Biologiyadan masala va mashqlar yechish


Download 4.02 Mb.
bet1/4
Sana23.09.2023
Hajmi4.02 Mb.
#1685338
  1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu

  • Zoologiya (umurtqasiz) hayvonlar tiplari yuzasidan masala va mashqlar yechish usullari
  • Reja
  • 1. Zoologiyadan masalalarni ta’lim jarayonidagi o’rni
  • 2. Zoologiya darslarida mashqlardan foydalanish
  • 3. Zoologiya darslarida foydalanadigan masala mashqlarning turlari
  • Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 7-sinfida o’qitiladigan “Zoologiya” o’quv fanining har bir mavzusida anatomik, morfologik, sitologik, fiziologik, sistematik, evolyutsion, ekologik, genetik va h.k. tushunchalar muayyan tartibda berilgan bo’lib, mavzu bayoni asosan deduktiv mantiqiy yo’nalishga ega.
  • Avval tip va sinflarning umumiy xarakteristikasi, keyin vakillarning o’ziga xos xususiyatlari o’rganiladi.
  • Shularni hisobga olib O’qituvchi mavzu mazmunining mantiqiy yo’nalishini e’tiborga olgan holda masala va mashqlarni deduktiv, shu bilan bir qatorda induktiv tarzda ham tuzishi mumkin.
  • O’qitishning induktiv metodi – o’qituvchi va o’quvchining turli variantlardagi faoliyatidir. Bunda o’qituvchi avval dalillarni tushuntiradi, tajribalarni, ko’rsatmali qo’llanmalarni namoyish qiladi, umumlashtirish va tushunchalarni ta'riflash bo’yicha mashqlar bajarishni tashkil etadi. O’quvchilar oldin xususiy faktlarni o’zlashtiradilar, keyin xulosalar chiqaradilar va o’quv materialini umumlashtiradilar.
  • Deduktiv metod – o’qituvchining avval umumiy qoidalarni, ta'riflarni aytishi, keyin asta-sekin xususiy hollarni, muayyan vazifalarni keltirib chiqarish usulidir. Bunda o’quvchilar umumiy qoidalarni idrok etadilar, formulalarni o’zlashtiradilar, keyin esa ulardan kelib chiqadigan natijalarni egallaydilar. Agar mana shu metodlar taqqoslansa, o’quvchilar ma'lum mushohadalarni keltirib chiqaradigan faktlar va materialni o’zlashtirishlariga ko’ra induktiv metod foydaliroqdir. Masalan, o’qituvchi matematik masalaning yechimini yoritadi, keyin o’quvchilarga ana shu xildagi masalani mustaqil holda yechishni tavsiya qiladi, lekin bunda fikrlash tez rivojlanmaydi va materialni o’rganishga ko’p vaqt ketadi. Deduktiv metod materialni tezroq o’tishga yordam beradi va bunda mavhum fikrlash faolroq rivojlanadi.

Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling