Farg'ona Davlat Universiteti Tabiiy fanla fakultet biologiya yo‘nalishi 19-62A guruh talabasi Sodiqova Dildoraning "Biologiyadan masala va mashqlar yechish" fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 22.42 Kb.
bet1/5
Sana22.09.2023
Hajmi22.42 Kb.
#1684749
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Biologiyadan masala va mashqlar yechish


Biologiyadan masala va mashqlar yechish


Farg'ona Davlat Universiteti Tabiiy fanla fakultet biologiya yo‘nalishi 19-62A guruh talabasi Sodiqova Dildoraning "Biologiyadan masala va mashqlar yechish" fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.

Sinfdan tashqari ishlarda masala va mashqlardan foydalanish yo'llarini belgilash

Reja:
1.Sinfdan tashqari ishlarda masala va mashqlardan foydalanish yo'llar

2 Biologiyani o`qitishda masala va mashqlardan foydalanishning ahamiyati, turlari


3 .O’quvchilarning yoshlik va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o`quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish.
Biologiyadan masala va mashqlami nafaqat yangi material-ni o‘quvchilar qanday о'zlashtirganliklarini nazorat qilishda, balki darsning boshqa bosqichlarida ham foydalanish mumkin. Dastlab olingan bilimlami mustahkamlashda. Masala yechish davomida o‘quvchilarda darsda olgan bilimlaming qo'llash ko'nikmalari hosil boiadi. o‘zlashtirilgan bilimlarga esa ongli yondashiladi va chuqurlashadi. Masala va mashqlami darajasi, shakli va ma’nosiga qarab klassifikatsiya qilish mumkin. O‘quvchilarga taklif etilayotgan masala va mashqlar (u darsda yoki olimpiada bo‘lishidan qat’i nazar), ularni 5 ta darajaga ajratish mumkin. Ularni bilimlami o‘zlashtirish darajasi bilan chalkashtirmaslik kerak. Didaktika bilimlami o‘zlashtirishni uch guruhga bo‘lishi ma’lum ular reproduktiv o‘zlashtirish, standart masalalami yechish va ijodiy masalalami yechishni bilish.

Murakkablik darajalarini turli xil masala va mashqlar misolida kо‘rib chiqaylik.


• Birinchi darajali masalalarda oddiy bilimlami taqqoslash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bunday testlar ko‘proq o'quvchilarning xotirasini tekshirish uchun qulaydir. • Misol uchun: diploid navli makkajo’xorida urg‘lanish jarayonidan so‘ng bitta so‘tasida 800 ta urug‘ hosil bo'lgan. Darslikdan olgan bilimlaringizga asoslanib, qo‘sh urug'lanish jarayonida ishtirok etgan spermiylar sonini hisoblab toping? Yechilishi: Urug‘lanish mavzusidan bizga ma’lumki, bitta urug‘ hosil bo‘lishida ikkita spermiy ishtirok etadi. Shu ma’lumotlar asosida masalaning yechimini topamiz. lta urug‘ hosil bo‘lishida - 2 ta spermiy ishtirok etsa, 800 ta urug‘ hosil bolishida - x=1600 ta spermiy ishtirok etadi.
Javob: 1600 ta spermiy ishtirok etadi. • Ikkinchi darajali murakkablikka ega bo‘lgan masalalami yechishda ayrim biologik qonunlami tatbiq eta olishni va ayrim hodisalarni taqqoslash talab etiladi.
Misol uchun: ma’lumki ipak qurtining bitta urg‘ochisi o‘ragan pilla tolasini uzunligi 1000 metmi tashkil etadi, erkagi esa urg‘ochisiga nisbatan 30 % ko‘p tola o‘raydi. Pillakorga tarqatilgan ipak qurti tuxumlaridan 10000 dona erkak ipak qurti chiqqan bo‘lsa, ular o‘ragan pilladagi tolalar uzunligi qancha bo‘ladi?
Sinfdan tashqari ishlar — umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquv tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri. Sinfdan tashqari ishlar oʻquvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarga oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli xil mashgʻulotlar tizimi kiradi. Bunday mashgʻulotlar pedagogik jamoa, sinf rahbari, yoshlar tashkilotlari rahbarligi va bolalarning oʻz-oʻzini boshqarish tashkilotlari tomonidan darsdan tashqari vaqtda uyushtiriladi. Oʻquvchilarning sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda oʻquvchilar saroylari, yosh texniklar, yosh tabiatshunoslar, yosh sayyohlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam beradi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar (maktab klublaridagi tadbirlar, kecha, munozara va tanlovlar oʻtkazish, viktorina va koʻrgazmalar uyushtirish, tabiat qoʻyniga, maktab va muzeylarga ekskursiyalarga chiqish), toʻgarak ishlari (oʻquvchilarning turli toʻgaraklar, sport seksiyalari, ansambllardagi qatnashishlari), mustaqil ishlar (oʻquvchilarning sinfdan tashqari oʻqishi, kolleksiya toʻplashi, texnika, musiqa, tasviriy sanʼat, chizmachilik va sh.k. bilan mustaqil shugʻullanishi)ni koʻrsatish mumkinO’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini tubdan isloh qilishning nazariy asosi sanalgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan biri o’quvchilarda ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish sanaladi. Fikr inson faoliyati, uning o’z kuchi, qudrati va bilimini tashkil etuvchi ma’naviy-insoniy sifatidir. Fikr rivoji ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo’lganligi uchun, o’qitish jarayonida o’quvchilarning ijodiy va mustaqil fikr yuritishni ko’nikmalarini rivojlantirish zarur.
O’quvchilarning ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirishda biologiyadan tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida masala va mashqlar yechishni yo’lga qo’yish muhim ahamiyat kasb etadi:
O’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etganda, ta’lim-tarbiya jarayonini yaxlit, bir tizim holatida, bilim, ko’nikma va malakalarni bir – biri bilan uzviy ravishda shakllantirish lozimligini qayd etish zarur. Masala - ko’zda tutilgan noma’lumni muayyan o’quv usullaridan foydalanib hal etish sanaladi. Masala yechish jarayonida o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish imkoni vujudga keladi. Har qanday masalada muayyan darajadagi qiyinchiliklar bo’lib o’quvchilar uni avval o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalaridan foydalanib yengib o’tishi kerak. Jumladan, o’rganilayotgan masala matni uning izohi va shartini o’z ichiga oladi.
Masala izohi – muayyan vaziyatni tasvirlab, o’quv muammosini keltirib chiqaradi, u yoki bu ob’ektning noma’lum xususiyatlarini topishga yo’naltiriladi.
Masala sharti noma’lum vaziyatni to’liq hal etishni talab qilib, ba’zi hollarda so’roq bilan tugashi mumkin. O’quvchilar masalani yechish jarayonida masalaning shartini to’liq anglagan holda ma’lum bo’lgan holatdan noma’lum bo’lgan vaziyatni aniqlashi, o’quvchiga ma’lum bo’lgan xususiyatlardan noma’lum ob’ektlarning xususiyatlarini topishi zarur.
Masalani yechish masalada berilgan shartni to’liq bajarish sanaladi. Ba’zi hollarda o’qituvchining o’zi ham masala tuzishi mumkin, bunda muayyan vaziyatning izohi va shartini aniq belgilash kerak bo’ladi. Mashqlar o’quvchilarning avval o’zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash, ko’nikmalarni tarkib toptirish imkonini beradi.
Mashqlar mazmuni jihatidan o’quvchilarning avval o’zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash, amaliyotga qo’llash, ularni yangi vaziyatlarda qo’llash, mantiqiy fikr yuritish operatsiyalari: tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, yaxlit ob’ektlarni qismlarga ajratish, xulosalash kabilarni amalga oshirish talab etishi mumkin.
Masala va mashqlar yechish jarayonida o’quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil etilganda o’quvchilar masalaning izohi va shartini mustaqil o’zlashtiradilar, ularning aqliy rivojlanishi, qiziqishi, ehtiyoji, iqtidori, bilimlarni o’zlashtirish darajasi hisobga olingan holda tuzilgan masala va mashqlarni mustaqil bajaradi va o’z bilish faoliyatining sub’ektiga aylanadi.
Masala yechish jarayonida o’quvchilar mantiqiy fikr yuritish
ko’nikmalarini ham egallaydilar.
Mantiqiy fikr yuritish (muammoni hal etishning ichki va tashqi mantiqini hisobga olgan holda mantiqan dalillash, usullarning mantiqan ketma-ketligini aniqlash). Mantiqiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi:
Muammoli vaziyatni anglash.
Muammoni hal etish yo’llarini aniqlash.
Ijodiy fikr yuritish ko’nikmalari ijodiy faoliyat tajribalarining asosini tashkil etadi. Ijodiy faoliyat tajribalarini egallashda o’quvchilar aqliy faoliyat usullari bo’lgan o’rganilayotgan ob’ektni tahlil qilish, taqqoslash, tarkibiy qismlarga ajratish, sintezlash, sabab-oqibat bog’lanishlarini tasavvur qilish, umumlashtirish va xulosa yasashni egallagan bo’lishlari Har qanday masala yechish jarayonida o’quvchilarning aqliy faoliyati jalb etiladi. Bu holda o’quvchilarning hissiyoti, motivi, intilishi va bilishga bo’lgan hohishi yuqori bo’ladi.
Masala o’quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirishning predmeti sifatida muhim rol o’ynaydi, chunki unda o’quvchilar muayyan qiyinchilikka duch keladi va muammoli vaziyatni hal etishga bilimi, kuchi, iqtidori jalb etiladi.
Masala yechish jarayonida o’quvchilarning o’zi yangi bilimlarni egallashga ehtiyoj sezadi, unga ma’lum bo’lgan o’quv faoliyati usullaridan foydalanib muammoli vaziyatlarni hal etishga kirishadi. Agar o’quvchilar nazariy bilimlarni to’liq o’zlashtirgan bo’lsa, ushbu muammoni yechishda qiyinchilik sezmaydi, muammoli vaziyatni tezda hal etishga kirishadi.

Download 22.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling