Farg’ona davlat universiteti sirtqi bo`lim tarix yo`nalishi


Download 39.38 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi39.38 Kb.
#1632118
1   2   3
Bog'liq
Kurs ishi Arablarning O`rta Osiyoni bosib olishi tayyor

Asosiy qism

Movarounnahr geografik, siyosiy va ijtimoiy jihatdan 4 ta hududga boʻlingan: Toxariston (Baqtriya) Amudaryoning yuqori oqimida, shimolda Hisor togʻlari, sharq va janubda Hindukush togʻlari bilan oʻralgan; Soʻgʻd yoki Soʻgʻdiyona, oʻrta Amudaryoning sharqida va Zarafshon daryosi atrofida; Xorazm yoki Xorasmiya, Amudaryoning quyi oqimidan to Orol dengiziga qadar; shimolda Hisor togʻlaridan to Sirdaryo daryosi boʻyigacha, jumladan, Yettisuv va Fargʻona vodiysini oʻz ichiga olgan hududga. Hozirgi kundagidek aholi ikki tilda muloqot qiladigan guruhga mansub edi: VII asrda oʻtroqlashishga moyil boʻlgan eron tillarida soʻzlashuvchi xalqlar va oʻsha davrda asosan koʻchmanchi boʻlgan turkiy xalqlar. Movarounnahr tarixida Markaziy Osiyodan koʻchmanchi xalqlarning bosqinlari tez-tez sodir boʻlgan. Miloddan avvalgi II asrda yuechjilar (toxarlar) Yunon-Baqtriya podsholigini tor-mor etib, Kushon podsholigini tuzdilar, ularning hukmronligida buddaviylik bu hududga kirib keldi. V asr boshlarida kushonlar oʻrniga eftaliylar bilan hokimiyat tepasiga kelishadi, ularning hukmronligi VI asr oʻrtalarigacha, ya'ni Turk xoqonligi vujudga kelganga qadar davom etgan. Xoqonlik ikki qismga boʻlingandan soʻng Gʻarbiy turk xoqonligi Movarounnahrning turli mahalliy hokimliklari ustidan hukmronligini saqlab qolgan, baʼzan hatto Balxgacha bosqinchilik yurishlarini ham olib borishgan.


Xitoylik buddaviy rohib Syuan Szan 630-yilda Toxaristonga kelganida Gʻarbiy turk xoqonining toʻngʻich oʻgʻli, Qunduz shahri hokimining boshqaruvi ostida 27 ta dan kam bo'lmagan mahalliy hokimliklar haqida ma'lumot berib oʻtadi. 650-yillarda Gʻarbiy turk xoqonligi qulagandan soʻng Qunduz shahri hokimi xoqonlikka daʼvo qilib, mustaqil hukmdorga aylanadi. Xoqonlar Toxaristonning boshqa hokimliklari ustidan rasman hukmronlikni saqlab qolishgan boʻlsada, biroq kelib chiqishi turkiy boʻlgan koʻpchilik mahalliy hokimlar amalda mustaqil edi. Amudaryodan shimolda, Yuqori Toxaristonda eng muhim hokimliklar Badaxshon, Xuttalon, Qubodiyon va Chagʻoniyon edi. Amudaryoning janubida, Quyi Toxaristonda, markaziy shahar hisoblangan qadimiy Balx shahri joylashgan bo'lib, u Toxaristonning eng muhim aholi manzilgohi va uning diniy markazi hisoblangan, bundan tashqari, Balx shahrida joylashgan Navbahor buddaviylik stupasi juda mashhur boʻlib, koʻplab ziyoratchilarni oʻziga jalb qilgan. Yana Joʻzjon, Bodgʻis, Hirot va Bomiyon ham muhim hokimliklar edi.


Hisor tizmasidan shimoli-gʻarbda Zarafshon daryosi boʻyida Soʻgʻdiyona oʻlkasi joylashgan. Bu qadimiy oʻlka oʻz madaniyati, tili va an'analariga ega boʻlgan boʻlib, arxeologik topilmalar va yozma manbalar orqali yaxshi oʻrganilgan. Soʻgʻdiyona ham bir qancha mayda hokimliklarga boʻlingan, biroq ikkita asosiy hokimlik – Buxoro va Samarqand qolgan hokimliklar ustidan hukmron edi. Soʻgʻdlar „Buyuk Ipak yoʻli“ da asosiy savdogarlar hisoblangan. Xitoy yilnomalarida mahalliy hokimlarning aksariyati bir hukmron xonadonga mansubligi, bu xonadon boshligʻi Samarqand hokimi esa turk xoqonlari bilan oilvaiy rishta bogʻlaganligi qayd etilgan. Mahalliy hokimlarning koʻpchiligi forscha shoh unvoniga, ayrimlari esa turkiy unvonlarga ham ega boʻlishgan, Samarqand hokimi ular orasida alohida oʻringa ega boʻlgani uchun ixshid unvoniga sazovor boʻlgan (Fargʻona hokimi ham „ixshid“ deb yuritilgan).


Soʻgʻdiyonaning shimoli-sharqida 160 kmga yaqin hududni egallagan, yer unumdorligi boʻyicha Sirdaryo atrofidagi yerlardan ancha past boʻlgan Mirzachoʻl tekisligi joylashgandi. U shimoli-gʻarbda Shosh (hozirgi Toshkent), sharqda Fargʻona bilan chegaradosh edi[13]. Soʻgʻdiyonaning gʻarbida esa, choʻl markazida Xorazm joylashgan. Unda oʻtroq hayot tarzi kechiruvchi aholi istiqomat qilgan. Ushbu hududning III asr oxiri va arablar istilosining boshlarigacha boʻlgan davr tarixi yetarlicha arxeologik va yozma manbalar yoʻqligi tufayli aniq emas. Hozirgacha olimlar bu hududda buddaviylikning belgilari mavjud emasligi va zardushtiylikning hukmronligi davom etishi tufayli xorazm Kushonlar hukmronligi ostida bor yoki yoʻq ekanligi haqida bahslashib kelmoqdalar. At-Tabariyning ma'lumotiga koʻra, bu hudud Ardashir I (224-242) davrida sosoniylar tomonidan bosib olinib, sosoniylar davlatiga ma'lum darajada qaram qilingan. Qadimgi tangalar oʻrganilishi va XI arsda yashagan olim al-Beruniyning yilnomlari orqali Xorazmni IV asr boshidan Afrigʻiylar sulolasi boshqarganligi aniq[14][15]. Xuddi shuningdek, Xorazmning VI—VII asrlarda turkiylar hukmronligi ostida boʻlgan-boʻlmaganli ham noaniq.


Tarixchi Hugh N. Kennedy ta'kidlaganidek, Movarounnahr „imkoniyat va katta boylikka ega, oʻz mustaqilligini yuksak qadrlaydigan jangovar xalq tomonidan himoyalangan boy oʻlka edi“, va shu tufayli ilk musulmon istilolarida uning boʻysundirilishi eng shiddatli va uzoq davom etgan boʻlib chiqdi.


Istiloning boshlanishi
Arab manbalarida Movarounnahrni arablar istilo qilishi 650-yillarda boshlagan, degan taassurot uygʻotsa-da, aslida dastlabki harbiy harakatlar faqat oʻlja olish va oʻlpon undirishga qaratilgan edi. Dastlab arablar Marvdagi kichik harbiy boʻlinma bilan cheklanishgan, Iroqdagi voliylar har yili Movarounnahrdagi mahalliy hokimliklarni talon-taroj qilish uchun qoʻshin joʻnatib turishgan[16]. 652-yilda Axnaf ibn Qays boshchiligidagi birinchi harbiy ekspeditsiyasi Quyi Toxaristonning birlashgan qoʻshinlari tomonidan magʻlubiyatga uchrab, Marvirudga qaytib ketishadi. Ammo al-Aqra ibn Habis boshchiligidagi ikkinchi harbiy ekspeditsiya Joʻzjon hokimini magʻlub etib, Joʻzjon, Foryob, Taliqon va Balxni egallashga muvaffaq boʻladi. Arab qoʻshinlari Xorazmgacha boʻlgan hududlarni talon-taroj qiladilar. 654-yilda Soʻgʻdiyonaning Maymurgʻ shahri arablar bosqiniga uchradi[17]. Biroq oradan koʻp oʻtmay, Karin (ehtimol, Karin-pahlaviylar sulolasi vakili) boshchiligidagi mahalliy aholi qoʻzgʻolon koʻtaradi. Natijada arablar Xuroson (hozirgi Afgʻonistonning shimoli, Eonning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistonning Amudaryogacha boʻlgan yerlari)ni tark etishadi. Xitoy manbalariga koʻra, Toxariston hokimlari Yazdigard III ning oʻgʻli Peroʻzni bir muddat rasman Fors shohi etib taxtga oʻtqazadilar. Bunga qarshi arablar hech qanday harakatni amalga oshira olmaydilar, chunki ular Birinchi fitna (656-661) bilan mashgʻul boʻlib qolishgandi. Lekin 655-658-yillarda ham talonchilik yurishlari davom etavergan.

Fuqarolar urushi tugagach, Xuroson ustidan xalifalikning hukmronlik nazoratini tiklash vazifasi Abdulloh ibn Amirga yuklatildi. Ibn Amirning bu hududga ilk marotaba harbiy yurishi bilan keyingi yillarda sodir boʻlgan voqealar orasida tarixiy chalkashliklar mavjud, ammo mahalliy yozma manbalar koʻra, bu yillarda aholi arablarga qarshi isyonlar koʻtarishgan. Shuningdek, ibn Amirning oʻrinbosari Qays ibn al-Xattam tomonidan Navbahordagi buddaviylik stupasi (me'moriy inshoot) buzib tashlanadi[19]. Faqatgina Ziyod ibn Abu Sufyon Iroq va xalifalikning sharqiy qismiga voliy etib tayinlangach, arablar Xurosonni egallash uchun toʻlaqonli yurishlarni boshlaydilar. Ziyod ibn Abu Sufyonning Xurosondagi noibi al-Hakam ibn Amr al-Gʻafriy 667-yildan 670-yilgacha, ya'ni vafotiga qadar Toxaristonga bir qator yurishlar uyushtiradi, bu yurishlar davomida arab qoʻshinlari Amudaryodan oʻtib, Chagʻoniyonga kirib boradilar. Peroʻz taxtdan agʻdarilib, Xitoyga qochib ketadi. Al-Hakamning oʻlimidan keyin hududda keng koʻlamli qoʻzgʻolonlar avj olib ketadi, ammo uning vorisi Rabi ibn Ziyod al-Horisiy Balxni egallab, Amudaryoni kechib oʻtib, Chagʻoniyonga bostirib kirishdan avval Koʻhistondagi isyonchilarni magʻlub qiladi. Arab manbalarida shu yillarning oʻzida Xorazmning bosib olinishi, arablarning gʻarb tomonda joylashgan Zam va Amulni muhofaza qilganliklari qayd etilgan[20]. Kelajakda oʻlkada musulmonlarning oʻrni oshirish uchun 671- yilda Ziyod ibn Abu Sufyon Basra va Kufada 50 ming jangchini oilalari bilan Marvga joylashtiradi. Bu harakati tufayli Xurosondagi musulmonlarning rolini mustahkamlabgina qolmay, balki kelajakda Movarounnahrga yurish qilish uchun zarur boʻlgan kuchlarni ta'minlashga zamin yaratadi.


Ziyod vafot etgach, uning ishini oʻgʻli Ubaydulloh ibn Ziyod davom ettirdi, u Xuroson noibi etib tayinlanadi va 673-yil kuzida Marvga keladi. Keyingi yil bahorida Ubaydulloh Amudaryodan kechib oʻtib, Buxoro muzofotiga kiradi, bu paytda shahzoda goʻdakligi tufayli uning nomidan onasi Buxoro malikasi Xotun (turkiycha aslzoda ayol) hukmdorlik qilayotgandi. Arablar Buxoroni egallashdan avval Poykand va Romitanni bosib oladilar. Mahalliy yozma manbalarda arablarning Buxoroni qamal qilgani, turklar esa yordamga kelganligi qayd etilsada, bu arab manbalarida uchramaydi, akisncha, ularda arablar buxoroliklar ustidan katta gʻalaba qozongani keltiriladi. Oʻlja sifatida Ubaydulloh oʻziga shaxsiy qoʻriqchisi sifatida barchasi „mohir kamonchilar“ boʻlgan 2000 nafar asirni qoʻlga kiritadi. Harbiy yurishdan soʻng Buxoroning keyingi taqdiri noaniqligicha qolgan, ammo xalifalikning markaziy hokimiyatini tan olib, unga oʻlpon toʻlovchi boʻlgani aniq.


VII—VIII asrlarga oid Toxaristondan topilgan erkak kishi haykali
Ubaydullohning muvaffaqiyatlarini uning davomchilari Aslam ibn Zura va Abdurahmon ibn Ziyodlar takrorlay olmadilar. Faqat 676-yilda Said ibn Usmonning qisqa hukmronligi davrida arablar Soʻgʻdiyonaga katta harbiy yurish qiladilar. Al-Balozuriy va Narshaxiyning yozishicha, Said Kesh, Nasaf, Buxoro va turkiylarning shaharlaridan tuzilgan mahalliy harbiy ittifoq kuchlarini tor-mor etib, Buxoroni xalifalikka boʻysunishiga Xotunni majbur qiladi va shundan keyin Samarqandni qamal qiladi. Shaharni egallab, 50 nafar yosh aslzodalarni garovga oladi, keyinchalik ularni Madinada qatl ettiradi. Yoʻl-yoʻlakay Termiz egallab, Xuttalon hokimini ham taslim qiladi.

Arablarning Shosh va Xorazmga Amudaryo orqali dastlabki hujumlari Ikkinchi fitna (683-692) davrida Xurosonda boshlangan oʻzaro qabilaviy urushlar sababli toʻxtab qoladi. Keyingi Xuroson noiblari, jumladan al-Muhallab ibn Abu Sufra Movarounnahrni egallab olishga urinadi, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchraydi[]. Mahalliy hokimlar oʻz navbatida arablar oʻrtasidagi ixtilofdan foydalanib, 689-yilda Termizni egallab olgan arab qochqini Muso ibn Abdulloh ibn Xozim yordamida arablarni oʻlkadan quvib chiqarishga erishadilar[26]. Biroq Movarounnahrdagi mahalliy hokimlar arablar istilosiga qarshi kurashda toʻliq birlasha olmadilar, bundan esa 705-yildan soʻng Qutayba ibn Muslim oʻrinli foydalanadi[].


Umaviylar va Turkashlar oʻrtasidagi urushlar


Iroqga voliy al-Hajjoj boʻlgan paytdan, ya'ni 705-yildan boshlab, har yili Qutayba ibn Muslim sharqqa bosqinchilik yurishlarini amalga oshirilib, yangi hududlarni xalifalikka qoʻshib olish bilan yakunlaydi. 705-yilda Qutayba Xuroson bilan chegaradosh Bodgʻisni oʻziga boʻysundiradi, 706-yilda Poykand xalifalikka qoʻshib olinadi, 707-yilda Buxoro vohasini zabt etish boshlandi, uni egallash keyingi yilda nihoyasiga yetadi. Buxoro shahrining oʻzi yana bir yil 709-yilgacha uch-toʻrtta hujumga bardosh berib turdi. Arablarning oʻlkada hokimiyati mustahkamlangan soʻng, sharqqa yurish davom ettiriladi. 711-yilda Qutayba qoʻshinlari Seyistonni boʻysundirib, Sind hududiga kirishdi.

Shunday qilib, 705-711-yillarda toʻrtta davlat vassal sifatida xalifalik tarkibiga kiradi, ikkitasi yoʻq qilinadi. Bosib olingan hududlarning maydoni 600 kvadrat kilometrga yaqin, aholisi esa 1 million kishiga yaqin edi. 712-713-yillarda Qutaybaning Fargʻona va Shosh hududlariga yurishi al-Hajjojning oʻlimi tufayli oʻz nihoyasiga yetmay qoladi, natijada xalifalikning harbiy istilosi olgʻa siljishi toʻxtaydi.


713-714-yillarda Qutayba tomonidan amalga oshirilgan oʻlka aholisini islomlashtirishga urinish oxirigacha amalga oshmadi. 715-yilda xalifa Volid I vafot etgach, Qutayba isyon koʻtarib, xalifalikdan ajralib chiqishga harakat qiladi. Bu urinish Qutayba tarafdorlari tomonidan toʻliqligicha qoʻllab-quvvatlanmadi, oʻsha yili Marv yaqinida arablar oʻrtasida oʻzaro harbiy toʻqnashuv boʻlib oʻtdi, unda xalifaga sodiq harbiylar gʻalaba qozonib, Qutayba qatl qilindi. Arablar tomonidan bosib olingan hududlar esa umaviylar hukmronligi ostida uzoq qolmadi.


Xalifa Sulaymon hukmronligida xalifalikning sharqiy hududlarida ta'siri juda past edi, 717-yilda hokimiyat tepasiga Umar ibn Abdulaziz keldi. Xalifa Umar ibn Abdulazizning paygʻambar va dastlabki ikki xalifalar tomonidan oʻrnatilgan ilk islom qoidalariga qaytish siyosati hatto Arabistonda ham jiddiy qiyinchiliklarga uchradi va oʻn yil oldin xalifalik tarkibiga zoʻrgʻa kiritilgan oʻlkada bunday siyosatni amalga oshirish yanada murakkab edi. Ayniqsa, cholgʻu asboblarini chalish (jumladan, toʻylarda), marhumlar uchun yigʻlash kabi taqiqlar aholi tomonidan keskin norozilik bilan qabul qilindi[28]. Kelajakda Somoniylar davlatining asosini tashkil etgan xalifalikning sharqiy hududlari keyingi yillari xalifalarga (ham umaviylar, ham abbosiylar) qarshi boʻlib, markaziy hokimiyatga qarshi tashkil qilingan barcha qoʻzgʻolonlarni qoʻllab-quvvatladilar.


Markaziy hokimiyatga Movarounnahrning tub aholisi boʻlgan turkiylar va forslarning sodiqligi haqiqiy emasligini, 719-yilda ular tomonidan ochiqchasiga xitoyliklar va turkashliklardan xalifalikka qarshi harbiy yordam soʻrab yuborgan nomasidan bilsa boʻladi.


Movaraunnahr va Xurosonning egallanishi

Sharqiy hududlardagi inqiroz 720-yilda keskin kuchaydi, bunga bir vaqtning oʻzida sodir boʻlgan holatlar sabab boʻldi.


Birinchidan, shu yilning aprel oyida Iroqda Yazid ibn al-Muhallab qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtadi va bu qoʻzgʻolon sharqiy hududlarga yetarlicha ta'sir qiladi, garchi al-Muhallabning da'vatlari toʻgʻridan-toʻgʻri Xurosonga yetib bormagan boʻlsa ham[30]. Ikkinchidan, Iroq voliysi Maslama ibn Abdul-Malik noiblar tayinlashda xato qarorlar qabul qilib, ukasi Said ibn Abdulazizni Xurosonga noib etib tayinladi. Bu qarorning xatoligi shundaki ediki, Said maishatparast boʻlib, ustiga yostiqlar qoʻyilgan ikki oʻrkachli tuyada kelgani bilan xurosonliklarni oʻziga qarshi qilib qoʻygan edi[31]. Noib hukmronligini birinchi kunlaridanoq mahalliy zodagonlar uchun ayolsifat boʻlib koʻringan. Yangi noib haqida uning qabulida boʻlgan Abrogʻ (Samarqand janubidagi kichik hokimlik) hokimidan soʻrashganida, u „xuzayna“ („xonim“) deb javob bergan. Tarixda bu noib haligacha Said Xuzayna nomi bilan ataladi. Uchinchidan, 720-yilda soʻgʻdlar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan turkiylar Amudaryo va Sirdaryo oraligʻidagi yerlarga bostirib kirib, Buxorodan Samarqandgacha joylashgan qalʼalarni oʻz nazoratiga oladilar. So'g'diyona aholisining katta qismi islomdan chiqib, zardushtiylikka qaytadi. Bu esa Islomdagi eng dahshatli jinoyat edi. Oʻz navbatida Said javob harakatlarini boshlashga shoshilmadi, arablar noibni qoʻshin toʻplash va yurish qilishga majbur qilishdi. Noibning kofirlarga nisbatan yumshoq munosabati ham norozilik uygʻotdi: u qoʻzgʻolonchilar yerlarini vayron qilishga (ularning xalifaga tegishli ekanligini bildirgan holda), ularning oilalarini kaltaklash va qul qilishlariga yoʻl qoʻymadi, hattoki bu ishlarni qilgan arablarni jazoladi ham. Said ibn Abdulaziz olib borgan siyosatning eng yomoni shunda ediki, uning qilgan yurish yorqin gʻalabalarga ega emasdi. 721-yilda turkashlar shahzodasi Kursul boshchiligidagi qoʻshin Samarqand yaqinida Said ibn Abdulaziz qoʻmondonligidagi xalifalik qoʻshinini magʻlub etadi. Xalifa noibni lavozimidan chetlatishga majbur boʻldi. Uning oʻrniga 721-yilda Said ibn Amr al-Xarashiy Xurosonga noib qilib tayinlanadi. U Iroqda al-Muhallab qoʻzgʻolonini bostirishda shafqatsizligi bilan tanilgan edi. 720-yil oxiridan boshlab xalifalikning sharqiy hududlarida uzluksiz qoʻzgʻolonlar boshlanib ketdi va 30 yil davomida, ya'ni umaviylar sulolasi barham topgunicha toʻxtamadi.


Vaziyatning tubdan oʻzgarganidan xabar topgan rustoqlar boshliqlari yordam soʻrab Fargʻona vodiysi hukmdorlariga murojaat qiladilar, qoʻzgʻolon magʻlubiyatga uchragan taqdirda Xitoydagi Tan davlatiga qochib ketish rejasini ishlab chiqadilar. Soʻgʻdlar oʻzlari bilan birga oʻnlab arab ayollari va bolalarini asirga olib, sharqqa qarab ketishadi. Xarashiy 722-yil 15-25-iyul kunlari qoʻzgʻolonchilarni ta'qib qilish davomida Xoʻjandni qamal qiladi, ammo asirlar borligi sababli toʻgʻridan-toʻgʻri hujum qilishga jur'at etmaydi. Muzokaralar olib borilayotganda asirlarning biri noma'lim ravishda vafot etgani ma'lum boʻladi. Musulmonlar buni qotillikka yoʻyishadi, oʻz navbatida soʻgʻdliklar esa bu ayblovni har tomonlama rad etishadi. Fay rustoqi boshligʻi Korzanchning uzoq qamalga dosh bera olmay, Fargʻonaga chekinishi tufayli Xoʻjand shahri arablar tomonidan egallanadi. Sulh tuzilgach, katta mablagʻ evaziga omon qolgan 400 savdogardan tashqari, deyarli barcha qoʻzgʻolonchilar xiyonatkorona qirib tashlanadi]. Shu yilning yozida Xarashiy Panjikent hokimi Devashtichga qarshi yurish qiladi. Jangda qoʻzgʻolonchilar yengiladi. Omon qolganlar Zarafshonning yuqorisida joylashgan Obigar qal'asiga chekinishadi. Omon qoldirish sharti bilan qoʻlga olingan Devashtich Arbinjonda qatl etilib, boshi Iroq voliysiga joʻnatiladi, tanasi esa zardushtiylik xilxonasi — novus devoriga qoqib qoʻyiladi[34][35]. Xalifadan ruxsat olmay qilgan bu harakati xalifaning Xarashiydan shubhalanishga olib keladi. Uning sadoqatini tekshirish maqsadida xalifa tomonidan zaharlangan qovunni Xarashiy iste'mol qilishi, Xarashiyga qimmatga tushadi (umrining oxirigacha qorin ogʻrigʻi bilan davolanib yuradi). Natija xalifa Umar ibn Abdulaziz noibi Xarashiyni huzuriga chaqirib oladi, oʻrtniga 723-yilda noib etib Muslim ibn Said tayinlaydi[].

Mugʻ qal'asidan topilgan arab amirining Devashtichga yuborgan nomasi


Boy arab kishisi (Devashtich saroyi, Panjikent devoriy suratlari)
724-yilda xoqon Suluk bilan toʻqnash kelgan Muslim magʻlubiyatga uchraydi va kam sonli askarlari bilan Samarqandga zoʻrgʻa yetib keldi. Bu jang tarixga „Chanqoq kuni“ nomi bilan kirdi. 728-yilda Buxoroni egallab olgan Suluk tomonidan xalifa Hishomning keyingi tayinlangan noiblari ham magʻlubiyatga uchrashadi, bundan tashqari Taxtaqoracha dovonidagi jangda ham arablar magʻlubiyatga uchraydilar.

Qadimgi turk harbiylari hukmdor Varxuman saroyida. (Afrosiyob devoriy (648-651-yillar) suratlari)


732-yilga kelib Samarqandga qilingan arablarning ikkita yirik yurishi katta yoʻqotishlar evaziga bu hududni xalifalik tarkibga qaytarishga erishildi. Suluk Samarqandga boʻlgan da'vosidan voz kechib, Buxoroni tark etadi va shimolga yoʻl oldi.

Umuman olganda, xalifa Hishom ibn Abdulmalik hukmronligi davrida, ya'ni 723-yildan 740-yilgacha Movarounnahr deyarli qoʻzgʻolon va urushlar girdobida qolgan boʻlib, mavjud vaziyatni Turkash xoqonligining bosqini ancha murakkablashtirgan. Harbiy harakatlar jarayonida hatto xalifalikka sodiq boʻlgan insonlar ham qoʻzgʻolonchilar tomoniga oʻtib ketadilar. Masalan, 734-yilda boʻlgan al-Horis ibn Surayj boshchiligidagi xorijiylar qoʻzgʻoloni.


737-yilning qishida Suluk xoqon ittifoqchilari al-Horis, Gʻurak (turk-soʻgʻdlar yetakchisi) hamda Usturshona, Toshkent va Xuttalon aholisi bilan birgalikda arablarga qarshi soʻnggi hujumni amalga oshiradi. Suluk xoqon Joʻzjonga bostirib kiradi, ammo Xoriston jangida Xuroson noibi Asad ibn Abdulloh al-Qasriy tomonidan magʻlubiyatga uchraydi. Keyingi yili Suluk xoqon Xitoy yordamida oʻz harbiy sarkardasi tomonidan oʻldiriladi. 739-yilda harbiy sarkardaning oʻzi ham xitoyliklar tomonidan oʻldiriladi. Natijada Movarounnahrda Xitoy hokimiyati qayta tiklanadi.


Oʻlkada urush shu darajaga yetdiki, 737-739-yillarda nafaqat rustoqlar boshliqlari, balki mahalliy aholining salmoqli qismi qoʻshni (to Xitoydagi Tan mamlakatigacha) davlatlarga qochib ketishadi. Faqatgina 740-yilga kelib harbiy harakatlar toʻxtatiladi va qochib ketgan aholi oʻz yurtlariga qaytib kelishadi. Ammo xalifalikning oliy harbiy sarkardalari sharqiy hududlarning hokimlari bilan tuzilgan tinchlik shartnomasini ma’qullamadilar, chunki ular turkashlar bilan oʻrnatilgan munosabatlarni hamkorlik deb emas, balki dindoshlariga qarshi tuzilgan ittifoq va murtadlik deb hisoblashgan. Biroq, endi ular biron-bir aniq harakatlarni amalga oshira olmasdilar, chunki 743-yilda Volid II ning hokimiyatiga qarshi butun mamlakat boʻylab qoʻzgʻolonlarning avj olishi sababli sharqiy hududlaridagi ahvol endi ular uchun ahamiyatsiz boʻlib qoldi.


Umaviylar va Tan davlati orasidagi nizolar


Arab manbalarida Qutayba ibn Muslim Xitoydan qisqa muddatga Qashqarni tortib olgani va uni kelishuv asosida qaytarib bergani qayd etiladi, ammo hozirgi zamon tarixchilar bu ma'lumotni butunlay rad etadilar.

715-yilda xalifalik Xitoy bilan chegaradosh Fargʻona vodiysi ixshidini taxtdan agʻdarib, taxtga Alutarni oʻtqazadilar. Taxtdan agʻdarilgan ixshid Kuchar (Sharqiy Turkiston)ga qochib, Xitoydan yordam soʻradi. Xitoyliklar Fargʻonaga Chjan Syaosun boshchiligida 10 minglik qoʻshin yubordilar. Xitoy sarkardasi Namanganda Alutar va arablarning birlashgan qoʻshini yengib, ixshidni qayta taxtga oʻtqazadi[41].


717-yilda Oqsuv jangida Tan davlati harbiy qoʻmondoni Szyaxuey xitoyliklarni arab va tibetliklarning navbatdagi harbiy yurishini toʻxtatishga da'vat etadi. Oqsuv shahriga qiligan harbiy yurishda arablarga turkashlar xoqoni Suluk ham qoʻshiladi. 717-yil 15-avgustda Uchturfon va Oqsuvga turkash, arab va tibetliklarning birlashgan qoʻshinlari hujum qiladi. Tan davlati harbiy qoʻmondoni Szyaxuey xizmatida boʻlgan Gʻarbiy turk xoqoni Arslonxon (xitoycha Arsila Xian) boshchiligidagi qarluqlar arablar sarkardasi Al-Yashkuriy yetakchiligidagi qoʻshinni magʻlubiyatga uchratadi. Magʻlub boʻlgan arablar Toshkentga chekinadi.


Samarqanddagi Varxuman saroyiga ipak va pilla olib kelgan Tan davlati elchilari
740-yillarning boshlariga kelib, xalifalikdagi fuqarolar urushi umaviylar bosh mulki Suriyada boʻlib oʻtdi, xususan sharqiy hududlar ham asosiy diqqat markazida edi. Ana shunday vaziyatda ikkinchi fitna davridan beri tinmay kelayotgan banu Qalb va banu Qays oʻrtasidagi toʻqnashuvlar kuchayib ketadi. 744-yilda shaxsiy mojaro sifatida boshlangan (Nasr ibn Sayyor va Judi al-Kermoniy oʻrtasidagi) bu toʻqnashuv tezda ommaviy tus oladi, 730-yillarda turkashlar bilan hamkorlikda musulmonlarga qarshi kurashgan va markaziy hokimiyat tomonidan toʻliq afv etilmagan al-Horis ibn Surayjning xorijiylari tezda unga qoʻshilishadi. 745-yilda xorijiylarning boshqa guruhlari ham toʻqnashuvga qoʻshildi, 747-yildan esa Marvda abbosiylar tarafdorlar faollasha boshladi. Uchinchi fitna deb nomlanuvchi koʻp tomonlama urush paytida xalifalikda umaviylar sulolasining hokimiyati agʻdarildi va Abbosiylar sulolasi hukmronligi oʻrnatildi, ammo bu sulola ham chekka hududlarda tinchlik oʻrnata olmadilar. Buning asosiy sababi shunda ediki, xalifalik bosh siyosati doimiy tashqi harbiy yurishlarga asoslanganligida edi, yurishlarning sharqiy yoʻnalishi esa xalifa Volid I davrida toʻxtab qolgan edi. 751-yil iyul oyida bo'lib oʻtgan Talas jangida xalifalikning sharqqa yurishi nihoyat toʻxtadi, bu esa davlat yaxlitligiga putur yetkazdi. Tibet imperiyasi arablarning Xitoydagi Tan davlatiga qarshi bu jangida yaqin ittifoqchisi boʻlgan. Arablar Shinjonga daʼvo qilmaganliklari sababli ushbu jang muhim strategik ahamiyatga ega emasdi.
Arab bosqiniga qarshi xalq ozodlik harakatlari Movarounnahrda hijriyning 100 yilida (719 yii) arab hokimiyati tugaydi degan gap-so`zlar tarqala boshlaydi. Arablar olib borayotgan bosqinchilik siyosatiga qarshi birincbi bo`lib, 720-yilda So`g`d aholisi bosib ko`taradi. Qo`zg`olonga Samarqand ixshidi Hurak va Panjikent hokimi Devashtichlar boshchilik qiladilar. So`g`dlarga yordam berish uchun Turkiy hoqon shahzoda Ko`rsul boshchiligidagi turkiy lashkarini Samarqandga yuboradi. So`g`ddagi qo`zg`olon umumxalq qo`zg`oloniga aylanib ketdi. Qo`zg`olonchilar arablarga zarba bera boshladilar. Faqat ayrim shahar va qal'alar ichida qurshovda qolgan arab harbiy qismlarigina katta boj va Hiborli vakillarni qo`zg`olonchilar ixtiyoriga garovga berish bilan jon saqladilar. Xuroson noibi Sayid ibn Abdulaziz bu qo`zg`olonni bostirishga muvaffaq bo`lolmadi. 721-yil Xalifa Yazid ibn Abdumalikning tavsiyasi bilan Xuroson noibi etib Sayid ibn Amir al-Xaroshiy tayinlanadi. U Iroqdagi xalq qo`zg`olonini bostirishda o`z shafqatsizligi bilan nom chiqargan edi. Sayid al-Xaroshiy qo`zg`olonchilar bilan olib borgan rauzokaralar natijasida Hurak boshliq zodagonlarning bir qismi arablar tomoniga o`tib ketadi. Qo`zg`olonchilardan bir qismi esakurashni davom ettirishni lozim ko`radilar. Arablar 400 ta boy savdogarlardan bosbqa hamma Sug`d qo`zg`olonchilarini qirib tashladilar. Qo`zg`olonchilarga yordam bergan Xo`jand ahli ham jazolandi.
Movarounnahr aholisini tinchlantirish va arab hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Xuroson noibi Ashras ibn Abdulloh (727-730 y) islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jizya solig`i olishni bekor qiladi. U islom dinini keng targ`ib qila boshlaydi. Chegaradagi yerlarda yangi istehkom qurilib, chegaralar mustahkamlana bordi. Lekin g`aznaga tam daromad tushayotganligi, zodagonlarning shikoyati tufayli xirojni Rayta tiklaydi. O`z siyosatini targ`ib qilish maqsadida ikkita taniqli arab ruhoniysi As-Sayid Soliq va Robiya ibn Umranni Samarqand va Buxoroga jo`natadi. Xiroj solig`i zodagonlardan ham, kambag`allardan ham zo`rlab undirila boshlanadi. Samarqandda Abu Sayid boshchiligidagi 700 ta so`g`dliklar xiroj to`lashdan bosh tortadilar. Ular shahardan 7 farsax nariga o`tib, qarshilik harakatiga tayyorgarlik ko`ra boshladilar. Abu Sayidni hiyla ishlatib muzokara uchun Samarqandga chaqirtirishadi va o`sha yerning o`zida uni va safdoshlarini zindonband etadilar.
O`zaro kurashlar, 733-734 yillardagi Zarafshon vohasidagi qurg`oqchilik, mustamlaka zulmining kuchayishi-bularning hammasi Movarounnahrdagi norozilikning yanada avj olishiga olib keldi. Norozilik arab harbiylari va qisman zodagonlar ichida ham kuchaya bordi. Shu paytga kelib xorijiylar harakati va mafkurasi yanada keng tarqala boshlandi. Xorijiylar yuqorida qayd qilinganidek, shialar guruhidan VII asr oxirida ajralib chiqqan bo`lib, bu so`zning lug`aviy ma'nosi qo`zg`olonchilar degani edi. Avval boshda bu harakat oddiy arab va boshqa musulmon xalqlarning manfaatlarini himoya qilar edi. Keyinchalik bu guruhdan ibodiylar, azrakiylar va boshqa jamoalar ajralib chiqqan. Xorijiylar ta'limotiga ko`ra musulmonlar-zimmiylar (boshqa dindagilar) ustidan hukmron bo`lishlari kerak edi. Movarounnahrda Xorijiylar harakatiga shu paytda Xoris ibn Surayj boshchilik qiladi. Xoris Movarounnahrda tezda shuhrat qozondi. U Samarqand va Dabusiyadagi Abu Sayid tarafdorlarini o`z qo`li ostida to`pladi. Abu Fotima uni yordamchisi va harbiy maslahatchisi etib tayinlandi.
Xoris Ummaviy xalifalarni islomga rioya etmaslikka ayblab, butun Xuroson va Marv aholisini xiroj va juzyadan ozod qilishni talab etadi. Kesh xalq ommasiga tayanib, u Xurosonning shimoliga yurish qiladi. Uning qo`shini tarkibida Xuttalon shahzodasi Sabil, qarluq yabg`usi va Abu Fotima guruhi ham bor edi. Xalq harakatlaridan norozi bo`lgan xalifa Xurosonga yangi noib Osim ibn Abdullohni tayinlaydi. Xoris qo`shinlari Xurosonning katta qismini egallashib, Osimni chekinishga majbur etishadi. 735 yilga kelibgina xalifa yangi noib Asad ibn Abdullohni Xuroson valiysi etib tayinlab, katta kuch bilan Xorisga qarshi kurasb boshlaydi. 736-737 yillarda Asadning qo`shini Xurosondan Xorisni siqib chiqarishga muvaffaq bo`ladi. Qo`zg`olonchilarning ijtimoiy tarkibi ham, talablari ham turlicha edi. Qo`zg`olonda aholining deyarli hamma tabaqalari qatnashadi. Albatta, hukmdorlar o`rtasida o`zaro nizolar, xiyonatkorona harakatlar, qurol-yarog`ning yetishmasligi, yaxshi uyushmaganlik va boshqalar o`zining ta'sirini ko`rsatdi. Shunday bo`lsa ham qo`zg`olonchilar izsiz qolmay xalifalik siyosiy harakatida o`zining aksini topdi.
Ulkan xalifalikni 661 yildan boshlab Ummaviylar sulolasi boshqarib kelar edi. Bu sulola davrida juda ko`p siyosiy o`zgarishlar, diniy mazhablar, guruhlarning kuchayishi, boshqarishdagi nomutanosiblik, mustamlakachilik siyosati, zo`ravonlik, adolatsizlikning avj olishi ro`y berdiki, bu narsa sulolaning keyingi davrida uning faoliyatini qiyin ahvolga solib qo`ydi. O`rta Osiyoda va boshqa xalifalik yerlarida xalifalikka qarshi norozilik kayfiyatlari kuchli edi. Ularning soliq siyosatidan zo`ravonligidan quyi tabaqalar, o`z huquqlarining kamsitilganidan esa yuqori tabaqalar norozi edi. Ummaviylaming hokimiyatini arab aholisi ham qo`llamas edi. Ularning hokimiyatga kelishini turli gumonlar, muxolifat kuchlari noqonuniy deb bilishar edi. Avvalo xorijiylar ularga qarshi bo`lib, xalifalik taxtining merosiy bo`lishini noto`g`ri deb baholar edilar. 718 yildan boshlab maxfiy tarzda Muhammad Payg`ambarning amakilari Abbosning tarafdorlari o`z g`oyalarini targ`ib qila boshladilar. Ular hoshimiylar urug`i (Payg`ambar shu urug`dan) vakillari hokimiyatga da'vogardirlar deb hisoblashar edilar. Keyinchalik ular o`z kurashlarida shialar bilan birga harakat qila boshlaydilar.
Yerga egasiz munosabatlarning rivojlanishi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning o`zgarishi ummaviylarning siyosiy sahnadan ketishlarini, ularning avvalgi mavqei tugaganligini ko`rsatib turar edi. Umraaviylar siyosatidan ommaviy norozilik ayniqsa Marvon II (744-750 y.) hukmronlik davrida kuchayib ketdi. Marvon II ning xiroj solig`i miqdorini ko`paytirish va mahalliy xalqlar vakillarini og`ir qurilish ishlariga keng jalb qilishi norozilikning alangalanishiga olib keldi. Movarounnahr va Xurosonda Abbosiylar vakillari katta yet egalarini o`zlari tomonga jalb qilishga harakal qiladilar. Abbosiylar vakillari xalifa Xishom (724-743 y.) davridayoq O`rta Osiyoda harakat qila boshlagan edilar. Ularning targ`ibotchilari ta'qib ostiga olinar, ular qo`lga tushgudek bo`lsa, qo'1-oyoqlari kesilar edi. Ayniqsa Nasr ibn Sayyor abbosiylar va shialarning katta dushmani bo`lib ularni doimo ta'qib etib kelar edi. Abbosiylarning hokimiyat tepasiga kelishida Abu Muslim va uning harakati muhim ahamiyat kasb etdi. 746 yil Abu Muslim abbosiylar targ`ibotiga boshehilik qilish uchun Xurosonga yuboriladi. Abu Muslimga Payg`ambar xonadonining ishonchli vakili degan unvon beriladi.
O'z tashviqotini Abu Muslim Xuroson zodagonlariga murojaat etish bilan boshlaydi. U Marv shahridan uch farsah g`arbda Xarkon arig`i sohilidagi Safizanj qishlog`ini o`ziga qarorgoh qilib oladi. Abbosiylarning ramziy rangi va bayrog`i qora rangda edi. Shu sababli Abu Muslim va uning tarafdorlari qora kiyim kiyib yurishadi. Xuroson aholisiga murojaatida u Qur'on va hadislarga amal qilishga, payg`ambar avlodlariga bo`ysunishga chaqiradi. Keyinchalik mahalliy zodagonlar ham uni qo`llab-quvvatlay boshlaydilar. Abu Muslim tashviqoti Movarounnahr va Xuroson yerlarida tezlik bilan tarqala borib, uning tarafdorlari soni orta boshlaydi. To`planayotgan otliq va piyodalarga bosh bo`lib, Abu Muslim Moxuvon qafasiga ko`chib o`tadi. Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor Abu Muslimga qarshi arab zodagonlari vakillarini birlashtirishga harakat qiladi. Lekin uning barcha harakatlari zoye ketdi. U Abu Muslimga yurak yutib kurash boshlashga qurbi yetmay, 748-yilda Xaroson poytaxti Marvni tashlab chiqib Nishopurga yo'l oldi. Nishopurda unga Abu Muslimning sarkardalaridan biri qaqshatqich zarba berib uni mag`lubiyatga uchratdi.
749-yili Abu Muslim qo`shini xalifalikning markaziy viloyatlariga yurish qiladi. Iroq va Jazoirda ummaviylarga hal qiluvchi zarba beriladi. Qo`zg`olonchilar poytaxt-Damashqni ham qo`lga kiritadilar. Xalifa Marvon taxtdan ag`dariladi. Abbosiylardan bо`lgan Abulabbos Saffoh (749-754-y.) xalifalik taxtiga o`tiradi. Joylarda Ummaviylaraing barcha vakillari qirib tashlanadi. Shunday qilib arab xalifaligi hokimiyati Abbosiyiar qo`liga o`tadi. 751-yil Buxoro shahrida Shorik ibn Shayhulmahriy boshchiligida qo`zg`olon ko`tariladi. Qo`zg`olonchilar shialik talablarini ilgari surib, Alil avlodidan xalifa tayinlash shiorini ko`tarib chiqishadi. Abu Muslim qo`zg`olonni bostirishda Ziyod ibn Solih boshchiligidagi 10.000 kishilik qo`shin yuboradi. Bu qo`zg`olon faqatgina Buxorxudod Qutayba ibn Tug`shodning yordami bilangina bostiriladi.
Abu Muslim O`rta Osiyoning shimoliga kirib kelgan Xitoy iraperatorining qo`shiniga ham hal qiluvchi zarba beradi. 751 yil Talas vodiysidagi xitoyliklar bilan jangda, Xitoy qo`shini haydab chiqariladi. Shu bilan xalifalikning shimoliy chegarasi ham mustahkamlanib, qafiy chegara o`rnatiladi. Xalifalik ta'siri butun O`rta Osiyo hududida asosiy va qonuniy bo`lib qoladi. Garchi Abu Muslim sadoqat ila xizmat qilsa-da, arab hokimiyati unga ishonmas edi. Xalifa unga jangga yuborish haqida noma yo`llab uni markazga kelishga majbur qiladi. 755-yil Haj safaridan qaytayotgan Abu Muslim Xalifa tomonidan xiyonatkorona Bag`dodda o'ldiriladi. Uning o`limi xalq ommasining umumiy noroziligiga sabab bo'ldi. Uning murdasi Samarqandga olib kelinib Xo`ja Temim Ansoriy maqbarasi yoniga katta hurmat bilan ko`miladi. Abbosiy xalifalar davrida xalq ommasining ahvoli yanada og'irlashdi. Sug`orilmaydigan yerlardan hosilning yarmi, sug`oriladigan yerlardan 1/3 qismi soliq olinadigan bo`ldi. Ko`p holda soliqlar bir marotaba o`rniga ikki marotaba ham olinadigan bo`ldi. Ozod jamoalarning huquqlari cheklab qo`yildi. Yerlar zodagonlar tomonidan ijarador dehqon - kadivarlarga bo`lib berila boshlandi. Hamma hashar qurilish ishlarida aholi tekin ishlab berishi lozim edi. Shahar hunarmandlarining ahvoli ham og`ir bo`lib, ular o`z mahsulotlaridan katta soliq to`lashar edi. Shuningdek, og`ir soliqlar ko`chmanchi chorvadorlar bo`yniga ham qo`yilar edi. Shunday bir ahvolda xalq harakatlari kuchayib ketadi. Abu Muslimning o`chini olish shiori ostida uning safdoshi Sumbod boshchiligida qo`zg`olon ko`tariladi. 755 yilda ko`tarilgan bu qo`zg`olon tez orada Xuroson va Tabaristonga ham yoyiladi. 70 kun davom etgan bu qo`zg`olon qattiqqo`llk bilan bostirilib, Sumbod Rayda qatl etiladi. Garchi u qatl etilsa-da, Abu Muslim tarafdorlari yashirin “muslimiya” guruhiga asos soladilar.
VIII asrning 70-80-yillarida Movarounnahrda juda ulkan xalq qo`zg`oloni ko`tariladi. Qo`zg`olonchilar oq rangdagi kiyim kiyganligi uchun tarixda u “oq kiyimlilar” qo`zg`oloni deb ham shuhrat qozonadi. Bu qo`zg`olonning rahbari Muqanna (boshi va yuziga yoping`ich tashlab yurgani uchun unga shunday laqab berilgan) edi. Muqanna Marv atrofi aholisidan,-deyiladi “Buxoro tarixi” nomli Narshahiy asarida, Koza deb atalgan qishloqdan bo`lib, asr nomi Hoshim ibn Haklin edi. U ilgari kudungar (kigiz bosuvchi) lik qilar edi, keyin ilm o`rganishga mashhur bo`ladi va har xil ilmlarni ko`zbo`yamachilik, sehr va tilsim ilmlarini o`rganadi. Ko`zbo`yamachilikni yaxshi bilib olib payg`ambarlik da'vosini ham qiladi. Muqanna ko`zbo`yamachilikni o`rgangan va g`oyatda ziyrak bo`lib, qadimgi olimlar ilmlariga oid ko`p kitoblarni o`qigan va jodugarlikdan ustoz bо`lgan edi. Uning otasini nomi Hakim, u Abu Ja'far davridagi Xuroson amiri lashkarboshilaridan bo`lib, asli Balxdan edi”. Qo`zg`olon 776-yili boshlanadi. Muqanna o`zining 36 ta muridi bilan Amudaryodan o`tib, Kesh viloyatiga yo'l oladi. Buxorxudod Tug`shod uni qo`llab-quvvatlay boshlaydi. Muqanna Kesh yaqinidagi Som (Sanaro) qal'asini o`ziga qarorgoh qilib oladi. Butun Qashqadaryo vohasi qo`zg`olonchilar qo`liga o`tadi. Muqanna ta`limoti umumiy mulkiy tenglik va arablarni O`rta Osiyodan haydab chiqarish g`oyalarini targ`ibot etar edi. Muqanna ta'limoti So`g`d, Iloq (Oxangaron), Shoshda ham yoyila boshladi. Qo`zg`olonda turli ijtimoiy guruhlar vakillari qatnashib, ulani bir fikr istilochilarini mamlakatdan haydab chiqarish, mustaqil davr barpo qilish g`oyasi birlashtirib turar edi.
Qo`zg`olonga zarba berish uchun xalifa Abu Ja'far 776-yilda Jabroill ibn Yahyo boshliq katta harbiy kuchni Movarounnahrga yuboradi. Biroq j Jabroil qo`zg`olonchilariga yengiladi. U katta talofatlar berib bazo'r Samarqandga yetib keladi. 10.000 askar bilan Jabroilga yordamga yuborilgan Uqba ibn Salim Kesh va Samarqand oralig`ida, boshliq 14.000 kishilik qo`shin Termiz yaqinida qo`zg`olonchilar tomonidan tor-mor keltiriladi. Natijada Chag`oniyon qo`zg`olonchilar qo`liga o`tadi. Qo`zg`olon markazi Narshaxda, Buxoro atrofida joylashadi. Shu yili Narshax yaqinida Buxoro hokimi Xusayn ibn Muvoz va Samarqand noibi Jabroilning birlashgan qo`shini o`rtasida to`rt oy jang bo`ladi. “Oq kiyimlilar” bu jangda qo`llari avval ustun keladi, keyinchalik son jihatdan ko`p bо`lgan arablar Narshax qal'asi devor ostidan uzunligi 50 gazlij chuqur qazib, uni qulatib qal`aga kiradilar. Narshax qal'asi arablar tomonidan egallanadi. Kesh va Samarqand endilikda qo`zg`olonning asosiy markazlariga aylanib qoladi. Kurashning oxirgi bosqichi Kesh vohasi (Qashqadaryo)da juda avj oladi. Muqanna qarorgohi bо`lgan Som (Sanam) qal'asini qamal qilish Xaroshiyga topshiriladi. Uzoq vaqt qamaldan so`ng muqannachilar taslim bo`ladilar (VIII asr 80-yillari boshlarida).
O`z davrining eng qudratli davlati bо`lgan xalifalikni larzaga solgan Muqanna boshchiligidagi qo`zg`olon shu tariqa tugaydi. Bu qo`zg`olonning yengilishiga bir necha sabablar bor edi. Avvalo, qo`zg`olonchilar uyushqoqlik bilan harakat qila olmadilar. Mahalliy zodagonlar alohida guruhni tashkil etib, keyinchalik umumiy xiyonat yo`liga kirib arablar tomoniga o`tib ketdilar. Muqannaning o`zi Sotn: (Sanam) qal'asida bo`lib, bevosita qo`zg`olonga rahbarlik qila olmadi. Uning o`zi umumiy tenglik g`oyasini ko`tarib chiqib, o`zi kichik davlat boshlig`iga aylana bordi.O`zaro urushlar natijasida aholi juda charchadi, ekinzorlar payhon qilindi, iqtisodiy tanazzul boshlana bordi. Muqannadan so`ng uning safdoshlari harakati ham bo`lib o`tdi. Bu qo`zg`olon xalifalik kuchli zayiflashtiradi va boshqa o`lkalarda ham ozodlik harakatlarini chiqishiga turtki bo`ladi. Masalaning yana bir jihati shundaki, islom dinininng ko`p jihatdan afzalligi, ahloq va intizom nuqtai nazaridan ommaviyligi xususiyati arablar bosib olgan mamlakatlar aholisi tomonidan uni tez orada qabul etilishiga sabab bo`ladi, Qutayba singari uni pul va qilich bilan joriy etish mumkin emas edi. Qachonki islom mohiyatiga yetilgachgina unga rag`bat va e'tiqod kuchayib ketadi. Oliq-soliq, maishiy hayot bobida, zakot masalasida Qur'on va Shariat ahkomlarining qoidalari mehnatkash aholi tomonidan tezda qabul qilindi. Alloh oldidagi tenglik esa dinning ahamiyatini kuchaytirar edi. Islomning xalqparvarlik ruhi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`ldi. Zero, islom dini ma'naviy bo`shliqni tugatdi. Diyorimizda ota-bobolarimiz dini-islom faqatgina mustaqillik sharofati bilan qayta tiklandi. Prezidentimiz tashabbusi bilan buyuk diniy arboblar-Imom al-Buxoriy, Imotn at-Termiziy, Imom al- Moturudiy, Burxoniddin al-Marg`inoniy, Abdulxomid G`ijduvoniy, Bahovuddin Naqshband va boshqalarning tavallud yoshlarining keng miqyosda nishonlanishi, ularning oxirgi manzilgohlarini obod qilib, ziyoratgohlarga aylantirilishi, diniy bayramlarimiz, an'analarimiz, qadriyatlarimizning tiklanishi, dindorlarga o`z e'tiqod huquqlarining qaytarib berilishi, qator masjid-madrasalarninng, xalqaro islom tadqiqot markazi, Islora universitetining ochilishlari va boshqa xayrli, savobli tadbirlar musulmon olamining bir qismi bо`lgan O`zbekistonda haqiqatda muqaddas Islom diniga qanchalik ehtirom bilan qaralayotganligining yorqin isboti deb hisoblaymiz. Zero, Prezidentitniz I.Karimovning “Olloh qalbimizda, yuragimizda” nomli risolasida, bizning madamyatimiz, ma'naviyatimiz, o`tmishimiz, islora tarixi, uning qonun-qoida va an'analari bilan chambarchas bog`lanib ketganligi alohida ta'kidlab o`tiladi.
IX asrga kelib O`rta Osiyo, xususan Movaraunnahrda arab halifaligiga qarshi olib borilgan kurashlar natijasida mahalliy sulola vakillarining mustaqillikka bо`lgan intilishlari kuchayib ketdi. Chunonchi, halifalikning ichki hududlarida ham ziddiyatlar keskinlashib borayotgan Xalifa Xorun ar-Rashid vafotidan keyin uning o`g`illari Ma'mun va Amin o`rtasida o`zaro kurash boshlanib ketdi. Mahalliy sulola vakillari bu kurashlarga aralasha boshladilar. Hirot viloyatining Bushang shahridan bо`lgan Tohir ibn Husayn o`z nomidagi sulolaga asos soldi. Bu davrda Xorun ar-Rashidning kichik o`g`li Ma'mun (asli ismi Abdulla bо`lgan) Xurosonning noibi edi. Amin va Ma'mun o`rtasida hokimiyat uchun bo`lgan kurashda Tohir ibn Husayn Ma'mun tomonidan turib Aminga qarshi kurashdi. Ayrim manbalarning guvohlik berishicha, 813-yilda Ma'mun xalifalik markazi Bog`dodni egallaydi hamda bir necha yil mobaynida Tohir ibn Husayn xalifa saroyida yuqori lavozimlarda xizmat qiladi. 821-yilda esa Tohir ibn Husayn Xurosonga noib etib tayinlanadi (O`sha davrda Movaraunnahr ham Xuroson tarkibiga kirar edi). Tohir ibn-Husayn Nishopur shahrini o`zining qarorgohi etib tanladi. U o`zi noiblik qilayotgan viloyatlarni xalifalikdan mustaqil boshqarishni orzu qilar edi. Natijada Tohir xalifaliklar mustaqil siyosat yurgizishga harakat qildi. Noiblikka o`tirgandan so`ng oradan ko`p o`tmay Tohir xutba nomozidan xalifaning nomini chiqarib tashlaydi. Bu esa uning xalifa Ma'munga qarshi ochiqdan ochiq isyoni belgisi edi.
Ba'zi manbalarda qayd etilishicha, 822-yilda Tohir ibn Husayn Ma'mun odamlari tomonidan o`ldirildi. Uning o`rniga Talxa ibn Tohir (822-830-y.) noib etib tayinlandi. Buning sababi shunda ediki, xalifalik aynan mahalliy hukmdorlarning kuchidan arablarga qarshi, qo`zg`olonlarni bostirishda foydalanar edi. Xuroson noibining muhim vazifalaridan biri esa o`ziga qarashli hududlarda viloyat hokimlarini saylash bо`lgan. Xususan, Tohir dastlabki somoniylar vakillarini Samarqand, Ustrishona, Farg`ona va Shoshga hokim qilib tayinlagan.

Talxadan keyin taxtga o`tirgan Abdulloh ibn Tohir o`zigacha bо`lgan noiblar siyosatini davom ettirdi. Bu davrda Xuroson noibligiga Movarounnahr, Xorazm, Seyiston, Ko`histon, Tabariston va Jurjon hududlari kirgan. Har bir viloyat bir necha ma'muriy birliklarga bo`lingan. Bu birliklar katta va kichik tumanlardan iborat bо`lgan. Abdulloh o`z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida ayrim harbiyi islohotlar o`tkazgan edi. Bundan tashqari Tohiriylar yuritgan siyosatning xususiyatlaridan yana biri, ularning islomlashtirish siyosati edi. Ayrim ma'lumotlarga ko`ra, Tohiriylar davrida O`rta Osiyoning barcha hududlarida islom dini tarqaladi. Tohiriylar davlat boshqaruvida turli toifa va qatlamlar mavjud edi-Shunga alohida e'tibor berish kerakki, Tohiriylar qishloq xo`jaligin1 rivojlantirish maqsadida yer-suv masalalariga alohida e'tibor qaratdilar. Shu soha bilan shug`ullanuvchi qonunshunoslar "Kitob alkuniy" nomli qonunlar to`plamini tuzdilar. Bu to`plam yerdan unumli foydalanish va sug`orish tizimi masalalariga qaratilgan edi.


IX asrning 60-70-yillaridan e'tiboran tohiriy hukmdorlarga qarshi xalq harakatlari kuchaydi. Bu harakatga G`oziylar boshchilik qildilar. ("G`oziylar" asosan ko`chmanchi qabilalar hujumini bartaraf qilish maqsadida kambag`al hunarmandlar va yersiz ziroatchilardan tashkil topgan qurolli qo`shin). G`oziylar harakatini aka-uka Yoqub va Amir binni Lays boshqardilar, Ular dastlab Seyislonda hokimiyatni qo`lga olgach, 873 yilda tohiriylarning qo`shinlariga katta zarba berib, Xuroson poytaxti Nishopurni egalladilar. Shu davrdan e'tiboran tohiriylar sulolasi barham topdi va Xurosonda hokimiyat Safforiylar (misgarlar, Yoqub va ; Amir asli hunarmand-misgar-"saffbr" edilar.) qo`liga o`tib ketdi. Rasmiy jihatdan Xuroson va Movaraunnahr ustidan hukmronlik qilib turgan tohiriylar sulolasining inqirozga uchraganligi Movaraunnahrdagi mahalliy hokimlarning o`lkani to`la mustaqilligvni ta'minlash sari harakatlari uchun qulay imkontyatlar yaratib berdi. Endi bu davrda somoniylar siyosiy maydondagi kurashda erkin harakat qila boshladilar va ular Movaraunnahrda markazlashgan bir butun davlat barpo qilishga kirishdilar. Birlashtirish g`oyasini shaharliklar ham, dehqonlar ham qo`llab quvvatladilar. Chunki birlashgan va markazlashgan yagona va qudratli davlatgina ko`chmanchi qabilalarning hujumini daf qila olishi mumkinligini ular yaxshi bilar ediiar. Markaziashgan yagona hamda qudratli daviat kuchli harbiy kuch yaratish imkoniyatini berardi.


XULOSA
Istilo qilingan hududlarda arab va mahalliy xalqlar (fors, turkiy, soʻgʻd va boshqalar) madaniyatlarining oʻzaro aralashuvi sodir boʻldi. IX asrning 60-70-yillaridan e'tiboran tohiriy hukmdorlarga qarshi xalq harakatlari kuchaydi. Bu harakatga G`oziylar boshchilik qildilar. ("G`oziylar" asosan ko`chmanchi qabilalar hujumini bartaraf qilish maqsadida kambag`al hunarmandlar va yersiz ziroatchilardan tashkil topgan qurolli qo`shin). G`oziylar harakatini aka-uka Yoqub va Amir binni Lays boshqardilar, Ular dastlab Seyislonda hokimiyatni qo`lga olgach, 873 yilda tohiriylarning qo`shinlariga katta zarba berib, Xuroson poytaxti Nishopurni egalladilar. Shu davrdan e'tiboran tohiriylar sulolasi barham topdi va Xurosonda hokimiyat Safforiylar (misgarlar, Yoqub va ; Amir asli hunarmand-misgar-"saffbr" edilar.) qo`liga o`tib ketdi. Rasmiy jihatdan Xuroson va Movaraunnahr ustidan hukmronlik qilib turgan tohiriylar sulolasining inqirozga uchraganligi Movaraunnahrdagi mahalliy hokimlarning o`lkani to`la mustaqilligvni ta'minlash sari harakatlari uchun qulay imkontyatlar yaratib berdi. Endi bu davrda somoniylar siyosiy maydondagi kurashda erkin harakat qila boshladilar va ular Movaraunnahrda markazlashgan bir butun davlat barpo qilishga kirishdilar. Birlashtirish g`oyasini shaharliklar ham, dehqonlar ham qo`llab quvvatladilar. Chunki birlashgan va markazlashgan yagona va qudratli davlatgina ko`chmanchi qabilalarning hujumini daf qila olishi mumkinligini ular yaxshi bilar ediiar. Markaziashgan yagona hamda qudratli daviat kuchli harbiy kuch yaratish imkoniyatini berardi.
Arablar tomonidan bosib olingan xalqlar uchun islom (mahalliy e'tiqodlar qoʻshiluvi bilan) asosiy hukmron dinga aylandi. Islom dini targʻibotini shayxlar, darveshlar, soʻfiylar olib borishdi. Mahalliy aholi orasidan diniy vakillar (mullalar, imomlar, eshonlar, qozilar) paydo boʻldi. Shahar aholisi orasida dindorlar soni ortib, namoz va boshqa diniy marosimlar uchun moʻljallangan masjid va xonaqohlar barpo etila boshlandi. Keyinchalik masjidlar qoshida madrasalar ochilib, ularda arabcha savod oʻrgatilgan. Muqaddas kitob „Qur’on“ni oʻqishning oʻrgatilishi turkiy xalqlarning birligini mustahkamladi. Markaziy Osiyoning islomlashuvi turkiy xalqlar jamiyati, iqtisodiyoti, siyosati va madaniyatining jadal rivojlanishining bosh omili boʻldi.

Oʻrta Osiyo xalqlarining moddiy-madaniy hayotida katta oʻzgarishlar roʻy berdi: shaharlar yanada rivojlandi, Buyuk Ipak yoʻli boʻylab Sharq va Gʻarbning koʻplab mamlakatlari bilan savdo-sotiq rivojlandi. VIII asrdan Oʻrta Osiyo va Janubiy Qozogʻistonda istehkomlar – rabotlar qurildi, ularning koʻpchiligi keyinchalik shaharlarga aylandi.


Pahlaviy tili bir asrdan kamroq vaqt ichida fors tiliga aylandi. Fors va turkiy lugʻatga koʻplab arabcha soʻzlar kirib keldi. Adabiyot rivojlandi. Islomiy taqvim qabul qilindi. Diniy bayramlar kundalik hayotda paydo boʻldi. Dafn marosimlari musulmon urf-odatlari asosida amalga oshirila boshlandi. Sharq adbiyotining mumtoz asarlari, diniy rivoyatlar va islom aqidalarini targʻib qiluvchi sheʼrlar (Qur'oni Karim qissalari, „Salsal“, „Zarkum“, „Yusuf va Zulayho“, „Ming bir kecha“ va boshqalar).




Download 39.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling