Fargʻona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yoʻnalishi 21. 54-guruh talabasi Alijonova Zilolaxonning genetika va genomika fanidan tayyorlagan slayd taqdimoti
Download 57.41 Kb.
|
gen
Agar drozofiladagi ikki belgi genlari turli nogomologik xromosomalarda joylashganda Fb da toʻrt xil forma 25% dan hosil boʻlishi kerak edi. Lekin ikki xil belgi genlari bir xromosomada joylashgani sababli F1 da ikki xil gameta hosil boʻldi va Fb da ota-onaga oʻxshash ikki xil forma 50 % dan olinadi. Oʻtkazilgan tajriba yakunlariga koʻra Morgan belgilarni toʻliq birikishi deb nom berdi.
F1 dagi kulrang tanali, normal qanotli duragay urgʻochi drozofilani retsessiv belgili erkak drozofila bilan chatishtirilganda, Fb da 83% chatishtirishda qatnashgan ota va onaga oʻxshash drozofilalar olingan. Ularning 41.5 % drozofilalarda kulrang tana, rudiment qanot, 41,5 % da qora tana normal qanot rivojlangan. 17% drozofila duragaylarda esa ota-ona organizmlar belgilari kombinatsiyalangan formalar, ya’ni 8,5% qora tanali rudiment qanotli, 8,5% da kulrang tanali normal qanotlilar boʻlgan. Vaholanki bu ikki belgi bir-biridan mustasno holda irsiylanganda hosil boʻlgan toʻrt xil organizm 25% dan boʻlishi, agar belgilarning toʻliq birikish boʻlganda edi bunda ikkita ota-onaga pxshash organizmlar 50% dan hosil boʻlishi lozim edi. Shuning uchun bu hodisaga Morgan belgilarning qisman birikishi deb nom berdi.
Download 57.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling