Farg’ona davlat universiteti sirtqi bo`lim tarix yo`nalishi o`zbek davlatchiligi tarixi fanidan kurs ishi Mavzu: Avesto


Avestoning o’rta osiyo viloyatlari qadimgi tarixi, ijtimoiy tuzumi, iqtisodiy hayoti va madaniy hayotni o’rganishdagi muhum ahamyati


Download 52.37 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi52.37 Kb.
#1615362
1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi Kendjayeva

Avestoning o’rta osiyo viloyatlari qadimgi tarixi, ijtimoiy tuzumi, iqtisodiy hayoti va madaniy hayotni o’rganishdagi muhum ahamyati
O‘rta Osiyo hududlaridagi dastlabki davlat uyushmalari haqidagi yozma manbalar - zardo‘shtiylarning muqaddas diniy kitobi “Avesto” kitobida mavjud. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, mil.avv. II ming yillikka kelib, O‘rta Osiyoning janubida Qadimgi Baqtriya va Marg‘iyona hamda unga qo‘shni bo‘lgan hududlarda Baqtriya - Marg‘iyona arxeologik majmuiga kiruvchi yuqori darajada rivojlangan madaniy yodgorliklar guruhi mavjud edi. To‘g‘aloq, Gonur, Dashli, Oltintepa, Sopolli, Jarqo‘ton, Tillatepa kabilar shular jumlasidandir. Ularning ko‘pchiligi dastlabki shahar markazlari bo‘lib, ularda arki a’lo, shahriston, diniy markazlar hamda shahar oldi hududlari mavjud edi. Ya’ni ular o‘sha davr nuqtai nazaridan yetarli darajada rivojlangan shaharlar edi. Ko‘pchilik tadqiqotlardan bizga ma’lumki, ilk shaharlar davlatchilik paydo bo‘lishining muhim va asosiy belgisi hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlar mil.avv. II ming yillik oxiri I ming yillik boshlari qadimgi Baqtriya hududlarida davlatchilik ko‘rinishlari paydo bo‘la boshlaganidan dalolat beradi. Ktesiy bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mil.avv. II ming yillikning dastlabki asrlarida Baqtriya kuchli podsholik bo‘lib, mintaqada hukmronlik mavqeini qo‘lga kiritish maqsadida Midiya va Ossuriya o‘rtasidagi urushlarda ishtirok etadi.
«Avesto» asarida Xorazm, Baqtriya va So’g’d tuprog’ida paydo bo’lgan. «Avesto»ning eng qadimgi geografik nomlari O’rta Osiyo va unga chegaradosh viloyatlari bilan bog’lanadi. «Avesto» kitoblari quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi: qadimgi geografik tushunchalar, hududiy, etnik, qabilalar va viloyatlar nomlari, qadimgi va siyosiy tuzum, zardushtiylarning falsafasi, dunyo tarixining rivojlanishi haqida ma’lumotlar.
Yunon-fors urushlari boshlanishi bilan miloddan avvalgi VI - IV asrlar siyosiy voqealarida ishtirok etgan O’rta Osiyo xalqlarining tarixi qadimgi yunon tarixshunoslarning asarlarida yoritilgan.
Bu borada O’rta Osiyo xalqlari to’g’risida qisqa bo’lsa-da, juda aniq ma’lumotlar beruvchi Gerodotning «Tarix» kitobi qismlari ayniqsa qimmatlidir. Qadimgi davrlardan boshlab bu kitob dunyoda eng mashhur tarixiy asarlardan biri bo’lib hisoblangan. Uning muallifi Gerodot «tarixning otasi» deb nom olgan.
«Avesto» qadimgi fors yozuvlari, Gekatey, Gerodot, Ktesiy va boshqa yunon tarixshunoslarining asarlarida O’rta osiyo tarixiy viloyatlari nomlari quyidagi tartibda ko’rsatib berilgan:


Download 52.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling