o‗zaro manfaatdorlik asosidaustuvor sohalarga jalb qilish;
- potensial investitsiya resurslarini savdo sohasi va pul bozoridan sanoat sohasiga qayta taqsimlash; ilmiy tadqikrt, tajriba-konstruktorlik ishlarini qo‗l-lab-quvvatlash, xorijdan yangi texnikalar uchun litsenziyalar sotib olish, katta laboratoriyalarni saqlab turishga quvvati etadigan yirik korporatsiyalar tuzish orqali ishlab chiqarish kapitalini jamlash hisobiga intelektual kapital va ilmiy-texnik potensialni oshirish^.
- qishloq xo‗jaligi mahsulotlari va mineral xom ashyoresurslarini chukur qayta ishlash va ularni tashqi bozorda ra-qobatbardosh bo‗ladigan darajaga olib chiqishga yo‗naltiril-gan investitsiya loyihalarini qo‗llab-quvvatlash;
- aholining ozik-ovqat va iste‘mol tovarlariga bo‗lganehtiyojlarini qondirishga mo‗ljallangan ishlab chiqarish quv-vatlarini jadal rivojlantirishni investitsiyalar bilan ta‘-minlash;
- investitsiya jarayonlari ishtirokchilarining o‗zaro alo-qalarini tartibga solib turuvchi qonunchilik bazasini tako-millashtirish.
- O‘zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlarini chet davlatlar, investitsiyaviy bank va kompaniyalarga taqdimot qilish maqsadida “investitsiya xab”lari ham yaratiladi. Normativ-huquqiy hujjat loyihasida:
- respublika hududlarida “investitsiya xab”larini tashkil etish; taklif etilayotgan aniq investitsiyaviy loyihalar va respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini ko‘rsatish; investorlar uchun istiqbolli loyihalarni taqdim etish, zarur hollarda mahalliy sheriklarni aniqlash;
- investorlarga zarur bo‘lgan ruxsat olish, loyiha hujjatlarini tayyorlash va loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal etishga ko‘maklashish; loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha manbalarni aniqlash; yirik moliyaviy nashrlar tomonidan davriy tashkil qilinadigan taqdimotlarda ishtirok etish; xalqaro investitsiyaviy banklar va boshqa tashkilotlarni jalb qilgan holda, investitsiyaviy loyihalar taqdimotini respublikada va chet davlatlarda o‘tkazish nazarda tutiladi.
- Investitsiya manbalarini shakllantirish borasida davlat ko‗radigan chora-tadbirlar investitsiyalarning ichki manbalariga tegishli bo‗lib, asosan soliq-byudjet siyosati va pul-kredit siyosati vositalari yordamida, aholi, korxona, bank va davlat byudjeti mablag‗larini shakllantirish, qayta taksim-lash va ular o‗rtasida ma‘lum proporsiyalarni yuzaga kelti-rishga karatilgan. Masalan, solik stavkalarining pasaytiri-lishi aholi va korxonalar daromadlarining oshishiga, investitsiyalar manbai bo‗lgan aholi jamg‗armalari va korxonalarning sof foydasi miqdorlarining kupayishiga olib keladi. Ayni paytda investitsiyalarning manoalariga ko‗ra tuzilishida bu ikki guruhning ulushi oshadi. Jami investitsiyalar hajmida bank kreditlari, korxona va aholi mablag‗lari hissasi-ning yuqori bo‗lishi bozor iqtisodiyoti sharoitida ijobiy hodisa hisoblanadi.
- Bir qator davlatlarda qo‗llaniladigan jadallashtirilgan amortizatsiya usuli ham korxonalarda investitsiya mablag‗larining tezroq jamlanishiga olib keladi va investitsiya jarayonlarini tezlashtiradi. Investitsiya siyosatining eng muhim bo‗g‗ini investitsiya mablag‗larini eng ustuvor va ahamiyatli tarmoqlar va hududlarga jalb qilish borasidagi chora- tadbirlarni o‗z ichiga oladi. Bu maqsadda, umuman, mamlakat iqtisodiyotida, xususan esa, ustuvor deb belgilangan tarmoqlar va xududlarda qulay investitsiya muhitini yaratish zarur. Investitsiya muhiti bir kator shart-sharoitlarga qarab baholanadi. Bu shart-sharoitlarga siyosiy barqarorlik, inflyasiya va ishsizlik darajalari, byudjetning to‗ldirilish darajasi, davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki va xususiy sektorning rivojlanish darajasi, iqtisodiyotning, xususan, tashqi savdo, valyuta bozorlarining erkinligi, bozor infratuzilmasining ri-vojlanish darajasi, tabiiy va mehnat resurslarining mavjudlygi va ulardan foydalana olish imkoniyatlari, ishchi kuchining malakasi, soliq tizimining xususiyatlari, bank foiz stavkalari, bozor sigimi va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |