O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
MAVZU: DALILLARNI AUDITORLIK TASHKILOTINING ISHCHI HUJJATLARIDA AKS ETTIRISH
KURS ISHI
SBI-57-2 guruh Ismatov Xurshid
Ilmiy rahbar:
RO‘YXATGA OLINDI
“____” _______2023y.
__________________
|
|
RO‘YXATGA OLINDI
“____” _______2023y.
__________________
|
Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
“____” _______2023y.
|
|
Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
“____” _______2023y.
|
Kurs ishi himoya qilingan sana
“____” _______2023y.
Baho“_____” _________
|
___________
(imzo)
___________
(imzo)
___________
(imzo)
|
Komissiya a’zolari:
__________________
__________________
__________________
|
TOSHKENT - 2023
Reja:
Kirish
Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning turlari. Auditorlik dalillarni olish manbalari.
Auditorlik amallari va auditorlik dalillarini to’plash. Auditorlik dalillarni olish usullari
Ekspert ishidan auditorlik dalili sifatida foydalanish
Xulosa
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
|
KIRISH
Hozirgi vaqtda korxonalarning moliyaviy – xo’jalik faoliyati to’g’risida qaror qabul qilishida auditning ahamiyati juda kattadir. SHunga ko’ra, mohiyatan yil davomida asosiy e’tibor qaratish, barcha kuch va sa’y-harakatlarni yo’naltirish, imkoniyat va salohiyatni safarbar etishning muhim sohalari va jabhalarini ifodalovchi ustuvor yo’nalishlarning belgilab olinishi ushbu muvaffaqiyatlarning manbalaridan biri hisoblanadi. Bu auditorlik tashkilotlari oldiga xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviyxo’jalik va ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirish, investitsiyalarni jalb qilish, sub’ektlar o’rtasida hisob-kitoblarni yo’lga qo’yish, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish, byudjet bilan soliq, yig’im va to’lovlar bo’yicha hisob kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish yuzasidan professional xizmatlar ko’rsatish masalalarini dolzarb qilib qo’yadi. SHularni e’tiborga olganda, auditorlik tashkilotlar xizmatiga ehtiyoj oshmoqda Kurs ishini yoritishdan asosiy maqsad, asosan “Audit” fanidan olgan nazariy bilmlarimizni yanada amliy jixatdan mustaxkamlash, xususan, auditorlik xulosasi va uni turlari bilan yaqindan tanishib chiqishdan iborat.Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazialar belgilab olindi.
1.Audit natijalarini umumlashtirishni o’rganib chiqish.
2.Audit dasturining barcha bandlari bajarilganligini tekshirish bilan tanishish.
3.Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibini o’rganish.
4.Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibini ko’rib chiqish kabi masalalarni o’rganib chiqishdan iborat.
1. Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning turlari
Auditorlik dalillarning miqdor va sifat ko’rsatkichlariga, shuningdek ularni olish maqsadida bajariladigan amallarga nisbatan qo’yiladigan talablar № 50 – «Auditorlik dalillari» nomli AFMSda belgilangan. Ushbu standart talablarini barcha auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish chog’ida qo’llashi majburiydir.
Auditor moliyaviy hisobotning haqqoniyligini asoslashi uchun quyidagi amallarni bajarish natijasida etarli auditorlik dalillarini to’plashi lozim:
schyotlar bo’yicha oborotlar va qoldiqlarning moliyaviy hisobotda to’g’ri aks ettirilishini batafsil tekshirish:
tahliliy amallar:
ichki nazorat vositalarini tekshirish;
Auditorlik dalillarni to’plash uchun zarur bo’lgan auditorlik amallari va ularning hajmi audit dasturida ko’rsatiladi.
Auditorlik dalillar – bu auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvlar vaqtida to’plangan va auditorlik xulosasini asoslovchi axborotdir.
Demak, auditorlik dalillar auditorlik tekshiruvi jarayonida tekshirilayotgan mijoz – korxona va uchinchi shaxslardan olingan axborotlar hamda ularni tahlil qilish natijalari bo’lib, moliyaviy hisobotning ishonchliligi to’g’risida auditorlik xulosasi tuzish imkonini beradi.
Ushbu ta’rif va tavsiflardagi tayanch tushunchalarni batafsil ko’rib chiqamiz.
Dalil deyilganda boshqa faktning mavjudligini tasdiqlaydigan yoki inkor qiladigan fakt, yoki mazkur fakt haqida u yoki bu darajadagi ishonchlilik bilan fikr shakllantirishga imkon beradigan, ma’lum fakt to’g’risida ma’lumotlar olish jarayoni tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |