Farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo’lim


Aholining uzoq muddat foydalaniladigan buyumlar bilan ta'minlanganligi


Download 207.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana06.05.2023
Hajmi207.71 Kb.
#1435517
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aholi turmush darajasi statistikasi

Aholining uzoq muddat foydalaniladigan buyumlar bilan ta'minlanganligi 
qay darajada? 
2000-2020 yillar mobaynida aholining uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar 
bilan ta'minlanganlik darajasi ham ortib bormoqda. Shunisi ahamiyatliki, bunday 
buyumlarning aksariyati o'zimizda ishlab chiqarilmoqda. Jumladan, aholining 
shaxsiy yengil avtomobillar bilan ta'minlanganlik darajasi 2020 yil yakunlariga 
kelib har 100 xonadonga 48 taga etdi. Har bir 100 xonadonga to'g'ri kelgan 
televizorlar soni 161 tani tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 1,8 martaga oshgan. 
Konditsionerlar — 34 dona (2000 yilga nisbatan o'sish — 3,1 barobar), elektr 
changyutgichlar — 59 dona (o'sish —2 barobar), kir yuvish mashinalari — 80 
dona (o'sish 1,2 barobar) ga tengligini ko'rsatyapti. 
Bundan tashqari, AKT vositalari (shaxsiy komp`yuterlar, ya'ni stolga 
qo'yiladigan, ko'chma kompyuter (noutbuk, netbuk), planshet va boshqa yonida 
olib yuriladigan kompyuter hamda uyali aloqa telefonlari)ning aholi hayotiga 
shiddat bilan kirib kelishi va bu vositalarning imkoniyatlari kundan kunga 
kengayib borishi aholi uchun aloqa qilish, axborot almashish va dunyodagi 
yangiliklardan tezkor xabardor bo'lish barobarida ijtimoiy hayotda faol ishtirok 
etish imkoniyatini yaratib bermoqda. 
2020 yil yakunlariga ko'ra, 100 ta uy xo'jaligiga to'g'ri kelgan shaxsiy 
komp`yuterlar 56 donani (2000 yilda bu ko'rsatkich 0,2 dona) tashkil etgan bo'lsa, 
2000-2020 yillar mobaynida uyali aloqa telefonlari bilan ta'minlanganligi 15,8 


barobarga oshdi (2020 yil yakuniga kelib har 100 xonadonga 285 tadan, ya'ni, har 
bir xonadonga 2,9 tadan uyali aloqa telefonlari to'g'ri keldi). 
Ushbu ma'lumotlardan shunday xulosa qilish mumkinki, bugungi kunda aholining 
kundalik hayotida zarur bo'lgan tovarlar qatorida elektr changyutgichlar, kir 
yuvish mashinalari, kompyuterlar hamda kondentsionerlar kabi maishiy texnika 
vositalariga hali hamon ehtiyoj mavjud. O'z navbatida, ushbu ma'lumotlar 
respublikamizda bu kabi tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda horijiy 
davlatlardan tovarlarni import qiluvchi sub'ektlar uchun katta hajmdagi iste'mol 
bozori mavjudligidan dalolat beradi. 
Bugungi kunda uy xo'jaliklari tanlama kuzatuvini takomillashtirish, ma'lumotlar 
sifatini oshirish maqsadida bir qator xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari 
amalga oshirilmoqda. Xususan, Jahon banki vakillari bilan hamkorlikda 
uslubiyotni takomillashtirish, savolnomalarni xalqaro standartlarga moslashtirish, 
sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ya'ni, 
kuzatuv 
jarayonida 
2020-yilgacha 
foydalanilgan 
qog'oz 
shaklidagi 
savolnomalardan voz kechib, 2021-yildan boshlab to'liq uy xo'jaliklarida 
kuzatuvni planshetlar yordamida o'tkazish rejalashtirilmoqda. 
Rivojlangan davlatlarda keng qo'llaniladigan ushbu zamonaviy tizimga ko'ra, 
kuzatuv so'rovnomalari planshetlarga o'rnatilib, interv`yular ulardan foydalangan 
holda olinadi. Respondent tomonidan intervyu savollariga berilgan javoblar ana 
shu planshetda qayd etib boriladi va onlayn rejimda yagona ma'lumotlar bazasiga 
uzatiladi. Bu, o'z navbatida, kuzatuvlar monitoringini yuritish, sifatni nazorat 
qilish imkonini beradi. 
Jahon bankining malakali ekspertlari bilan birgalikda 2020-2025-yillarda 
Statistika tizimini takomillashtirish bo'yicha milliy strategiya loyihasi ishlab 
chiqildi. Mazkur loyiha tizimimizni tubdan takomillashtirishga zamin hozirlaydi. 



Download 207.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling