Farg’ona davlat universiteti sirtqi ta’lim fakulteti
Download 198.39 Kb.
|
Farg’ona davlat universiteti sirtqi ta’lim fakulteti
K I R I S HAsosiy qismO’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, - “Bugun biz tez sur’atlar bilan o’zgarib boraytgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o’ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar bu davrni turlicha ta’riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni axborot texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana boshqalar esa yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig’iz, shu qadar tezkorki, endi ilgaridek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo’q, deb beparvo qarab bo’lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas”. O’qituvchi tamonidan talabaga materillarni o’rganishda, maruza matnlari, kurs ishi, referat va diplom ishlarini yozishda o’rganiladigan adabiyotlarni tanlashda yordam beriladi, o’zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish, ishni amalga oshirishini, intizomni nazorat qilish va baholash bo’yicha ko’nikmalar olish. Har bir amaliy topshiriqlarni quyidagi bosqichlar orqali amalga oshiriladi: Mashg’ulotning mavzusi. Mashg’ulotning maqsadi. Mavzu bo’yicha nazariy ma’lumotlar. Topshiriqning mazmuni. Topshiriqni bajarish algoritmi. Topshiriqni bajarish dasturi. Topshiriq natijasi. Talabalar amaliy topshiriqlarni bajarish bilan birga, topshiriqlarni bajarilishi bo’yicha hisobot yozib borishlari va bu hisobotlarni nazorat o’tkazish davrigacha topshirishlari lozim. 1-Bob1.1 Qaror qabul qilishni qullab quvvatlash tizim va uning evolyutsiyasiMenejerlarning faoliyati turli murakkablikdagi qarorlarni qabul qilish zaruriyati bilan bog’liq (masalan, firmani rivojlantirish yo’nalishini anlash, kompaniya faoliyatini avtomatlashtirish variantlari, ofis uchun binoni tanlash, filiallarni joylashtirish variantlarini belgilash, ishlab chiqariladigan yoki sotib olinadigan tovarlar turlari, asbob-uskuna turlari, kreditor, ishning hamijrochisi, vakant joylarga nomzodlardan birini tayinlash). Bu birinchi galda axborot qarorlarni qabul qilish uchun talab etiladigan yig’in zaruriyati bilan bog’liq. Axborotlarga ega bo’lish zarur, biroq to’g’ri qaror qabul qilish uchun bu yetarli emas. Buning uchun predmet sohasini yaxshi bilish, qaror qabul qilish ko’nikmasini hosil qilish, bir qator vosita va usullarga ega bo’lishi lozim. Shuning uchun ham ancha murakkab qarorlarni qabul qilishda turli sohalardagi ekspert-mutaxassislarni jalb etish kerak bo’ladi. Biroq, ekspertlar bilimidan samarali foydalanish uchun, birinchidan, qanday ekspertlar zarurligini, ikkinchidan, ular oldiga qanday masalalarni qo’yishni va nihoyat, qaror qabul qilish uchun ularning bilimidan qanday foydalanishni bilish kerak bo’ladi. Ayni paytda qaror qabul qilish vazifasi baribir menejer zimmasida qoladi. Qaror qabul qilishdagi asosiy vazifa bu alternativ (muqobil) variantlarni tanlash yoki ularning bir nechtasini maqsadga yetishish uchun qanchalik ahamiyatligiga ko’ra qatorlashtirib chiqish. Axborotlashtirish variantlarini tanlashda, avvalo firmaning asosiy maqsadi sifatida firma rentabelligini oshirishni ko’rsatish mumkin. Variantlarni baholash mezonlari sifatida esa axborotlashtirishga ketgan harajatlar, boshqa faoliyat turiga moslashish imkoniyati, axborotlarni himoyalash imkoniyati, so’rovga javob berish tezligi, asbob-uskunalarning ishonchliligi va hokazo omillarni qo’llash mumkin. Qarorlar qabul qilish bosqichlarida va jarayonlarida yuzaga keladigan muammolarni hal etishning ko’plab usullari mavjud. Bu barcha usullar maxsus axborot tizimlari – qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimi (QQQT) orqali amalga oshiriladi. QQQTni loyhalash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikka asoslangan bo’lib vazifalarning murakkabligi bilan aniqlanadi. Mazkur tizim dialog ko’rinishidagi avtomatlashtirilgan tizimdir. Download 198.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling