Farg'ona davlat universiteti Sirtqi bo’lim


Download 37 Kb.
bet1/3
Sana23.03.2023
Hajmi37 Kb.
#1289159
  1   2   3
Bog'liq
Mohlaroy bayyonomasi ochiq darsdiki (2)


Farg'ona davlat universiteti Sirtqi bo’lim
boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy
ishi yo’nalishi 20.01- guruh talabasi
To’xrasinova Madinaning
“Odob salomdan boshlanadi”
mavzusidagi ochiq dars
BAYONNOMASI

Tahlilda ishtirok etdilar: S.Isaqova, G.mo’minova, M.Xatamovalar


Ko’rilgan masala:
1-sinfda tarbiya fani bo’yicha “Odob salomdan boshlanadi” mavzusida o`tkazilgan dars tahlili.

Masala yuzasidan M.Azizova so`zga chiqdi. U o`z so`zida darsda erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida to’xtalib o’tdi. U o’qituvchining quyidagi yutuqlari va kamchiliklarini e’tirof etdi:


Yutuqlari; Darsda o’quvchilar foalligiga erishildi, darsda ko’rgazmali qurollardan foydalanildi, texnika vositalari, jumladan kompyuter va proyektor, hamda kolonkadan foydalanildi, vaqtdan unumli foydalanildi.
Maslahat: Kartochka yoki boshqa usullardan foydalanib ko’proq o’quvchilarni baholash mumkin edi, Kompyuter o’chib qoldi, past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan individual shug’ullanish kerak.
S.Isaqova darsga umumiy holda yaxshi baho berishni taklif qildi.
Yig’ilishda G.Mo’minova ham dars to’grisidagi o’z fikrlarini aytdi.
U o’z so’zida dars davomida bazi o’quvchilar oqituvchi nazardan biroz chetda qolganligi, buning natijasida o’quvchilarda darsda berilishi kerak bo’lgan BKM elementlari o’zlashtirilmay qolganligi ta’kidlab o’tildi. U darsda erishilgan yutuqlar hususida to’xtalib zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishning avzalliklari ko’p ekanligini aytib o’tdi. Davlatimiz tomonidan yetkazib berilgan texnika vositalari eskilariga nisbatan ko’pgina avzalliklarga ega: Masalan zamonoviy o’qitishning interfaol uslub metodlar foydalanishni taklif qildi, hamda darsda bir qator yutuqlar va kamchiliklar ga to’xtaldi.
Ko’rilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qabul qildi:


QAROR
1 Amaloiyotchi talaba To’xrasinova Madina tomonidan o’tkazilgan dars yaxshi baho bilan baholansin
2 Darsda yo’l qo’yilgan kamchiliklar uslub birlashma bilan birgalikda bartaraf etilsin.

Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling