Farg’ona davlat universiteti sirtqi bo`lim tarix yo`nalishi o`zbek davlatchiligi tarixi fanidan kurs ishi Mavzu: Avesto


«Avesto» Qadimgi fors yozuvlari


Download 52.37 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi52.37 Kb.
#1615362
1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi Kendjayeva

«Avesto»

Qadimgi fors yozuvlari

Yunon tarixchilari

Mouru

Marg’un

Marg’iyona

So’g’da

So’g’uda

So’g’diyona

Bahdi

Baqtrish

Baqtriyona

Xvarizam

Xvarazmin

Xorasmiya

-

Partava

Parfiyona

Tur, danu

Shak, sak

Saklar, massagetlar

Mouru tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, Marg’iyona erlari Murg’ob vohasi, So’g’diyona - Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, Baqtriyona (Baqtriya) - Afg’onistonning shimoli-sharqiy qismi, Janubiy Tojikiston va Surxondaryo viloyati, Xorazm - Amudaryoning o’rta va quyi qismidagi erlarini o’z ichiga olgan. XIX asrning oxiridan boshlab oldingi yillar jahon tarixshunosligida O’rta Osiyoda ilk davlatlarning paydo bo’lishi muammolarini o’rganishda «Avesto»dagi ma’lumotlar, Gekatey va Gerodot asarlari, shuningdek, tarixshunos Ktesiyning ma’lumotlari asos bo’lib xizmat qildi. Ilmiy adabiyotlarda O’rta Osiyoda ahamoniylar davrigacha mavjud bo’lgan quyidagi davlat uyushmalari haqida so’z yuritganlar.
1. Arshayyona - O’rta Osiyodagi qadimgi viloyatlarning uyushmasi;
2. Ayyornam Vayjo - bu ham Aryoshayyonadek yoki uning markazi Ariya va Marg’iyonada bo’lgan «Katta Xorazm» yoki Amudaryoning quyi oqimidagi Xorazm davlati;
3. Qadimgi Baqtriya davlati.
Olimlarning aytishicha, Aryoshayyona «Avesto»da tilga olingan Kavi Vishtasining podsholigi bo’lib, miloddan avvalgi IX - VIII asrlarda Drangiana, Satagadiya, Ariya, Marg’iyona va Amudaryo va o’rta oqimidagi viloyatlarni birlashtirgan. G’arb olimlari V.B.Xenning, I.Gershevichlar Kavi Vishtasining davlati Marv va Xirot atrofida joylashgan «Katta Xorazm» deb hisoblaganlar.
«Avesto» ma’lumotlariga ko’ra, urug’-«vis» (ayrim qishloq jamoasi 185 ta katta oila a’zolaridan iborat bo’lgan (75-90 kishi). Surxondaryodagi Qiziltepa shahri atrofida to’rtburchak shaklida qurilgan qadimiy uy-qo’rg’onlar (Qizilcha) 3-4 qo’shni uylardan iborat bo’lib, alohida joylashgan ayrim qishloq jamoasini tashkil qilganlar. Har bir katta oila jamoasi ayrim uy-joyga, chorvaga va erga egalik qilgan. U ma’lum darajada iqtisodiy mustaqil bo’lgan. Qishloq jamoalarining hududiy, iqtisodiy va ijtimoiy birlashuvi, ibtidoiy davrlarga oid urug’-qabilaviy birlashuvidan ancha farq qilib, ilk davlat tizimi vujudga kelishi haqida dalolat beradi.
Shunday qilib, O’rta Osiyo xalqlarining shakllanishida va uning davlatchiligi paydo bo’lishida tub o’troq dehqon aholi alohida o’rin tutganligi haqida muhim tarixiy xulosaga kelish mumkin. O’rta Osiyo xalqlari ajdodlarining ilk davlatchiligi taraqqiyoti qadimgi shaharlar tarixi bilan uzviy bog’liq bo’lgan.
Ilk davlatlarning tashkil bo’lishida, jamiyat rivojining ichki qonuniyatlaridan tashqari (ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning yuqori darajasi, hunarmandchilik, almashuv va savdoning tez rivojlanishi, sug’orma dehqonchilik va boshqalar) tashqi sabablar - kuchayib borayotgan siyosiy qarama-qarshiliklar va harbiy to’qnashuvlar ham ta’sir qildi. Bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan dastlabki yozma manbalar - “Avesto”, ahmoniylar davri mixxat yozuvlari, qadimgi yunon-rim manbalari qadimgi Sharq va dunyo tarixida birinchi bo‘lib, O‘rta Osiyodagi eng qadimgi xalqlarning nomlarini, alohida joylar, tog‘lar, daryolar va ko‘llarning nomlarini, afsonaviy qahramonlar va podsholarning nomlarini, yurtimiz xalqlarining turmushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Ilk davlatchilik masalasida juda ko‘plab ilmiy bahslar bo‘lib o‘tgan bo‘lishiga qaramay, bu masala hanuz o‘z yechimini topgan deb hisoblanmaydi. Xususan, “Katta Xorazm” (Avesto tilida Xvarizam, qadimgi fors tilida Xvarazmish, qadimgi yunon tilida Xorasmiya) davlatining hududiy joylashuvi va paydo bo‘lgan davri masalalari ham ancha munozarali mavzu. Arxeologik tadqiqotlar ayrim hollarda yozma manbalar ma’lumotlarini tasdiqlamaydi. Mil. avv. IX-VIII asrlar Xorazm madaniyati Amirobod nomi bilan mashhurdir. Bu madaniyatning me’morchilik yodgorliklari, asosan, chayla va yarim yerto‘lalardan iborat bo‘lib mustahkam turar joylar uchramaydi. Xorazmdagi dehqonchilikning rivojidan darak beruvchi yirik sug‘orish inshootlari, mustahkam mudofaaga ega bo‘lgan turar joylar (Ko‘zaliqir, Ding‘alja) mil. avv VI-V asrlarga oiddir.
Qadimgi Xorazmning joylashuv hududlari ham ancha munozarali mavzu hisoblanadi. Ayrim tadqiqotchilar (Tarn, Altxaym) ahmoniylargacha xorazmiylar Parfiya chegaralaridan sharqiy yo‘nalishda Kopetdog‘ yonbag‘irlarida joylashgan desalar, ayrimlari (Xenning, Gershevich) bu davlatning markazi Marv va Hirot atrofida bo‘lib, Kir II bosib olganidan so‘ng Quyi Amudaryoga - hozirgi Xorazm hududlariga ko‘chib o‘tgan deydilar. Ayrim tadqiqotchilar fikricha (S.Tolstov, M.Vorobyeva) qadimgi Xorazmning chegaralari hozirgi Xorazm hududlaridan ancha keng bo‘lib, O‘rta Amudaryodagi Qo‘shqal’adan boshlab, Orol dengizigacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olgan.
Umuman, mil. avv. VII asrning oxiri - VI asrda Xorazm davlati mavjud bo‘lganligi aniq. Bu davr Xorazmda qurilish va hunarmandchilik ancha rivojlangan. Tadqiqotlar natijasida bu hududlardan bronza va temirdan yasalgan mehnat hamda harbiy qurollar, sopol urchuqlar, bronza igna, bigizlar, sopol idishlar topilgan. Bu topilmalar qo‘shni Marg‘iyona, Baqtriya va So‘g‘diyona topilmalariga o‘xshab ketadi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O‘rta Osiyodagi ilk davlat uyushmalaridan biri Qadimgi Baqtriya davlatidir. Baqtriyaliklarning yurti Surxon vodiysi, Afg‘onistonning shimoli-sharqi, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashib, turli yozma manbalarda Baxdi, Baqtrish, Baqtriyona, Baqtriya, Baxli, Baxlika deb tilga olingan.
Bronza davridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish (Sopolli, Jarqo‘ton, Oltintepa va b.) keyingi davrlarda yanada jadallik bilan rivojlanadi. Natijada mil. avv. IX-VIII asrlarda Baqtriya hududida harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan siyosiy birlashmalar tashkil topadi. Mil. avv. VIII-VII asrlarga kelib Qadimgi Baqtriya davlati Sharqdagi kuchli davlatlardan biriga aylanadi. Ushbu jarayonni arxeologik va yozma manbalar ma’lumotlari ham to‘la tasdiqlaydi. Ayrim tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, bu davr Baqtriya tarkibiga Marg‘iyona va So‘g‘diyona ham (tarixiy-madaniy birlik sifatida) kirgan bo‘lishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, Baqtriyaning tabiiy boyliklari qadim davrlardayoq Sharq davlatlarida mashhur edi. Buyuk Ipak yo‘lidan ancha ilgariyoq qadimgi yo‘llarning Baqtriya orqali o‘tganligi bejiz emas.
So‘nggi yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida qadimgi Baqtriya hududlaridagi manzilgohlar va ko‘hna shaharlar soni anchagina ko‘paydi. Davlatning poytaxti Baqtra va Qiziltepa, Bandixon kabi ko‘plab yodgorliklardan topilgan ko‘p sonli turli-tuman topilmalar bu hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, shuningdek, o‘troq va ko‘chmanchi aholi o‘rtasida hamda Yaqin Sharq va Old Osiyo bilan o‘zaro iqtisodiy, madaniy aloqalar gurkirab rivojlanganligidan dalolat beradi.
Turli manbalardagi So‘g‘da, So‘g‘uda, So‘g‘diyona nomlari bilan mashhur bo‘lgan qadimgi tarixiy-madaniy o‘lka hozirgi Zarafshon va Qashqadaryo vohalarini o‘z ichiga olgan. Ilk temir davri So‘g‘diyona hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish jarayonlarini kuzatish mumkin. Bu rivojlanish jarayoni mil.avv. IX-V asrlarga oid ko‘p sonli manzilgohlar va ko‘hna shahar xarobalaridagi turli-tuman topilmalar va me’morchilik tuzilish bilan izohlanadi.
Ilk davlatchilikning eng asosiy belgilaridan bo‘lgan ko‘hna shahar xarobalari So‘g‘diyonadan to‘rtta (Yerqo‘rg‘on, Afrosiyob, Uzunqir, Ko‘ktepa) topib o‘rganilgan bo‘lib, ular hozircha O‘zbekistondagi eng qadimgi rivojlangan shahar madaniyatini o‘zida aks ettiradi.
So‘nggi 10-15 yil ichida Baqtriya, Xorazm, So‘g‘diyona va Marg‘iyona hududlaridan olingan yangi arxeologik ma’lumotlar ilk davlat uyushmalari paydo bo‘lishini yanada kengroq izohlash imkonini yaratadi. Bu ma’lumotlarga qaraganda ilk temir davri Baqtriya, Marg‘iyona, Xorazm va So‘g‘diyona umumiy jamoalaridagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni bir necha kichik oiladan iborat uy jamoalari tashkil etgan. Makonlar joylashuvining tashqi belgilari katta oilali uy jamoalari ancha yirik uyushmalarga kirganligidan dalolat beradi. Boshqaruv tartibida katta oilalar jamoasi boshliqlari yoki uy xo‘jayinlari, shuningdek, alohida qishloq qo‘rg‘onlarini boshqaruvchi eski jamoalar katta o‘rin tutgan. Har bir katta oila mumkin bo‘lgan qarindoshlik aloqalariga qaramasdan alohida uyga, ishlab chiqarish buyumlariga ega bo‘lishgan, o‘zining qishloq xo‘jalik mahsulotlari zahiralari va chorvalari bo‘lgan yoki o‘zini iqtisodiy jihatdan ta’minlay oladigan xo‘jalikni aks ettirgan.
Mil. avv. VII-VI asrlarda ancha yirik bo‘lgan Qadimgi Baqtriya, Xorazm va So‘g‘diyona davlatlarining aholisi qon-qarindosh bo‘lib, bir-biriga o‘xshash tilda gaplashganlar va juda yaqin madaniy an’analarga ega edilar. Bu davrda jamiyatning hududiy bo‘linishi ko‘zga tashlanib, o‘troqlashuv jarayoni kuchaydi. Muhim savdo yo‘llari bo‘yida tayanch istehkomlar qurildi. Turli qurilishlar bunyod etishda mudofaa inshootlarining ahamiyati birinchi o‘ringa chiqdi.
O‘rni kelganda shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘zbek xalqining ilk davlatchiligi tarixi geografik, hududiy ma’noda nafaqat O‘zbekistonning hozirgi hududi bilan, balki butun O‘rta Osiyoda qadimda yuz bergan etnik, madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bilan bog‘liq holda talqin etilmog‘i lozim. Tarixning qadimgi davrlarida ilk davlatlar orasida va ajdodlarimizning yashash joylari orasida aniq ma’muriy chegaralar yo‘q edi. Qadimgi Baqtriya, Xorazm, So‘g‘d chegaralari tabiiy bo‘lib, yaqin hududlardagi joylarning geografik bo‘luvchisi sifatida dashtlar, cho‘l va tog‘lardan foydalanilgan.
Hozirgi kunga qadar to‘plangan arxeologik ma’lumotlar asosida O‘zbekistonda ilk davlatlarning shakllanishi va rivojlanish jarayoni quyidagi davrlar bilan sanalanishi aniqlandi:

  1. Bronza davri. Mil. avv. II ming yillikning o‘rtalari va ikkinchi yarmi. Unchalik katta bo‘lmagan dehqonchilik vohalari asosida (misol uchun Sherobod vohasi) ilk davlatchilik tizimiga o‘tish davri.

  2. Bronza asridan temir asriga o‘tish davri. Mil. avv. IX-VIII asrlar. Mayda davlat tashkilotlarining rivojlanishi va harbiy siyosiy uyushmalarning vujudga kelishi.

  3. Ilk temir davri. Mil. avv. VII-VI asrlar. Qadimgi Baqtriya, Xorazm va So‘g‘diyona misolidagi davlat uyushmalarining paydo bo‘lishi.

O‘zbek xalqi va uning ajdodlari ilk davlatchiligi taraqqiyoti o‘troq dehqonchilik xo‘jaligi va qadimgi shaharlar tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Ilk davlatlar tashkil bo‘lishida, jamiyat rivojlanishining ichki qonuniyatlaridan tashqari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning yuqori darajasi- hunarmandchilik, almashinuv va savdoning kuchayib borishi, siyosiy qarama-qarshiliklar va harbiy to‘qnashuvlar ham ta’sir qildi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga qaraganda, ilk temir davri O‘rta Osiyoda yashagan xalqlar va qabilalar orasida keng tarqalgan va asosiy din zardo‘shtiylik edi. Bu diniy ta’limotning asoschisi Zaratushtra va bu dinning muqaddas kitobi “Avesto” haqidagi bahs va munozaralar tadqiqotchilar orasida hozirgacha davom etmoqda.
Zaratushtra (o‘rta fors tilida “oltin tuyali”, “oltin tuya yetaklagan odam”) tarixiy shaxs bo‘lib, Spitama avlodidan kelib chiqqan. Zaratushtraning otasi Pourushasp qohinlar avlodidan bo‘lgan. Zaratushtra tug‘ilgan joy haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Uning tug‘ilgan yilini tadqiqotchilar keng sanalar bilan (mil. avv. 1500-1000 yillardan boshlab, mil. avv. VII-VI asrlargacha) bog‘laydilar. Sosoniylar davri (III-VII asr) zardo‘shtiylar an’analariga e’tibor beradigan bo‘lsak, Zaratushtraning hayoti mil. avv. VII-VI asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar bu sanani to‘g‘ri deb hisoblaydilar.
Zaratushtra tug‘ilgan joy hamda “Avesto” paydo bo‘lgan hudud haqida ham olimlar orasida yagona fikr yo‘q. Bir guruh olimlar Zaratushtrani hozirgi Ozarbayjon, yana bir guruh qadimgi Baqtriyada, boshqa guruh olimlar Xorazmda va Eronda tug‘ilib faoliyat ko‘rsatgan va “Avesto” ham shu hududlarda paydo bo‘lgan deb hisoblaydilar.
Zaratushtraning yangi ta’limoti o‘z vatanida tarafdorlarini topmaganligi sababli u o‘z yurtidan ketishga majbur bo‘lgan. Zaratushtra diniy ta’limotini birinchi bo‘lib qabul qilgan tarafdorlar qadimgi Baqtriya podshosi Kavi Vishtasp, malika Xutaosa va ularning yaqin qarindoshlaridir. Zaratushtra o‘z g‘oyalarida qonli qurbonlik qilishni qat’iyan qoralaydi. U yana shuni ta’kidlaydiki, odamzod yashashga haqli bo‘lib, bu huquqdan uni mahrum qilishga hech kimning haqqi yo‘q.
Zaratushtra o‘z g‘oyalarini targ‘ib qila boshlagan davr O‘rta Osiyo va Eron xalqlari tarixida eng muhim davr edi. Ibtidoiy jamoa munosabatlari o‘zgarib, davlatchilik tizimi munosabatlari qaror topmoqda edi. Yangi din esa bu o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirib, tug‘ilayotgan sinfiy jamiyatga xizmat qilar edi. U birlashishga va kuchli markazlashgan hokimiyat tuzishga, o‘sha davrda o‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi vodiy aholisi uchun “xudoning qamchisi (tig‘i)” hisoblangan ko‘chmanchi xalqlarga qarshi keskin kurashga chaqirdi.
Zardo‘shtiylarning diniy falsafasi qarama-qarshi kuchlarning kurashiga asoslangan. Bu kurash yorug‘lik, yaxshilik kuchlari xudosi Axuramazda, qora va zulmat kuchlari xudosi Axriman o‘rtasida boshlanib jamiyat va insonlar orasida davom etgan.
Zaratushtra ta’limotiga ko‘ra jamiyat yaxshilik va yomonlikdan iborat. Shuningdek, bu ta’limotga ko‘ra insonlar hayotining asosiy mazmuni doimo xayrli ishlar qilish, bir-biriga mehr-oqibatli, xushmuomala bo‘lish va olijanob fazilatlardan iborat. Zardo‘shtiylarda to‘rt unsur - olov, yer, suv va havo muqaddas hisoblangan va ular doimo ardoqlanib kelingan.
Zardo‘shtiylar o‘limni dunyoda, jamiyat taraqqiyotida eng yovuz narsa deb hisoblaganlar. Shuning uchun ham ular muqaddas yerga o‘likni ko‘mmaganlar hamda o‘ziga xos ko‘mish marosimlariga amal qilganlar. O‘likni (odam, hayvon) yerga ko‘mish qattiq jazolangan. Zardo‘shtiylar o‘likni maxsus joylarda saqlab, hayvonlar va qushlar ular suyaklarini tozalaganidan so‘ng tozalangan suyaklarni tosh, loy yoki ohakdan yasalgan maxsus “astadon” (“ossuariy”)larga dafn etganlar.
Zaratushtra dini vaqt o‘tishi bilan asta-sekin, eron tiliga mansub xalqlar o‘rtasida tarqalar ekan o‘z asosini saqlagan holda biroz o‘zgaradi. Axuramazda va Axrimandan tashqari “Avesto” bir qator boshqa xudolar - Mitra, Xouma, Anaxita, Ashi va Zurvon kabi ulug‘ xudolar faoliyati haqida ham hikoya qiladi.
Zardo‘shtiylik Sosoniylar davrida (mil. III-VII asrlar) uzil-kesil rasmiylashgan. Bu davrda zardo‘shtiylik adabiyoti ham keng tarqaldi. Dastlabki paytlarda zardo‘shtiylik dinining muqaddas matnlari avlodlarga og‘zaki yetkazilgan va Zaratushtra o‘limidan so‘ng bir necha asr o‘tgach ma’lumotlar to‘planib yagona matn yozilgan. “Avesto” shu tariqa yuzaga kelgan. Bir qator olimlar zardo‘shtiylik aqidalariga tayanib “Avesto”ni ilk sosoniylar (III-IV asrlar) davriga bog‘lasalarda, shunga qaramay uning birinchi tahriri mil. avv. I asrda bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi. “Avesto” (“Asos”, “Asosiy matn”) jumlasi ham o‘sha paytda paydo bo‘ladi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga qaraganda, ilk temir davri O‘rta Osiyo hududlarida madaniy hayot, milliy urf-odatlar, an’analarning rivojlanganligini kuzatishimiz mumkin. Shunday an’analardan biri Navro‘z bayramidir.
Navro‘z qadim avlodlarimizdan bizgacha yetib kelgan muqaddas urf-odatlardan bo‘lib, uni bayram qilish O‘rta Sharq va O‘rta Osiyoda qadimdayoq rasm bo‘lgan. Asrlar o‘tishi bilan Navro‘z bilan bog‘liq an’analar xalqlar va elatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojlanishi zaminida keng yoyila borib, ko‘p o‘lkalarning an’anaviy milliy bayramiga aylandi.
Narshaxiyning ma’lumot berishicha, “Navro‘z - Yangi yil bayramini o‘tkazish” an’analari boshlanganiga uch ming yildan o‘tgan. Ingliz olimasi M.Boys fikricha, zardo‘shtiylarda “olov hamda ezgulik homiysi Asha Vahishta sharafiga bahoriy udum - Navro‘zni o‘tkazish an’anasi paydo bo‘lgan”. Beruniyning yozishicha, “Navro‘z yangi yilning birinchi kuni bo‘lib, uning forscha nomi ham shu ma’noni taqozo etadi. Yeronliklar o‘tmish zamonlarda yillarni qabisali oylarga bo‘lishgan. Bu vaqt quyoshninng Saraton burjiga kirish paytiga to‘g‘ri kelar edi. So‘ngra u orqaga surilgach, bahorda keladigan bo‘ldi. Endi u butun yil unga xizmat qiladigan bir vaqtda, ya’ni, bahor yomg‘irining birinchi tomchisi tushishidan gullar ochilguncha, daraxtlar gullashidan mevalari yetilguncha o‘simlik unib chiqa boshlashidan takomillashguncha davom etgan vaqtda keladi. Shuning uchun Navro‘z olamning boshlanishi va yaratilishiga dalil qilingan.”
Demak, Navro‘z 3-3,5 ming yillar ilgari paydo bo‘lgan bo‘lib, asrlar davomida yangicha qarashlar va an’analar bilan boyib bordi. Shu bilan birga uning tarkibida ajdodlarimining qadimgi mifologik tasavvurlari va hayot tarzi bilan aloqador marosim va urf-odatlar ham saqlanib qoldi. «Avesto» — jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik e’tiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu ta’limotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. «Avesto»da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud. «Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab to’qqiz ho’kiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yig’ilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga «Zand» nomi bilan sharhlar bitilgan. «Avesto» to’rt qismdan iborat: Yasna («Diniy marosimlar»),  Yasht (ma’no jihatdan Yasnaga yaqin),  Visparad («Barcha ilohlar haqidagi kitob»),  Vendidad («Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi»). Yasna tarkibiga kirgan madhlar «Gatlar» (ayrim manbalarda «gohlar») deb nomlanib, ularni Zardustning o’zi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Erto’nga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi. «Avesto» insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining e’tiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O. Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud. O’zbekistonda «Avesto»ni o’rganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida «Avesto» ta’limotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qo’lyozma va bosma nusxalari O`R FA ShI jamg’armasida saqlanadi. Hozirgi o’zbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Is’hoqov, N. Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari e’tiborli. O’zbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001 yilda «Avesto»ning 2700 yilligi nishonlandi. «Avesto» vatani Xorazmda bog’ barpo qilindi, asarning o’zbek tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi.Mazdayasna dini miloddan avval 1500 yillarda Hazrati Zardusht Payghmbar taraflaridan asos solingandir.U zot Horazm vohasida tughilgan.Otasi Pourushpa Spitama va onasi Dughodwa bolghan.Uning yoshligi Bakhtriyona ,yani Turonda otghan.Hazrati Zardusht 40 yoshga kirganda unga ilk bor Olloh tarafidan vahiy kelgan.Qadimgi paytlarda bizning ajdodlarimiz Ollohni Ahura Mazda deb atashgan.Bu degani hozir atab bolmaydi Ul zotni bunday deb degani emas.Olloh va Ahura Mazda nolari bir biriga tengdir.Ularni farqlari shundaki Ollohi arabchasiga Hudo deganidir Ahura Mazda esa eronchasiga Hudo deganidir.Bir kuni hazrati Zardusht daryo boyida tahorat qilyotganda,osmondan nur kelgan,va bu nurdan Hazrati Vohu Manah Ollohni farishtasi kelgan.Va Vohu Manah Zardushtni osmonga olib chiqib ketgan.U yerda u Zardushtni Ahura Mazdani yoniga olibborgan. U yerda Buyk Hudo Ahura Mazda Hazrati Zardushtga uni Ollohni Payghambari bolib tanlanganini aytgan.Keyin esa Hz. Zardusht eski kuphudochilik diniga qarshi chiqib oz targhibotini boshlagan.Lekin uni halq tushunmasdan Turondan quvghin qilgan.Ammo Hz. Zardusht Qovi Vishtaspa shohni yoniga borib Ahura Mazda vahiy haqida soylagan shundan keyin Qovi Vishtaspa ham uni dinini qabul etgan.Lekin uni shoh odamlari kora olmasdan Hz. Zardushtga qarshi fitna yushtirib uni zindinga tashlatirishgan.Lekin bir kun shoh Vishtaspaning oti kasal bolib qolganda butun davlatda hech kim uni tuzata olmagan.Shunda Hz. Zardusht shuni eshitib uni tuzatish ihtiyorini aytgan.Shundan keyin u borib shohni otini Ollohdan izn sorab tuzatgan.Va Qavi Vishtaspa undan kechirim sorab uni ozod etghan.Buni eshitgan Turonlilar Eronga hujum qilishni boshlashgan.Lekin bu hujmga qarshi Vishtaspa chiqa olgan.Undan keyin 73 yoshida Zardusht payghambar Ollohga nomoz qilyayotganda bir Turoniy arafidan oldirilgan.Hush kelibsiz aziz dostlar Mazdayasna dinini ozbek sahifasiga.Mazdayasna dini Ozbekiston hududida shakllangan keyin esa Eron tarafida rivojlangan.Uning asoschisi Hazrati Zardusht Spitama bolib, u miloddna avval 1500 yil oldin Horazm taraflarida yashagan.Ushbu sahiifada Mazdayasna dinini asos berilgan kunidan boshlab shu kungacha tarihiorganiladi,uning muqaddas kitobi bolmish Avesto chuqur organiladi.


I.A.Karimov «O`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan qurmoqdamiz» degan asarida biz o`zbek xalqi mansub bo`lgan xalqning tarixi g`oyat uzun, beqiyos, betakror ekanini ta`kidlab. bunday degan edilar: «Biz jahon maydonida kuni kecha paydo bo`lgan xalq emasmiz, bizning millatimiz xalqimiz ko`hna Xorazm zaminida «Avesto» paydo bo`lgan zamonlardan beri o`z hayoti, o`z madaniyati, o`z tarixi bilan yashab keladi»2 Butun O`rta Osiyo moddiy va ma`naviy madaniyatining beshigi Xorazm vohasi va u yerda yashagan turkiy elatlar bo`lgan, shulardan o`zbek elati tashkil topgan. I.A.Karimov juda o`rinli qayd qilganidek, «Xorazm davlati tarixini biz 2700 yillik tarix deb bilamiz». Bu o`rinda birinchi davlat tashkil topgandan keyingi «yozma tarix» nazarda tutilgan. Yunon, Xitoy tarixchi sayyohlari o`z xotiralarida yozib qoldirgan keyin Zardushtiylik yozuvlarida berilgan tarix nazarda tutilgan. Xorazmda o`troq hayot undan ham birmuncha oldin yuzaga kelgan, davlat uning mahsuli tarzida tashkil topgan. Bu haqda bundan tahminan 3 ming yil avval yaratilgan «Avesto»ning qo`lyozmasi binobarin yozma tarixning ilk debochasi ishonchli dalolat bergan. «Bu nodir kitob, deb yozgan edilar, I.A.Karimov, bundan XXX asrlar muqaddam ikkidaryo oralig`ida mana shu muqaddas zamin umrguzorlik qilgan ajdodlarimizni biz avlodlarga qoldirgan ma`naviy, tarixiy merosidir»3. Yurtboshimiz «Avesto» Xorazmdek qadimiy o`lkada buyuk davlat, boy ma`naviyat qimmatli madaniyat bo`lganligini hech kim inkor eta olmasligini ham ta`kidlagan. Xulosa shuki, Zardushtiylik eradan avvalgi 7-6 asrlarga xos bo`lgan din sifatida undan oldingi urug` qabilachilik dinlari negizida paydo bo`lgan yakka xudolik dini bo`lgan. U to 7-9 asrlargacha turli shaklda davom etib, so`ng o`rnini islom egalladi. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, yaqin va o`rta Sharqqacha tarqalib, ayrim qoldiqlari haligacha saqlanib kelmoqda. Vujudga kelishi. Zardushtiylik mil. av. III-II ming yilliklarda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan dindir. Zardushtiylik vahy orqali e`lon qilingan jahon dinlarining eng qadimiysidir. U insoniyatga boshqa barcha dinlarga nisbatan bevosita va bilvosita eng ko`p ta`sir o`tkazgan dindir. Insoniyat tarixida har bir kishi utsidan ilohiy hukm amalga oshirilishi, jannat va jahannam, qiyomat-qoyim, unda tanalarning qayta tirilishi, tana va ruh qayta birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu din doirasida fikr yuritildi. Keyingi asrlarda bu g`oyalar yahudiylik, xritsianlik va boshqa dinlar tarafidan o`zlashtirildi. Aytib o`tish joizki, ushbu din paydo bo`lgan davr va uning vatani – hali fanda oxirigacha to`liq yechilgan masalalar emas. Zardushtiylik dini payg`ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi hisoblanmish Avestoda «Mazdayasna» dini deb atalgan. Bu so`zni «Mazdaga sig`inmoq» deb tarjima qilish mumkin. «Mazda» so`zi «donish, donishmand, oqil» kabi talqin etiladi. Zardushtiylik yana «Behdin», ya`ni «Eng yaxshi din» deb ham ulug`langan. Uning ta`limotiga ko`ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. «Mazda» so`zi oldiga ulug`lash ma`nosini anglatuvchi «Axura» qo`shilib, zardushtiylikning ilohiyati – Axura-Mazda nomi paydo bo`lgan. Bu – «Janob Mazda» yoki «Iloh» demakdir. Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zarduts, Zoroatsr ko`rinishlarida ham ishlatiladi. Tadqiqotchilar o`rtasida Zardushtning tarixda bo`lgan yoki bo`lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Ba`zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil. av. 1200-570 yillar orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Tadqiqotchi M. Boys ta`kidlashicha, u mil. av. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Zardusht Markaziy Osiyo hududida mavjud bo`lgan ko`pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va e`tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi. Zardushtning tug`ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi xususida ikki xil qarash bor. Birinchisi – «G`arb nazariyasi» bo`lib, unga ko`ra Midiya (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili shuki, birinchidan, zardushtiylikning qadimiy Eron hududlarida keng tarqalganligi bo`lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoga keyin yozilgan sharhlarning qadimiy eron-pahlaviy tilida bo`lganligidir. E`tibordan chiqarmaslik kerakki, zardushtiylik uch buyuk Eron imperiyasi – Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar davrlarida, ya`ni mil. av. XI asrdan to mil. XII asrigacha ketmaket aynan Yaqin va O`rta Sharqda davlat dini maqomida bo`lgan. Ikkinchisi, «Sharq nazariyasi» bo`lib, unga ko`ra, Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi. Ko`pchilik manbashunoslar ikkinchi nazariya tarafdorlaridirlar. Xorazm zardushtiylikning muqaddas olovi Ozarxurra birinchi bor yoqilgan va eng buyuk xudo – Axura-Mazdaning Zardusht bilan bog`langan joyi hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi Avestoda: «Birinchi bor muqaddas olov – «Ozarxurra» «AiryanemVayeja» (ba`zi manbalarda – «Yeran-vej»)da yoqildi», deyiladi. «Airyanem-Vayeja»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to`g`ri keladi. Avestoda Axura-Mazda tomonidan yaratilgan «Barakot va najot» sohibi bo`lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, «dunyoda hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vayeja», keyin esa «odamlar va chorva podalariga mo`l» Sug`d (So`g`d), «qudratli va muqaddas» Mouru (Marv), «baland ko`tarilgan bayroqlar mamlakati» Baxdi (Baqtriya) zikr etiladi. Zardushtiylik ta`limoti. Zardushtiylik ta`limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo`lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e`tiqodlarga (Markaziy Osiyo qadimgi aholisining «yeski dini»ga) nisbatan monoteitsik ta`limotdir. U behuda qon to`kuvchi qurbonliklar, harbiy to`qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o`troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug`ullanishga da`vat etadi. Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo`riq yer ochib, uni bog`u rog`ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog`lar, ekinzorlarni, sug`orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar. Zardusht insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni o`rgatmoqchi bo`ladi. Bunga ko`ra insonning bu dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri ham bo`lajak, har bir inson o`lgandan so`ng o`zining bu dunyodagi qilmishiga yarasha abadiy rohat – jannatga, yoki yomon ishlari ko`p bo`lsa na xursandlik va na xafalik ko`rmaydigan arosat joy – misvongatuga tushadi. Zardushtiylik negizida olamning qarama-qarshiliklar kurashi asosiga qurilgani turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug`lik va qorong`ulik, hayot va o`lim o`rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha yaxshiliklarni Axura-Mazda va barcha yomonliklarni Anxramaynyu (yoki Axriman) ifodalaydi. Axura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi. Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so`zning sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, poklanib, quyoshga qarab, uni olqishlab, sig`inishi shart. Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda dunyodagi to`rt unsur – suv, olov, yer va havo ulug`lanadi. Zardushtiylik dafn marosimi o`ziga xos bo`lib, o`lganlar bir necha pats, baland «sukut minoralari» – daxmalarga solinadi, u yerda murdalarning go`shtlarini qushlar yeb, suyaklarini tozalaydi. Go`shtdan tozalangan suyaklar maxsus sopol idishlarga solinib minora o`rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi. Bunda poklik bilan nopoklikning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi. Zardushtiylik dini dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri hisoblanib, mil. av. XII-XI asrlarda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Kichik Osiyo xalqlari unga e`tiqod qilganlar. Eronda Sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida uning muqaddas kitobi Avesto ruhoniylar tomonidan og`zaki rivoyatdan yig`ilib, birinchi marta kitob shakliga keltirilgan. Ayrim qismlariga, ayniqsa «Videvdat» bo`limiga o`zgartirishlar kiritilib, qayta ishlangan. VIII asrda O`rta Osiyoga islom dini kirib kelib, keng tarqalguniga qadar zardushtiylik mahalliy xalqlarning asosiy dini hisoblangan. Buni, jumladan, arxeologik tadqiqotlar isbotlaydi. Hozirgi kunda zardushtiylikka e`tiqod qiluvchi diniy jamoalar mavjud. Ular Hinditsonning Mumbay (Bombey, G`ujarot shtatlarida; 115 ming kishiga yaqin), Pokitson, Shri Lanka, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSH, Avsraliya va Eronning (Tehronda 19 ming kishidan ortiq) ba`zi chekka viloyatlarida saqlanib qolgan. Eron Islom Respublikasida zardushtiylik diniga e`tiqod qilish qonun tomonidan ruxsat etilgan. Mumbayda zardushtiylarning madaniy markazi Koma nomidagi insitut faoliyat olib boradi. Undan tashqari Mumbayda homiy Dxalla raisligida dunyo zardushtiylari madaniyati fondi ishlab turibdi. 1960 yilda zardushtiylarning I umumjahon kongressi Tehronda o`tkazildi. Keyingi kongresslar Boybeyda o`tkazildi. 2.
AVESTONING MUQADDAS YOZUVI. Avesto dingina emas, dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar, o`zi tarqalgan o`lkalar, elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy va ma`naviy qarashlari, diniy e`tiqodlari, urf-odatlari haqidagi manbalardandir. Unda bayon etilgan asosiy g`oya diniy e`tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht nomli payg`ambar nomi bilan bog`langan. U Avestoning eng qadimiy qismi «Gat» (xat – noma)ni ijod etgan. Avesto tarkibiga kirgan bilim, ma`lumotlar qariyib 2000 yil miloddan avval 3000 yillik ohirlari 2000 yillik boshlaridan to milodning boshlarigacha o`tgan davrda yuzaga kelib, avloddan-avlodga og`zaki ko`chirib olingan, uning ko`p qismi yo`qolgan, yettidan bir qismi saqlangan. Miloddan avvalgi 3 asrda Arshakiylar sulolasi davrida to`plangan. Dinshunoslikda Avesto uch tarixiy qatlamga ajratilgan: 1. Eng qadimiy qismi miloddan avvalgi 3 ming yillikda vujudga kelgan Yashtlardir; ularda urug`chilik tuzumidagi e`tiqodlar, ko`p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; 2. Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Ahuramazda nomli xudo haqida uydirmalar yozilgan. Uni zardusht yozgan deb tahmin qilinadi. 3. Qadimiy ko`pxudolik va keyingi yakkaxudolik g`oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan avvalgi V-asrda har ikkisini kelishtirgan Mazdakiylik dini shakllangan. Avesto bu dinning oxirgi va asosiy qismini tashkil etdi. Hozirgi dinshunoslikka xos bo`lgan Avestoning 6 asrlarda Eronda hukmronlik qilgan Sosoniylar sulolasi shohi Xisrav I hukmronligi davrida yozib tugatilgan, keyinchalik pahlaviy tiliga tarjima qilinib asosiy tekstiga ko`plab sharhlar berilgan. Bular «Zend» nomi bilan ma`lum. Avesto oldin 12 ming mol terisiga yozilib, xajmi g`oyat katta bo`lgani uchun undan foydalanish osonlashtirish niyatida «kichik avesto» yaratildi. (Beruniy). 7 asrda Sosoniylar davlati parchalanib, arab bosqinchilari, Eron va O`rta Osiyoni bosib olgach, Zardushtiylik ham zarbalarga uchrab, unga ishonuvchilar quvg`in va ta`qib ostiga olingach Avestoning aksariyat beshdan uch qismi yo`qolgan va unitilgan. Avestoda bu dinning diniy- falsafiy tizimining qoida dasturlari bayon etilgan. U qadimiy ajdodlarimizni dunyoqarash, huquqiy, axloqiy, tamoyil qoidalarini o`z doirasiga olgan. Unda tabiat falsafasi, kosmogoniya, tarix, etika, mediöinaga doir materiallar, bilimlar yozilgan. Yana unda shoh, oliy tabaqa, quldor, qul, dindorlar va diniy urf-odatlar katta o`rin olgan. Hokim va zolimlar ulug`langan; ruhoniylar muqaddas odamlarni hamma hurmat qilishi kerak deb da`vo qilingan. Xulosa shuki, Avesto Zardushtiylikning muqaddas yozuvi hisoblangan, 2000 yil davomida yaratilgan 5 dan 3 qismi yo`qolib ketgan u yakka hudolikni targ`ib etgan, olovga sig`inmaslik, faqat uni asrash va e`zozlashni tavsiya etgan. Avesto zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U Apatsak, Ovitso, Ovutso, Avesto, Avatso kabi shakllarda ham ishlatib kelingan. Avesto O`rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to`g`risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma`naviy madaniyatini o`rganishda muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil davomida vujudga kelib, avloddan-avlodga og`zaki tarzda uzatilib kelingan. Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo`laklari Turon va Eron zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo`laklar turli diniy duolar, madhiyalar sifatida yig`ila boshlangan. Bular Zardushtning o`limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» – «O`rnatilgan, qat`iy qilib belgilangan qonun-qoidalar» deb nom olgan. Bu qadimiy yozma manba bizgacha to`liq holda yetib kelmagan. Avesto haqida Abu Rayhon Beruniy (v. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida [Avestoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o`ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o`sha vaqtda Avestoning beshdan uchi yo`qolib ketdi». Avestoning Aleksandr Makedonskiy tomonidan Gretsiyaga olib ketilgani, zarur joylarini tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12 ming qoramol terisidagi tillo matn haqida (at-Tabariyda – 12000 pergament) keyingi davrlarda yaratilgan zardushtiylik adabiyotida («Bundahishn», «Shahrihoi Eron», «Dinkard»; IX asr, «Arda Viraf-namak»; IX asr, «Tansar xatlari», alMas`udiyning «Muruj az-zahab», «Fors-noma» va boshqalarda) ma`lumotlar bor. Bu asarlarda yunonlar otashxonalarni vayron qilganlari, ibodatxonalar boyliklarini talon-taroj etganlari, din arboblarini o`ldirib, asir olib ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha yetib kelgan Avesto, Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos. U «Avesto 30 «nask» edi, majusiylar (zardushtiylar) qo`lida 12 nask chamasi qoldi» deb yozgan. Yozma manbalarga ko`ra, haqiqatan ham Avestoni mo`badlar avloddan-avlodga, og`izdan-og`izga olib o`tib, asrlar osha saqlaganlar. Buning sababi mo`badlar mag`lub xalqlar (Yaqin va Sharq xalqlari) yozuvini harom hisoblab, muqaddasxabarni unda ifodalashga uzoq vaqt jur`at etmaganlar. Dastavval (mil. II yoki III asrlarida), Arshakiylar davrida Avesto qismlarini to`plash boshlangan. Keyinchalik, Sosoniy Ardasher Popakon (227-243) davrida, ayniqsa, Shopur (243-273) davrida atsrologiya, tabobat, riyoziyot va falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma qismlari tartibga keltirilgan, so`ng bu asosiy matn to`ldirib borilgan. Avestoning ana shu to`ldirilgan nusxasining ikki to`liq qo`lyozmasi Hinditsonda saqlanadi – biri Mumbayda, zardushtiylarning madaniy markazi bo`lmish Koma nomidagi insitutda, ikkinchisi – Kalkuttadagi davlat kutubxonasida. Avestoning eng qadimiy qismlarida Zardusht tug`ilgan va o`z faoliyatini boshlagan yurt haqida ma`lumot berilgan. Unda aytilishicha, «bu mamlakatning ko`p sonli lashkarlarini botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog`lari bor, yaylov va suvlari bilan go`zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo`l, chuqur ko`llari, keng qirg`oqli va kema yurar daryolari o`z to`lqinlarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava (so`g`dlar yashaydigan yurt), Xvarazm (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari bor». Shubhasiz, «keng qirg`oqli, kema yurar daryolar» bu Amudaryo va Sirdaryo bo`lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O`rta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo qirg`oqlarida joylashganlaridir. Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani, zardushtiylikning ilk makoni va Avestoning kelib chiqish joyi deb – Xorazm, tarqalish yo`nalishi deb – Xorazm-Marg`iyona-Baqtriyani ayta olamiz. Avestoning «Yasna» kitobida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmay, uning ta`limotini qabul qilmaganlar. Zardusht vatanni tark etib, qo`shni davlatga ketadi, u yerning malikasi Xutaosa va shoh Kavi Vishtaspaning xayrixohligiga erishadi. Ular Zardusht ta`limotini qabul qiladilar. Natijada qo`shni davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g`alaba qozonadi. Shundan so`ng bu ta`limot xalqlar o`rtasida keng tarqala boshlagan. Keyingi davr rivoyatiga ko`ra, Shoh Kavi Vishtaspa farmoniga bilan Avesto kitobi o`n ikki ming mol terisiga yozib olinib, otashkadaga topshirilgan. Avestoning tarkibiy qismlari. Avesto zardushtiylik muqaddas kitoblarining majmuidir. U – murakkab to`plam. Avestoning saqlanib qolgan to`rtta kitobidan birinchisining nomi «Videvdat» (vi-dayevodatam – «Devlarga qarshi qonun») deb ataladi. Ushbu kitob Avestoning saqlanib qolgan kitoblari orasida eng mukammali hisoblanadi. U yigirma ikki bob bo`lib, boblari fragard deb nomlangan. Fragardlarning ma`nosi, vazifasi, uslubiy tuzilishi turlicha: birinchi fragard – odamlar yashaydigan barcha yurtlarni Axura-Mazda qanday yaratgani to`g`risida bo`lib, ular orasida Xorazm, So`g`d, Marg`iyona, Baxdi (Balx) va boshqalar bor; ikkinchi fragardda Jamshid podsholigi – kasallik, o`lim, azob-uqubatlar bo`lmagan zamon haqida, ya`ni insoniyatning oltin asri haqida gap boradi; uchinchi fragard dehqonchilikning savobli sharofatlari va h.k. haqida. Shuningdek, Videvdatning boshqa fragardlaridan Zardusht bilan Axura-Mazdaning savoljavoblari va muloqotlari ham o`rin olgan. Ikkinchi kitob «Yasna» deb atalib, Avestoning e`tiborli bo`limi sanaladi. Yasna – yaz o`zagidan bo`lib, «sajda, topinch, namoz» ma`nolarini ifodalaydi. Yasna 72 bobdan iborat bo`lgan. Boblari ha, haitiy deb atalgan. Har bir ha zarur o`rniga qarab marosimlarda, ibodatlarda kohinlar tomonidan o`qilgan, qavmlar unga ergashib ibodat qilganlar. Yasna kitobi (nask) tarkibiga Zardusht o`zi ijod qilgan targ`ibot she`rlari ham kirgan. Ular Yasnaning 28-34, 43-46, 47-50, 51, 53 – jami bo`lib, 17 ta hasini tashkil qiladi. Zardusht she`rlari ilmiy adabiyotda gatalar deb atab kelinadi. Ha «bashorat» demakdir. Yasnaning 35-42-halari ayniqsa, yuksak qadrlangan. Bu yetti haHaptanxati Yasna – «Yetti bob Yasna» deb nomlangan. Ular orasida olovning muqaddasligi haqida bob bo`lib, zardushtiylik urf-odatlari orasida olovga e`tiqod qilish, dinning esa «otashparatslik» deb atalishi shunga bog`liq. Binobarin, olov Axura-Mazda nurining quyoshda namoyonligi va uning yerdagi zarrasi deb hisoblangan. Oliy haqiqat Arta ham olovda o`z ifodasini topgan. Olov haqni nohaqdan, eng oliy gunoh hisoblanmish yolg`onni rotsdan ajratib bergan. Yolg`on esa chin e`tiqodga xiyonat deb qoralangan. Arta so`zi fonetik o`zgarib, datslab atar, hozir esa otash shaklida ishlatilib kelmoqda. Uchinchi kitob «Vispered» deb nomlangan. U 24 bobdan tashkil topgan va har bir bob alohida karde deb atalib, ma`budlar sha`niga o`qilgan duolar va ibodat utsida ularga murojaatlar hamda olamni bilishga doir pand-nasihatlardan iboratdir. Uni ibodat namozlari yig`indisi ham deyishadi. Ayni paytda u Yasnaga qo`shimcha hisoblanadi. To`rtinchi kitob «Yasht» (gimn) deb ataladi. U Avestoning eng qadimiy qatlami bo`lib, 22 bobdan iborat. Har bir bob Axura-Mazdadan boshlab, u yaratgan va uning ma`lum vazifalarini bajaruvchi ma`budlar sha`niga aytilgan madhiyalardan iborat. Avestoning bizgacha yetib kelmagan kitoblaridan ba`zi qismlari uning yig`ma parchalar to`plami «Xo`rdak Avesto» kitobida jamlangan. Masalan, Exrpatatsan kitobidan mo`badlar (kohinlar) uchun qonun-qoidalar, diniy boshqaruv tizimiga xos ma`lumotlarga oid qismlari, Nirangatsan – diniy-mavsumiy, ijtimoiy marosimlar tartib-qoidalari qismi, 20-naskda jonning u dunyodagi ahvoli haqidagi qismi va boshqalar shu kitobda saqlangan. Avesto haqida eng muhim manba IX asrga oid «Dinkard» (din amallari) asaridir. Unda Avestoning 21 kitobi to`la ta`riflab berilgan. Bu ta`riflar savobli ishlar yo`riqnomasi, diniy marosimlar va rasm-rusumlar qoidasi; zardushtiylik ta`limoti asoslari; dunyoning Axura-Mazda tomonidan yaratilishi; oxirat kuni va undagi hisob-kitob; falakiyot; ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar; Zardushtning tug`ilishi va bolaligi; haq yo`lini tutish; jamiyat a`zolarining haq-huquqlari; devlar, jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o`qiladigan duolar, amallar va boshqalardan iboratdir. Zardushtiylik dini haqida frantsuz olimi Anketil-Dyuperron juda qimmatli ma`lumotlar qoldirgan. Masalan, AnketilDyuperron 1755 yilda Hinditsonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiylar orasida uch yil yashagan, ularning ibodatlari, urf-odatlarini yaxshi o`rgangan va Avestoni frantsuz tiliga tarjima qilgan. Uch jildlik tarjima 1771 yilda nashr etilgan. Ayni paytda, shuni ham ta`kidlash joizki, olimlarimizning fikricha, Avesto G`arbiy Yevropa, Eron va Hinditson tillari orqali bizga yetib kelgani uchun undagi nomlar, atamalar aksariyat hollarda asliga to`g`ri kelmaydi. Avestoda turkona jihatlar kam qolgan. Zartushtiylikni o`rganish hozirgi kunlarda ham faol olib borilayapti. Ta`kidlash kerakki, bu sohadagi tadqiqotlar O`zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki milliy qadriyatlar va ko`p qatlamli diniy tajribada mazkur dinning tutgan o`rni beqiyosdir. 3. AVESTODAGI REAL, DUNYOVIY QADRIYATLAR. Bu kitobda juda ko`p g`oya, fikr, tavsiya, o`gitlar bor bo`lgani uchun biz faqat real, haqiqiy hayotga dunyoviy munosabatlarga tegishli hozir ham talabalar uchun o`z ahamiyatini yo`qotmagan masalalar ustida to`xtaymiz. Avestoning asosiy g`oyalari olamdagi barcha tartiblar, ezgulik (yaxshilik) va yomonlikdagi, ziyo va zulmat, hayot va o`lim o`rtasidagi kurashga bog`liq; dunyodagi barcha ezguliklarni Ahuramazda, yomonliklarni Ahriman ifodalaydi; bu kurashda odam oliy kuchlar ihtiyoridagi o`yinchoq emas, u tanlash erkinligiga ega, u o`z g`ayrati bilan bu dunyoda adolat topishiga ta`sir eta oladigan kishidir. Demak, hozir ham kimki, o`zini ilohiy kuch qo`lidagi qo`g`irchoq hisoblamasa, o`ziga biror kasbni tanlab olsa, g`ayratli bo`lsa, adolatsizlikka duch kelsa unga qarshi kurasha oladigan inson bo`lib yetishishlari shart. Avestoda u zamonlarda keng tarqalgan ko`chmanchilik qoralanib, dehqonchilik ezgulik sifatida rag`batlantirilgan. Bundan xulosa chiqarib, hozir ham har bir odam hech bo`lmasa bir tup mevali daraxt, gul, sabzavot eksin, o`ziga mevasi nasib etmasa farzandlariga, bechoralarga nasib etadi, savob bo`ladi. El rahmatlar aytadi. Avestoda to`rt element suv, olov, tuproq, havo g`oyat ulug`langan; bularni asrash, avaylashga da`vat etilgan. Uning tarbiyaviy ahamiyati hozir ham katta. Bunga amal qilib, har bir ongli, aqlli vatanparvar, xalqparvar, yoshu-qari tomchi suvni ham isrof qilmasligi, energiya, hayot manbai olovini, demak gazni, ko`mirni, neftni, o`tinni asrashi; tuproqni iflos qilmasligi, erroziyaga ya`ni nurash, sho`rlanishga yo`l qo`ymasligi; havoni esa pokiza saqlashi, ekologik xalokatga uchratmasligi ham qarz, ham farz.

4. "AVESTO" VA QADIMIY DEHQONCHILIK AN`ANALARI XUSUSIDA AYRIM MULOHAZALAR. Tarixdan ma`lumki, insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi markazlari paydo bulishi va rivojlanishida dehqonchilik madaniyati muhim omil bo`lgan. Dunyo sivilizatsiyasining qadimiy markazlaridan biri bo`lgan Sharqda dehqonchilik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi sug`orma dehqonchilikka asoslanganligi bilan ajralib turadi. Bu borada aytish joizki O`rta Osiyo zaminidagi eng qadimgi dehqonchilik madaniyati Joytun madaniyati bo`lib melodgacha bo`lgan 6-4 ming yilliklarda shakllanganligidan dalolat beradi. Dehqonchilik tarixini o`rganish tarixning turli boskichlarida halqlarning ijtimoiy-iktisodiy tizimini va ishlab chikarish kuchlari rivojlanishini xujalik-madaniy tiplar tarixi muammolarini ilmiy tahlil qilishda royat muhimdir. Qadimga dehqonchilik madaniyati, an`anaviy dehqonchilik xujaligi va u bilan bog`liq marosimlar hamda agrar kultlar tarixchi, arxeolog va etnolog olimlar uchun doimo dolzarb va qiziqarli muammolardan biri bo`lib kelgan va bu borada mutaxassislarning olib borgan ilmiy tadqiqotlari natijasida ma`lum amaliy natijalarga ham erishilgan. Ayniqsa bu borada O`zbekiston xududidagi dexqonchilik va dehqonchilik madaniyati tarixi, sug`orma dexqonchilikning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari hamda u bilan borliq bo`lgan urbanistik jarayonlar doimo dolzarb muammolardan xisoblangan. Inchunun Vatanimiz xududidagi eng qadimgi dsxqonchilik madaniyati tarixi, dexqonchilik marosimlari va ularning genezisini tadqiq qilishda o`tmish ajdodlarimiz turmush tarzini o`rganixda, tarixiy jarayonlarni rekonstruksiya kilishda hamda halqimizning qadimgi davlatchilik an`analari va mintakadagi qadimgi urbanistik jarayonlarni ilmiy-asosli tarzda o`rganixda muhim ahamiyatga ega. Bu borada jaxon fanida boy tajriba tuplangan bo`lib nemis folklorshunosi V. Mannxardt tomonidan ilk bora dehqonchilik bilan turli afsonalar va obrazlarda usimliklar olamining jonlaniish sirlari namoyon bulishi muammosi ilgari surilgan. V. Mannxardtning ta`kidlashicha, marosimlar va kultlar asosida inson tabiatdagi barcha boshka mavjudotlar kabi usimliklarda yashaydi degan qarash mujassamlashgan. Olimning fikricha, ruxning usimlikka evrilishi tug`risidagi mifologiya quyi mifologiya yukori iloxdar tug`risidagi mifologiyaga asos bo`lgan va aynan quyi mifologiya o`ziga xos yashovchan bo`lgan hamda uning izlari dehqonchilik marosimlarida yaxshi saqlanib qolgan. Mashxur ingliz tadkikotchisi J. Frezer Mannxardt materiallariga suyangan xolda qadimiy agrar diniy dunyoqarashga oid manzarani qayta tiklagan va uning rivojlanish boskichlarini kursatgan hamda antik kultlar madaniyatning turli rivojlanish boskichlarida oralik bug`in tarzida ahamiyatta ega deb ta`kidlagan. Qolaversa etnolog olim tarixiy-taqqoslash usuli asosida ilk mifologik qarashlar va rituallar bilan Yevropa halqlarining dehqonchilik marosimlarining o`zaro bog`liqligini kursatib berishga xarakat kilgan . Darhaqiqat dehqonchilik an`analari qadimiy ildizlarga bog`lanishi bilan birga o`ziga xos marosimlarga ham ega bo`lgan. Har bir dehqonchilik mavsumida aynan bir vakt takrorlanuvchi ish jarayoni turli an`ana va urfodatlarni shakllanishiga sabab bo`lgan. Biz quyida mintakamizdagi dehkonchilik madaniyatining ilk ko`rinishlari va rasm-rusumlarini yozma manbalar, jumladan, zardushtiylarning mukaddas kitobi "Avesto" malumotlari asosida taxlil kilishga hamda ularning o`zbek halqi an`anaviy dehqonchilik marosimlari bilan uyrunligini kursatishga xarakat kilamiz4. Ma`lumki, "Avesto"da ilk dehkonchilik va chorvachilik madaniyati bilan bog`liq ijtimoiy tartib qoidalarga oid qarashlar va turli-tuman marosimlarga ham keng urin berilgan. Jumladan, mazkur manbada dehqonchilik bilan chorvachilikni yaratgan zot Axura Mazda nazdida eng ma`kul ish tarzida madx kilinadi. Ayniksa, dehqonchilikka oid mexnatni xurmat kilish, sevish va kadrlash ta`kidlangan. Shundan kelib chikib zardushtiylik axlokiy qarashlari bevosita dehqonchilik dehqonlar va chorvadorlar axlokiy dunyoqarashini aks ettiradi. Dehqonchilikning yaxshi tomonlari Zardushtning ikkinchi farzandi Arvatatnara obrazida mujassamlashgan. Unga xos xususiyatlarga konunga va ijtimoiy tartibga itoat kilishlik hamda sabr-bardoshlilik kirgan. Shuningdeq mazdaparastlar tasavvuriga kura olamdagi birinchi dehqon Arvatatnara xisoblanadi. "Vendidod"ning 2-fargard, 42-bandida qayd etilishicha, Yimaxshayati (Jamshid) bunyod etgan var axli orasida Zardusht va Arvatatnara eng buyuk va eng donodir. "Bundaxishn"da keladi: "Arvatatnara dehqonlarning ulug`i edi, endi Jamshid bunyod kilgan varning buyugiga aylandi5. Shu urinda aytib utish joizki, zardushtiylik an`anasiga kura Arvatatnara abadiy zotlar sirasiga kirgan. "Avesto"ning juda kup urinlarida xosildorlikni oshirishdagi asosiy omillardan biri yerning zaxini qochirish, shurini yuvish deb maslaxat beriladi. Zardushtiylarda yaxlit bir agromadaniyat yaratish uchun maxsus irrigatsiya tizimi va yer maydonlarini jamoa a`zolari o`rtasida tartibli taksimlanishiga amal kilingan. Shu urinda aytib ugish kerakki jinoyat uchun odamlarga beriladigan jazo turlari ichida suv inshootlari kurishda majburan ishlatish chorasi ham bo`lgan (bu og`ir jismoniy mexnat xisoblangan). Bu davrda yer jamoa mulki bo`lgan bulsa-da chorva xususiy mulk bo`lganligini "Avesto"dan kurishimiz mumkin. "Avesto"da dehqonlarni vastriofishuyant deyilgan. Bu so`zning etimologiyasiga nazar tashlasak zardushtiylar ajdodlarining an`anaviy kuchmanchi mashg`uloti — chorvachilik bilan bog`lik juda qiziq bir manzaraning guvoxi bulamiz. Avestoshunos olim A. O. Makovelskiyning yozishicha, "vastriofishuyant" iborasi yasalishiga kura murakkab so`z bo`lib uning birinchi tarkibiy kismi yirik shoxli koramol chuponi, ikkinchi qismi esa mayda shoxli chorva chuponi ma`nolarini bildirgan. Ushbu ikki so`zning kushilishidan keyinchalik dehqon so`zi paydo bo`lgan"6. "Vendidod" va "Visperad"ning aloxida qismlarida yerga ishlov berish, ekin ekish, yerning meliorativ xolatini yaxshilashga oid qator yul-yurikdar bayon qilingan. Jumladan, "Vandidod"ning uchinchi fargardi, 4-bandida Zardushtning Axura Mazdaga qarata "zamini hammadan kura baxtiyorrok bo`lgan dunyodagi uchinchi joy qayr?" — degan savoliga javob tariqasida Axura Mazda: "Ey Sipiytmon Zardusht! Bunday joy bir Ashavan hammadan kura kuprok bug`doy, yog` va mevali daraxtlar ekkan, odamlar kuruk yerlarga suv chikargan, suvli yerlarni shudgor kilgan zamindir"7 deb javob bergan. Shuningdek "Vendidod"da ta`kidlanishicha, o`zok vakt ekilmagan va omoch tegmagan zamin baxtsizdir. U omochni orzu kiladi. Bunday zamin balog`at pallasiga kirgan sohibjamol qizdir. Bu oila kurish, kiz farzand kurishni xoxlagani singari, xaydalmagan yer ham kushchini kutadi"8. Halqimiz dunyoqarashi va dehqonchilikka oid an`anaviy xujalik mashg`ulotida xozirgacha ushbu qarashlar bilan bog`liq ayrim ko`rinishlar saqlanib qolgan bo`lib buni bevosita etnografik ma`lumotlar ham tasdiklaydi. Jumladan, o`zbeklarda yerni xaydash, uni ekishga tayyorlash, suv keltirish, zamin bag`rida yetishtirilgan xosilni yigib olish savob, dehqonchilik eng sharafli mashg`ulot hisoblanadi. Ayniksa, dehqonchilik mavsumini boshlanishi o`ziga xos tantana tarzda nishonlangan bo`lib, XX asrning birinchi choragigacha respublikamizning kator mintakalarida baxorgi shudgor oldidan "is chikarish" marosimi utkazilgan. Xar bir oilada ayollar bug`irsoq cho`zma ("is") pishirishgan. Qozonda moy yaxshi kizitilib, sungra unga hamir tashlangan. Guyoki, marxumlar shu moy kizishini eshitib, ruxdari shod bulishib, karindosh-urug`larga omad tilashadi. Yerni xaydashdan oldin xukizlarning shoxlari va buynturig`ini yog` bilan moylaganlar15. Xukizlarni yomon ko`zdan asrasin, deb tumorlar taqilgan. Keksalarning ta`kidlashlaricha, mazkur odat zaminida uning shoxlari moylanib, bakuvvat bo`lgan xukiz yil buyi xormay-tolmay ishlasin, - degan magik niyat mujassamlashgan. Dastlabki egat olish yoki urug` sepishni oila yoki qishloqdagi xurmatli keksalar boshlab berishgan. "Avesto"da yozilishicha, "kimda-kim bug`doy eksa, u Ashaxni (Haqiqat) ekadi. U Mazda dinini yana va yana kukartiradi. U Mazda dinini yuzlab hamdu sano, nazru niyoz va o`n minglab kurbonliklar kuvvatlantirgandek kudratli kiladi. Qachonki egatlarda urug` yetilsa, devlar urinlaridan ko`chadilar. Qachonki bug`doy gurkirab kukarsa devlar dahshatlardan titray boshlaydilar. Qachonki bug`doy un bulsa, devlar nola chekadilar. Qachonki bug`doy xirmonga uyulsa, devlar nobud buladilar. Qay bir xonadonda bug`doy bosh chikarsa u xonadonga devlar yakinlasha olmaydilar. Qay bir xonadonda bug`doy ombori bulsa guyo qizdirilgan temir devlar buynini chirmab tashlaydi"9. Ko`rinadiki, "Avesto" paydo bo`lgan davrda g`alla ekish, don yetishtirish, umuman, dehqonchilik madaniyati yetarli darajada rivojlangan ekan. Biz o`zbek halqining an`anaviy turmush tarzi bilan bog`liq qarashlar va marosimlarni ko`zatar ekanmiz, yer, don va nonga bo`lgan o`ziga xos xurmat-extiromni turli-tuman udumlar va marosimlarda hozirgacha saklanib kelayotganligini kurishimiz mumkin. Farg`ona vodiysi o`zbeklari orasidagi halqona qarashga kura bug`doy, olma, kovun, anjir va rayxon dastlab jannatda o`sgan. Shu bois ushbu usimliklar va mevalar doimo e`zozlangan. Ayniksa halq orasida yerga bug`doy sepish eng xayrli amallardan biri sanalgan va bug`doy ekilgan maydonlarni oyoq osti kilish gunoh xisoblangan. Kolaversa bug`doydan tayyorlanadigan taomlar ham aloxida kadrlangan. Jumladan, baxorda iliko`zildi paytida ayollar tomonidan namlangan bug`doyni kuklatib sumalak tayyorlash va qolaversa bir marta sumalak tayyorlangan uyda yetti yil mobaynida xar yili bir marta sumalak pishirish udumlari xozirgacha davom etib kelmokda. Shu urinda halqimizning nonga bo`lgan xurmat e`tiborini aloxida ta`kidlab utishimiz lozim. Asosiy xujalik mashg`ulotlaridan biri dehqonchilik bo`lgan o`zbek halqida non azaldan asosiy va tansik iste`mol mahsulotlaridan bulishi bilan birga non bilan bog`liq kator marosimlar va urf-odatlar shakllangan. Jumladan, non hech qachon oyok ostiga tashlanmagan. Nonni bosish og`ir gunox xisoblangan. Bundan tashkari kelinni kuyovnikiga ko`zatishda boshiga non quyish odati bo`lgan. Farg`ona vodiysi o`zbeklari qadimiy odatga kura g`alla somonini xech qachon o`choq va tandirga yoqishmagan. Chunki donni-nonni yokish og`ir gunoh deyiladi 10. Axborotchilarimizning ta`kidlashlaricha, non bor joyga turli ins-jinslar va yovo`z kuchlar yakinlashmas ekan. Shu bois yomon ko`zdan, yovuz kuchlardan asrovchi vosita sifatida, yangi tug`ilgan chakalokni yoki xatna kilingan bolaning yostigi ostiga boshka kator magik xususiyatga ega buyumlar bilan birga non quyilgan. Xorazmda non bulaklarini tumor kilib taqilgan va non uchun hamir tayyorlab quyilgan yerga (masalan, tandir oldiga) jin, parilar yakinlashmaydi deyiladi. XX asr boshlarida o`zbeklarda ba`zan ekinlar rivoji past bo`lib, xosil kam bulsa va bu xodisa ikki-uch bora qaytarilsa, bunday yerlarga odamlar salbiy nazar bilan qarashgan. Giyox unmaydigan yoki kam xosilli paykallarni «it tekkan yer» (ins-jins tekkan manosida), "xudo qarg`agan yer" deb nomlashgan. Xorazmda ulgan odamning jasadi tekkan yerni nopok yer deyilgan. Agar ekin ekiladigan yerda odam jasadi yoki uning suyaklari topilsa, bu joy xarom xisoblangan. Bunday yerni besh marta sugorgandan keyingina ekin ekishgan. Ayrim joylarda esa bunday srlarniig atrofini juyak olib urab quyishgan va ikki-uch yil davomida sug`ormaganlar, ekin ekmaganlar. Biz bu udumga aynan uxshash ko`rinishni "Avesto" kitobida uchratamiz. Zardushtiylarning "murdaning nopokligi" konsepsiyasiga kura zardushtiylik paydo bo`lgan dastlabki paytlarda tuprokning xolatini bo`zmaslik maksadida va murdani "marosimiy makrux" xisoblangani bois o`lik yerga kumilgan. Murda odamlar nazaridan yiroqqa-baland tepaliklarga eltib maxsus supalarga quyilgan. "Veididod"ning 7-fargardi, 7-bulimida Zardushtninig Axura Mazdaga karata "oftob ostida yotgan odam jasadi yerga tushib ketsa, yer necha vaktdan sung o`zining pokizalik xolatiga qaytadi? — degan savoliga javob tarikasida "oftob ostida yotgan odam jasadi yerga tushib ketgan laxzadan bir yil utgach, zamin o`zining poklik xoliga qaytadi" — deb javob bergan. Boshka urinda Axura Mazda Zardushtga karata "odam jismi tuprokka topshirilgan laxzadan ellik yil utganidan sung zamin o`zining poklik xoliga qaytadi" — deb ta`kidlagan11. Demak biz bundan halqimizning dehqonchilik bilan bog`liq kator urfodatlari kecha yoki bugun uylab topilmagan, balki o`zining kupming yillik tarixiga ega ekanligiga yana bir bor amin bulamiz. Fargona vodiysi o`zbeklarida yerga dastlabki ishlov berish, yani yil boshidagi dastlabki dehqonchilik yumushlari Navro`z tantanalari bilan bir vaktda boshlangan. Navro`z ayyomi dehqonlar uchun ayniksa ahamiyatli bo`lgan. Chunki yukorida aytganimizdeq bu kunlarda ekin ekish, dala, bor yumushlari boshlangan. Dehkonlar, bog`bonlar va chorvadorlar ayozli kunlardan omoneson chikib, baxorning issik kunlarini intiklik bilan kutib, katta dehqonchilik ishlariga jiddiy tayyorgarlik ko`rganlar, omochbuyinturiklarni, molalarni sozlab, taxt kilishgan, otlar sovutilgan, aravalar to`zatilib ishga yarokli xolga keltirib quyilgan. Asosiy ishchi kuchi bo`lgan xukizlarni yaxshi parvarishlab, ularni yer xaydashga olib chikishgan. Shu bois ham o`rta asrlarda Buxoroda bu dehqonchilik bayrami "Navro`zi kishavorzon" – ―dehqonlar bayrami" deyilgan12. Zaxmatkash dehqonlar aynan ushbu kun qo`sh chikarib urug`ni yerga qadaganlar. XULOSA Xulosa kilib aytganda, o`zbek halqining dehqonchilik an`analari qadimiy tarixga ega bo`lib bundan 3000 yil mukaddam O`rta Osiyo zaminida dehqonchilik gullab-yashnagan va ajdodlarning asosiy mashg`ulotlaridan biri bo`lgan. "Avesto"da ta`riflangan va targ`ib etilgan eng ulug` kasb dexqonchilikka oid urf-odat va marosimlar o`zining xayotiyligi va halqchilligi bilan aloxida dikqatga sazovordir. Ularda ijtimoiy tabaqaviy cheklanish alomatlari yo`q bo`lib tabiiy ehtiyojlar zaminida paydo bo`lgan va umumxalq manfaatlariga xizmat qilgan. Bu urf-odat va marosimlar tabiat bilan o`zviy bogliq mexnat jarayoni hamda turmushning muhim voqealariga bag`ishlab nishonlangan va xalqning orzu-umidlarini ifoda etgan. Avestoning hozirgi davr kishilari uchun ahamiyati shundaki, unda odamlar doim pokiza yurishga, badanni toza tutishga yomon kirdikorlar qilmaslikka; har qanday yovuz niyat va haqoratli asabbuzar so`zlarni aytmaslikka, ayollarni, jumladan qizlarni sevishga hamma sohada mo`tadil (optimal) bo`lishga da`vat etuvchi qoida da`vat, o`gitlar bayon etilgan. Avestoning Gat qismida odamlar halol mehnat qilishga o`z qo`li hunari bilan moddiy ne`matni yaratishga, tayyorga ayyor, o`roqda yo`q, mashoqda yo`q xirmonda hozir, boqimanda, tekinxo`r bo`lmaslikka, bularga yo`l qo`ymay, binoanan yashashga da`vat etilgan. Bu da`vatlarni hozir ham foydasi katta. Xulosa shuki, Avestoda diniy ko`rsatmalar haqidagi g`oyalar bilan birga real, dunyoviy hozir ham foydali, nasihat, tavsiya, cheklash, ta`qiqlash, rag`batlantirishga doir o`git va da`vatlar ko`p bo`lgan. Xulosa shuki, zardushtiylikning o`zidan keyingi barcha dinlarga salbiy ta`siridan ko`ra ijobiy ta`siri ustun bo`lgan. Deyarli barcha dinlarga xos xususiyat bo`lgan insonlarni yetuklikka, ma`naviyati boy, axloq-odobli bo`lib tarbiyalashga intilish zardushtiylik dinining ham asosini tashkil qiladi. Bu ustunlik musulmonlar hayoti va faoliyatida ayniqsa e`tiborga loyiqdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., Sharq, 1998. 2. Sulaymonova F. Sharq va G`arb.—Toshkent. Fan, 1997. 3. Avesto. O`zbekcha tarjima (Asqar Mahkam tarj.) T.:2001. 4. "Avesto"dan (tarj. M. Isoqov) O`zbek tili va adabiyoti jurnali, 1999. №2- 5.Abu Rayhon Beruniy. Al-osorul-boqiya an-al qarunul-holiya.Т.: 1969 6.H. Homidov. "Avesto" fayzlari. – Т.: 2001 7.N.Rahmonov. "Avesto"ning paydo bo`lishi. "O`zbekiston ovozi" 2001, 26. 8. N. Rahmonov. "Avesto": Zamin, vatan demakdir. - "O`zbekiston ovozi" 2001, 25 sentabr. 9. www.e-tarix.uz 10. www.ziyonet.uz Sheraliyev Husniddin Kasb ta’limi yo’nalishi.
Avesto o’sha davrlar tarixi , madaniyati haqida ma’lumot beruvchi qomusiy asardir . U pahlaviy tiliga tarjima qilingan va unga sharhlar yozilgan. Unga yozilgan sharhlar ―Zend Avesto― nomi bilan mashhur. Markaziy Osiyoga arablar kirib kelishi bilan zardushtiylik diniga sig’inuvchilar taqib ostiga olingan. Shu tarzda u asta – sekin O’rta Osiyo xalqlari orasida iste’moldan chiqa borgan. Eron xalqlarining eng qadimgi mitralari Mitra, Anaxita, Osha va Ardvissuralar to’g’risidagi miflarning mazmunlari, sarguzashtlari haqida turli va mattiqiy dostonlar mavjud. Ulardan birida Mitra haqida quyidagicha dostonlar yaratilgan: Mitra qo'sh otli aravasida, musallah holda goh el –yurtni balo-qazolardan asrar va vatanparvarlik ko’rsatar, goh Ahuru-Mazdadan mahf etar va hammani xursand etar edi. Asqar Mahkamning ruschadan o’girgan tarjimasini keltirib o’tamiz. U quyidagicha: Epchilardan epchilroq Mitra, Ahl saxl ichida mumtoz, Dovyuraklar ichida she’rdir , J asurlardan jasoratliroq. Yashnatadilar , gurkitadilar , To’kinlar yaratguchidir Ko’rkam hayot ayladi in’om Haqiqatga hokimlikni ham. Rizoiy, Bahromiy, Meriboyslar 1 million she’rning hammasi zardushtning qalamiga mansub deyishsa boshqalari esa, qadimiy ijod mevasi , degan fukrlarini bayon etishgan. (“San’at “1991 yil , N-6 , 24 bet). ―Avesto‖ (asli Ovasto) – zardushtiylik ( zaroastrizm) dinining muqaddas kitobi O’rta Osiyo, Ozarbayjon ,Eron xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy – iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari , olam to’g’risidagi tasavvurlari , urfodatlari , ma’naviy madaniyatini o’rgan- ishda muhim va yagona manbadir. ―Avesto‖ tarkibiga kirgan materiallar , olimlarning isbotlashlaricha ,qariyib 2- ming yil davomida (mil.av 3-ming yillik - 2-ming yillik boshlaridan milodning boshlarigacha) vujudga kelib, avlodan –avlodga og’zaki ko’chib kelgan . Uning ko’p qismlari yo’qolib ketgan, uning taxminan yettidan bir qismi saqlanib qolgan va mil.av 3-asrda Arshakiylar davrida to’planib kitob qilingan . ―Avesto‖ fanda uch qismga ajratiladi: 1. Eng tarixiy qismi. Mil. avvalgi 3-ming yillik oxirlari va 2-ming yillikda vujudga kelgan Yashtlar; ularda sinfiy jamiyatdan ilgarigi qabilaviy e’tiqodlar ,ko’p Xudolik tasavvurlari o’z ifodasini topgan. 2. Bu qismi Gotlar deyiladi. Unda xudo Axura Mazda haqidagi ta’limot o’z aksini topgan. Bu kitob mil . avVIasrda yashagan Zaratushtra (Zardusht) ijodiga mansub deb taxmin qilinadi. 3. Qadimiy ko’p xudolik g’oyalari va Yakka xudolik g’oyalri o’rtasidagi kurash sharoitidagi mil .av. 5-asrda har ikkalasini kelishtiruvchi mazdayasna ( mazdaiylik)ta’limoti shakllari va bu ―Avesto‖ ta’limotining asosiy va oxirgi qismi hisoblanadi. Bu voqea eramizdan avvalgi III asrda sosoniylar podshosi Shopur davriga kelib , to’la kitob holiga keltirilgan .Eron va Turon zaminining bosib olinganligi sababdan zardushtiylik dini ta’qibga olindi va islom dinini joriy etishga kirishildi. Islom dinini qabul qilishga majbur etilgan va qabul qilmaganlari Hindistonga qochib ketib shu yerda jon saqlaganlar. Hammamizga ma’lumki, hozir ham Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlarida yashaydigan aholi bu dinga e’tiqod qiladi va zardushtiylikga amal qiladilar. Ular ―Avesto‖ning bir qismini saqlab kelmoqdalar. 30 ta kitobdan keyin 21 ta kitob va shulardan keyin bizgacha bu kitobning 4 tasigina saqlanib qolingan. Bundan tashqari o’sha davrning adabiy tili hisoblangan pahlaviy tiliga tarjima qilinib, asosiy matnga keng sharhlar yozilgan. Bular ―Zend‖ nomi bilan bizga ma’lum. ―Avesto‖ katta hajmda bo’lganligi uchun ‖Kichik Avesto‖ yaratilgan. ―Kichik Avesto‖da ―Katta Avesto‖dan tanlab olingan duolar to’plamidan iborat bo’lgan, VII asrda sosoniylar davlati mag’lubiyatga uchrab , Eron va O’rta Osiyo arablar tomonidan bosib olinganligi haqida ma’lumotlar berilgan. Zardushtiylik dinini siquvga olishgandan keyin, ―Avesto‖ning ko’p qismlari unutilgan va yo’qolib ketgan. "Avesto" bizgacha yetib kelgan Yasht, Vispard, Videvdot, Yasna nomlari bilan bog’liq bo’lgan ma’lum bo’laklardan iborat. ‖Avesto‖ qadimiy kishilarning dunyoqarashi va ideallarini, huquqiy va axloqiy kodekslarni o’z ichiga olgan. «Avesto» — jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik e’tiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu ta’limotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. «Avesto»da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud. «Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab to’qqiz ho’kiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yig’ilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga «Zand» nomi bilan sharhlar bitilgan. «Avesto» to’rt qismdan iborat: Yasna («Diniy marosimlar»),  Yasht (ma’no jihatdan Yasnaga yaqin),  Visparad («Barcha ilohlar haqidagi kitob»),  Vendidad («Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi»). Yasna tarkibiga kirgan madhlar «Gatlar» (ayrim manbalarda «gohlar») deb nomlanib, ularni Zardustning o’zi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Erto’nga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi. «Avesto» insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining e’tiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O. Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud. O’zbekistonda «Avesto»ni o’rganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida «Avesto» ta’limotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qo’lyozma va bosma nusxalari O`R FA ShI jamg’armasida saqlanadi. Hozirgi o’zbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Is’hoqov, N. Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari e’tiborli. O’zbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001 yilda «Avesto»ning 2700 yilligi nishonlandi. «Avesto» vatani Xorazmda bog’ barpo qilindi, asarning o’zbek tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi.Mazdayasna dini miloddan avval 1500 yillarda Hazrati Zardusht Payghmbar taraflaridan asos solingandir.U zot Horazm vohasida tughilgan.Otasi Pourushpa Spitama va onasi Dughodwa bolghan.Uning yoshligi Bakhtriyona ,yani Turonda otghan.Hazrati Zardusht 40 yoshga kirganda unga ilk bor Olloh tarafidan vahiy kelgan.Qadimgi paytlarda bizning ajdodlarimiz Ollohni Ahura Mazda deb atashgan.Bu degani hozir atab bolmaydi Ul zotni bunday deb degani emas.Olloh va Ahura Mazda nolari bir biriga tengdir.Ularni farqlari shundaki Ollohi arabchasiga Hudo deganidir Ahura Mazda esa eronchasiga Hudo deganidir.Bir kuni hazrati Zardusht daryo boyida tahorat qilyotganda,osmondan nur kelgan,va bu nurdan Hazrati Vohu Manah Ollohni farishtasi kelgan.Va Vohu Manah Zardushtni osmonga olib chiqib ketgan.U yerda u Zardushtni Ahura Mazdani yoniga olibborgan. U yerda Buyk Hudo Ahura Mazda Hazrati Zardushtga uni Ollohni Payghambari bolib tanlanganini aytgan.Keyin esa Hz. Zardusht eski kuphudochilik diniga qarshi chiqib oz targhibotini boshlagan.Lekin uni halq tushunmasdan Turondan quvghin qilgan.Ammo Hz. Zardusht Qovi Vishtaspa shohni yoniga borib Ahura Mazda vahiy haqida soylagan shundan keyin Qovi Vishtaspa ham uni dinini qabul etgan.Lekin uni shoh odamlari kora olmasdan Hz. Zardushtga qarshi fitna yushtirib uni zindinga tashlatirishgan.Lekin bir kun shoh Vishtaspaning oti kasal bolib qolganda butun davlatda hech kim uni tuzata olmagan.Shunda Hz. Zardusht shuni eshitib uni tuzatish ihtiyorini aytgan.Shundan keyin u borib shohni otini Ollohdan izn sorab tuzatgan.Va Qavi Vishtaspa undan kechirim sorab uni ozod etghan.Buni eshitgan Turonlilar Eronga hujum qilishni boshlashgan.Lekin bu hujmga qarshi Vishtaspa chiqa olgan.Undan keyin 73 yoshida Zardusht payghambar Ollohga nomoz qilyayotganda bir Turoniy arafidan oldirilgan.Hush kelibsiz aziz dostlar Mazdayasna dinini ozbek sahifasiga.Mazdayasna dini Ozbekiston hududida shakllangan keyin esa Eron tarafida rivojlangan.Uning asoschisi Hazrati Zardusht Spitama bolib, u miloddna avval 1500 yil oldin Horazm taraflarida yashagan.Ushbu sahiifada Mazdayasna dinini asos berilgan kunidan boshlab shu kungacha tarihiorganiladi,uning muqaddas kitobi bolmish Avesto chuqur organiladi.

XULOSA
Xulosa kilib aytganda, o`zbek halqining dehqonchilik an`analari qadimiy tarixga ega bo`lib bundan 3000 yil mukaddam O`rta Osiyo zaminida dehqonchilik gullab-yashnagan va ajdodlarning asosiy mashg`ulotlaridan biri bo`lgan. "Avesto"da ta`riflangan va targ`ib etilgan eng ulug` kasb dexqonchilikka oid urf-odat va marosimlar o`zining xayotiyligi va halqchilligi bilan aloxida dikqatga sazovordir. Ularda ijtimoiy tabaqaviy cheklanish alomatlari yo`q bo`lib tabiiy ehtiyojlar zaminida paydo bo`lgan va umumxalq manfaatlariga xizmat qilgan. Bu urf-odat va marosimlar tabiat bilan o`zviy bogliq mexnat jarayoni hamda turmushning muhim voqealariga bag`ishlab nishonlangan va xalqning orzu-umidlarini ifoda etgan. Avestoning hozirgi davr kishilari uchun ahamiyati shundaki, unda odamlar doim pokiza yurishga, badanni toza tutishga yomon kirdikorlar qilmaslikka; har qanday yovuz niyat va haqoratli asabbuzar so`zlarni aytmaslikka, ayollarni, jumladan qizlarni sevishga hamma sohada mo`tadil (optimal) bo`lishga da`vat etuvchi qoida da`vat, o`gitlar bayon etilgan. Avestoning Gat qismida odamlar halol mehnat qilishga o`z qo`li hunari bilan moddiy ne`matni yaratishga, tayyorga ayyor, o`roqda yo`q, mashoqda yo`q xirmonda hozir, boqimanda, tekinxo`r bo`lmaslikka, bularga yo`l qo`ymay, binoanan yashashga da`vat etilgan. Bu da`vatlarni hozir ham foydasi katta. Xulosa shuki, Avestoda diniy ko`rsatmalar haqidagi g`oyalar bilan birga real, dunyoviy hozir ham foydali, nasihat, tavsiya, cheklash, ta`qiqlash, rag`batlantirishga doir o`git va da`vatlar ko`p bo`lgan. «Avesto» asarida Xorazm, Baqtriya va So’g’d tuprog’ida paydo bo’lgan. «Avesto»ning eng qadimgi geografik nomlari O’rta Osiyo va unga chegaradosh viloyatlari bilan bog’lanadi. «Avesto» kitoblari quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi: qadimgi geografik tushunchalar, hududiy, etnik, qabilalar va viloyatlar nomlari, qadimgi va siyosiy tuzum, zardushtiylarning falsafasi, dunyo tarixining rivojlanishi haqida ma’lumotlar.
Yunon-fors urushlari boshlanishi bilan miloddan avvalgi VI - IV asrlar siyosiy voqealarida ishtirok etgan O’rta Osiyo xalqlarining tarixi qadimgi yunon tarixshunoslarning asarlarida yoritilgan.
Bu borada O’rta Osiyo xalqlari to’g’risida qisqa bo’lsa-da, juda aniq ma’lumotlar beruvchi Gerodotning «Tarix» kitobi qismlari ayniqsa qimmatlidir. Qadimgi davrlardan boshlab bu kitob dunyoda eng mashhur tarixiy asarlardan biri bo’lib hisoblangan. Uning muallifi Gerodot «tarixning otasi» deb nom olgan.
«Avesto» qadimgi fors yozuvlari, Gekatey, Gerodot, Ktesiy va boshqa yunon tarixshunoslarining asarlarida O’rta osiyo tarixiy viloyatlari nomlari quyidagi tartibda ko’rsatib berilgan:
Xulosa shuki, zardushtiylikning o`zidan keyingi barcha dinlarga salbiy ta`siridan ko`ra ijobiy ta`siri ustun bo`lgan. Deyarli barcha dinlarga xos xususiyat bo`lgan insonlarni yetuklikka, ma`naviyati boy, axloq-odobli bo`lib tarbiyalashga intilish zardushtiylik dinining ham asosini tashkil qiladi. Bu ustunlik musulmonlar hayoti va faoliyatida ayniqsa e`tiborga loyiqdir.


Download 52.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling