Farg`ona davlat universiteti Tabbiy fanlar fakulteti Biologiya o`qitish metodikasi yo`nalishi sirtqi ta`lim 5- bosqich talabasi Abdurahmonova Mohlaroy


Download 92.54 Kb.
bet1/4
Sana24.12.2022
Hajmi92.54 Kb.
#1051313
  1   2   3   4
Bog'liq
Abdurahmonova Mohlaroy

Farg`ona davlat universiteti Tabbiy fanlar fakulteti Biologiya o`qitish metodikasi yo`nalishi sirtqi ta`lim 5- bosqich talabasi Abdurahmonova Mohlaroy

DNK ga oid masalalr yechish usullari

DNK fragmentida 950 juft nukleotid bor. Ulardan 340 tasi A bo‘lsa, DNK fragmentining uzunligini (A0) hamda qolgan nukleotidlarning sonini aniqlang.


DNK fragmentining tarkibida 950 juft, ya’ni 1900 ta nukleotid bor. Shulardan 340 tasi A bo‘lsa, komplentarlik qoidasiga binoan 340 tasi T nukleotidi bo‘ladi. 1900 ta nukleotiddan 680 ta nukleotid (340A+340T)ni ayiramiz: 1900-680=1220 1220:2=610 ta S va 610 ta G DNK uzunligini topish uchun uning bitta zanjiridagi nukleotidlar sonini topamiz. Bitta zanjirda 31 950 ta nukleotid bor. Uzunlikni A0 da aniqlash uchun bitta zanjirdagi nukleotidlar sonini 3, 4 A0 ga ko‘paytiramiz: 950x3, 4=3230 A0 Javob: DNK fragmentining uzunligi 3230 A0 va qolgan nukleotidlarning soni A 340 ta T 340 ta S 610 ta va G 610 ta.

DNK molekulasida 3600 ta nukleotid bor. Ushbu DNK molekulasining spiralida nechta o‘ram bor?

DNK molekulasida 3600 ta nukleotid bor. Ushbu DNK molekulasining spiralida nechta o‘ram bor?


Yechilishi: Bilamizki, DNK molekulasi 2 ta zanjirning bir-biri bilan spiral shaklda buralishidan tuzilgan. Spiralning bir marta aylanishidan hosil bo‘lgan o‘ramda 10 juft ya’ni 20 ta nukleotid bo‘ladi. 3600 ta nukleotid nechta o‘ram hosil qilishini aniqlash uchun proporsiya tuzamiz: 1 - 20 180 =x – 3600 Javob: 180 ta.

DNK fragmentida 1000 ta nukleotid bor. Ularning 23 %ini A tashkil etadi. Qolgan nukleotidlarning sonini aniqlang?

DNK fragmentida 1000 ta nukleotid bor. Ularning 23 %ini A tashkil etadi. Qolgan nukleotidlarning sonini aniqlang?


Yechilishi: DNK fragmentidagi jami nukleotidlarni 100% deb olsak, uning 23 %ini A nukleotidi tashkil etadi. Foiz miqdor orqali A ning sonini topib olamiz: 1000-100 % 230=x-23 % A 230 ta bo‘lsa, T ham 230 ta bo‘ladi. DNK tarkibidagi G va S nukleotidlari sonini topish uchun A 32 va T ning yig‘indisini umumiy nukleotidlar sonidan ayiramiz: 1000-460=540 540:2=270 270 ta G va 270 ta S nukleotidlari bor. Javob: 230 ta A, 230 ta T, 270 ta G va 270 ta S.

Download 92.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling