Farg’ona Davlat universiteti, Tabiiy fanlar fakulьteti, 5A1401602 – Geografiya ( o’rganish ob’ekti bo’yicha ) yo’nalishi magistranti Holmatov Ahliddin shamsiddinovichning “Farg’ona vodiysi: tuproqlarini tadqiq qilinganligi va ilmiy


Download 17.07 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi17.07 Kb.
#1578614
Bog'liq
Холматов А МД Тақриз


Farg’ona Davlat universiteti, Tabiiy fanlar fakulьteti, 5A1401602 – Geografiya ( o’rganish ob’ekti bo’yicha ) yo’nalishi magistranti Holmatov Ahliddin SHamsiddinovichning “Farg’ona vodiysi: tuproqlarini tadqiq qilinganligi va ilmiy, amaliy tahlili (1900-2020 yillar) mavzusida yozgan magistrlik dissertatsiyasiga
T A Q R I Z
Holmatov Ahliddin SHamsiddinovichning dissertatsiyasi tarkibi kirish, 3 ta bob, 1 ta jadval 3 ta karta, 1 ta rasm, xulosa, amaliy tavsiyalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat bo’lib magistrlik dissertatsiyasining hajmi 87 betni tashkil etadi.
Magistrlik dissertatsiyasi magistrlik diseertatsiyalarini yozish bo’yicha berilgan talablarga to’liq mos keladi va javob beradi. Magistrlik dissertatsiyasi ishi uchta bobdan iborat bo’lib bu boblarda quyidagi masalalar ochib berishga harakat qilingan va bunga erishilgan ham. Jumladan, birinchi bobda Farg’ona vodiysining tuproqlarini tadqiq qilinganligi va mintaqalanishi bo’yicha tuproq mintaqalariga tavsif berilgan, jumladan, Farg’ona vodiysi tuproqlarining o’rganilish holati, och qo’ng’ir tuproqlar mintaqasi, jigarrang tuproqlar mintaqasi, to’q tusli bo’z tuproqlar mintaqasi, tipik bo’z tuproqlar mintaqasi, och tusli bo’z tuproqlar, cho’l zonasi tuproqlari, sug’oriladigan to’q tusli bo’z tuproqlar atroflicha yoritilgan.
Dissertatsiya mavzusi bo’yicha Farg’ona vodiysining tuproqlarini tadqiq qilinganligi va ilmiy, amaliy tahlili bo’yicha masalalar ko’rib chiqilgan va yetarlicha baho berilgan. Eng asosiysi har bir bobni ohirida har bir bob uchun xulosalar berib ketilgan.
Ikkinchi bobda Farg’ona vodiysining tuproq rayonlari haqida fikr yuritilib bu bobda ham quyidagi masalalar keng ko’lamda yort ilgan. Ya’ni, tuproqlarining tadqiq qilinishiga doir tadqiqotlar,
Farg’ona vodiysining tuproq rayonlari, yer munosabatlari va yerdan foydalanishning tubdan o’zgarishi, bozor iqtisodiyoti sharoitida yer munosabatlarini yanada takomillashtirish va boshqalar.
Farg’ona vodiysini tuproqlarini tadqiq qilinganligi va ilmiy, amaliy tahlili umumiy masalalari, o’rganilganligi atroflicha ko’rib chiqilgan va xuloslar qilingan va baho berilgan. Bu baholashlarning barchasi Farg’ona vodiysi va uni atrof hududlari bo’yicha amalga oshirilgan
Uchinchi bobda esa Farg’ona vodiysini tuproqlarini tadqiq qilinganligi va ilmiy, amaliy tahlilini yortishga harakat qilingan va bunga qisman bo’lsada erishilgan. Jumladan bu bobni yoritishda
tuproq xosil bo’lish jarayonlariga inson faoliyatining ta’siri, Farg’ona vodiysi tuproqlarini tizimli guruhlari, Farg’ona vodiysi tuproq tadqiqotlarni ilmiy va amaliy tahlili borasida va muhofaza qilishning geoekologik asoslari haqida fikr yuritilib muammoli masalalar yechishga harakat qilingan. Dissertatsiya ishining eng o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, Farg’ona vodiysida olib borilgan tuproq tadqiqotlarining oxirgi yillardagi natijalari ko’rib chiqilib o’ziga xos xulosalar chiqarilganligidadir. SHu bilan birgalikda Farg’ona vodiysi atrof-muhitining holati tahlil qilingan.
Farg’ona vodiysida olib borilgan tuproq tadqiqotlarining dinamikasi o’rganib chiqilib ularning geoekologik holati va muhofaza qilishning geoekologik asoslari ishlab chiqilgan.
Dissertatsiya ishida Farg’ona vodiysining tabiatini muhofaza qilish masalalari keng o’rganilib baho berilgan va chora –tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan.
Umuman Holmatov Ahliddin SHamsiddinovich tomonidan bajarilgan magistrlik dissertatsiyasi yuqori saviyada yozilgan bo’lib barcha talablarga javob beradi. Lekin shunday bo’lsa ham magistrlik dissertatsiyasida ba’zi bir juziy kamchiliklar bor, bu kamchiliklar dissertatsiya ishining umumiy saviyasiga ta’sir qilmaydi.
Jumladan, orfografik va stilistik xatolar bor, tuproq tadqiqotlarning ohirgi yillardagi xulosalarini yanada aniqlashtirish kerak va mavzuni ochib berishda qisman bo’lsada umumiy gaplar bor.
Magistrlik dissertatsiyasi ishida xulosaga ko’proq o’rin berilgan va unda dissertatsiya ishi bo’yicha barcha yutuq va kamchiliklar ko’rsatib o’tilgan va amaliy tavsiyalar berilgan.
Magistrlik dissertatsiyasida Farg’ona vodiysida 1900-2020 yillarda tuproqlarini tadqiq qilinganligi va ularni ilmiy va amaliy ahamiyatini ko’rsatish va bu davr davomida Farg’ona vodiysida tuproqlarini o’rganish, ularni ekologik holati, hudud relьefidagi geografik joylashish xususiyatlarni ochib berish hamda Farg’ona vodiysida tuproqlarini tadqiq qilishning rivojlanish dinamikasida qanday o’zgarishlar ro’y berganligi va ularni sabab oqibatlari va boshqalar to’liq tahlili qilingan va ilmiy amaliy jihatdan baho berilgan
Holmatov Ahliddin SHamsiddinovichning “Farg’ona vodiysi: tuproqlarini tadqiq qilinganligi va ilmiy, amaliy tahlili” (1900-2020 yillar) mavzusida yozgan magistrlik dissertatsiyasini magistrlik dissertatsiyalar yozish talablariga to’liq javob berishini hisobga olib va ishni tugallangan dissertatsiya ishi sifatida ximoyaga tavsiya etaman.


Taqrizchi:
Download 17.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling