Farg’ona Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti geografiya yo’nalishi 22. 03-guruh talabasi Xasanova Dilnavozning umumiy tabiiy geografiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi Mavzu: Muzliklar, muzloqlar
Download 0.66 Mb.
|
XASANOVA DILNAVOZ UMUMIY TABIIY GEO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muzliklar va ularning turlari
- Foydalanilgan adabiyotlar
Farg’ona Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti geografiya yo’nalishi 22.03-guruh talabasi Xasanova Dilnavozning umumiy tabiiy geografiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi Mavzu: Muzliklar, muzloqlar, to'rtlamchi davr muz bosishlari Reja: Muzliklar va ularning turlari Muzlikning to ‘yinishi Muzliklarning ishi Muzloqlar To‘rtlamchi davr muz bosishlari Reja-1
Muzliklar va ularning turlari Quruqliklarda sovuq o‘lkalarda qor to'planib, muzga aylan ishidan vujudga kelgan, nishab tomonga o‘z-o‘zidan siljib turadigan muzlar muzliklar deyiladi. Yer yuzidagi muzliklarning umumiy maydoni 16,3 mln. kv. km. bo‘lib, quruqlik yuzasining atigi 11% ini tashkil etadi. Hajmi 30 mln. km3. Xionosfera quyi va yuqori qor chegaralari orasida joylashgan. Qor chegarasi deb yog‘adigan qor bilan eriydigan qor miqdori teng bo‘lgan chegara tushuniladi. Qutbiy o‘lkalarda qor chegarasi dengiz sathi balandligiga tushadi. Xionosferada relyef qor to ‘planishiga imkon bersa muzlik hosil bo‘ladi. Muzlik ham asta sekin oqadi, siljiydi. Muzlikning siljish tezligi haroratga, muzning qalinligi va muz osti relyefining qiyaligiga bog‘liq. Chunonchi, muzlik siljishi uchun qiyalik 10° boMganda muz qalinligi 60-65 m bo‘lishi, qiyalik 45° bo‘lganda qalinligi 1,5-2 m bo‘lishi zarur. Muz qor, qirov bulduruqdan hosil bo‘lishi mumkin. Bular oldin zichlashib, zich qorga - firnga aylanadi. So‘ngra undan muz hosil boiadi. Muzlikning to‘yinish va siljish qismlari bo‘ladi. Muzlik pastroqqa tushib, erib, bug‘lanib tugaydi. Bizning ko‘pgina daryolarimiz muzlik suvlaridan to‘yinadi. Muzliklar Yer gidrologik siklning asosiy qistnlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda Yer yuzidagi suvlarning 2,25% i muz qatlamida va to‘nglagan holda uchraydi. Chuchuk suvlarning 70% i muzliklarda to ‘plangan bo‘lib, ularning katta qismi Antarktida va Grenlandiyada joylashgan. Agar dunyodagi barcha muzliklar erib tugasa, dengiz sathi 65 metrga ko‘tarilgan b o ia r edi. Bu hoi esa o‘z navbatida sayyora geografiyasini o'zgartirishi mumkin. Yer tarixining katta qismida sayyorada muzliklar boim agan. Shunday boiishiga qaramasdan, ayrim davrlarda muzliklar bilan anchagina maydon, xususan o‘rtacha kengliklargacha bo‘lgan hududlar qoplangan va buni biz muzlik davri deb ataymiz. Hozirgi kunda Yer yuzasi quruqlik maydonining 10% ga yaqinini muzliklar qoplagan. Hozirgi zamon muzliklari Antarktidada, Grenlandiyada, yuqori kengliklarda va Avstraliyadan tashqari barcha materiklardagi baland tog‘larda joylashgan. Muzliklarning ikkita asosiy turi - alp va materik muzliklari ajratiladi. Alp muzliklari tog‘li oikalardagi qor va muzdan to‘yinadi. Odatda dastlab erozion oqimlar boshlanadi va vodiylami egallaydi. Bunday oqimlarni vodiylaming devorlaridagi qoyalari ushlab qoladi va ko‘pchilik buni vodiy muzliklari deb ham atashadi (12.1- rasm). To‘yinishi kuchaygan sari muzlanish ham tobora rivojlana boradi, birlamchi muzliklarning soni ko‘payib, ulaming har qaysisi kattalashadi va ular tog‘ tepalari va karlardan vodiyga tushib keladi hamda vodiy muzligiga aylanadi. Muzliklarning bu turi - m o‘tadil mintaqaning to g ii o‘lkalaridagi eng xarakterli muzlik shaklidir. Muzlik o‘zining vodiysi atrofiga oqishidan katta maydonlami bosib olishidan hamma yerda tub jinslar bilan chegaralanmagan gultojbargga o‘xshagan keng shakllar yoyilib ketadi. Natijada tog‘ oldi muzliklari deb ataladigan muzliklar hosil boiadi. Ba’zi bir alp muzliklari baland cho‘qqili zonalarda bo‘lib, quyi vodiylarga yetib kelmaydi. Vodiylarning boshlanish qismlaridagi botiqlarga muz oqimlari tushishi va ular tik yonbagirlar hamda amfiteatrlar bilan ajralib qolishi natijasida sirk muzliklari vujudga keladi (12.2-rasm). Sirklar eng kichik muzlik turi b o iib , ulaming ko‘pchiligi alp muzliklari egallagan hududlarda shakllanadi Alp muzliklari dunyoning aksariyat baland tog‘li hududlarida rfotekis roanzaralarni yaratish bilan xarakterlanadi. Bugungi kunda muzliklar Himolay, Pomir, And, Alp va boshqa tog‘ tizmalarda hamda Shimoliy Amerikaning Alyaska yarimoroli, Qoyali tog‘lar, Serra- Nevada, Kaskad tog‘lari va Qirg‘oq tizmalarida uchratish mumkin. Yangi Gvineyada va Sharqiy Afrikaning baland Klimanjaro va Keniya cho‘qqilarida uncha katta bo‘lmagan muzliklar ham mavjud. Alyaska va Himolayda joylashgan alp muzliklarining uzundigi 100 km gacha yetadi. Materik muzligi - eng yirik muzlik turi va u vodiy muzligiga qaraganda ancha keng tarqalgan (12.3-rasm). Materik muzligi Yer quruqlik maydonining 30% ini qoplagan. Grenlandiya va Antarkti- dada bunday muzliklar qalinligi 3 km va undan ortiq. Ancha kichik muzliklar muzlik qalqonlari (muz shapkasi) deb nomlanadi va ular Islandiya va Arktikaning bir qancha orollarida uchraydi. Reja-2
Muzlikning to‘yinishi Muzliklar to ‘yinadigan asosiy manba - muzlik hududiga yog‘adigan qorlardir. B a’zan qishda yoqqan qor erib, muzlikning to‘yinishida qor suvlari ishtirok etadi. Muzliklarning to‘yinishida qirov bilan bulduruqning ham birmuncha ahamiyati bor. Bulduruqning qalinligi 2 m gacha yetishi mumkin. Qor bo‘roni muzliklarga ham ko‘plab qor keltiradi. Shamol uchirib yurgan qor shamolga teskari tomonda, muzlik hosil bo‘lishi uchun ayniqsa qulay bo‘lgan pastqam yerlarda to'planib qoladi. Juda ko‘p muzliklarning to‘yinishida baland tog‘ yon bag‘irlaridan tushuvchi qor ko‘chkilari muhim manba hisoblanadi. Biz tog‘larda qor chegarasidan yuqorida yoki quruqlikda qutbiy o‘lkalardagi har qanday balandlikda qor to‘plana boradi. Qor to‘planishi muayyan bir miqdorga yetgach, bu jarayon qarama- qarshi jarayon bilan, ya’ni muzlik hududlarining qisqara borishi bilan birgalikda ro‘y berishi kerak. Muzliklarning bu qisqarishi ikki yo‘l bilan boradi, bular: qor ko‘chkilarining bo‘lib turishi; qor muzga aylanib harakat qilishi (“oqishi”) dan iborat. Tog‘ yon bag‘irlaridan sirg‘anib tushuvchi va o‘z y o iid a uchragan yangidan-yangi qor massalarini birga olib tushuvchi qor qulashi qor ко ‘chkisi deb ataladi. Qor ko‘chkisi qiyaligi 15° dan ortiq bo‘lgan yon bag‘irlarda vujudga kelishi mumkin. Qor qulashining bevosita sabablari quyidagilardan iborat: 1) qor yoqqan paytda uning yumshoq bo‘lishi; 2) bosim natijasida qorning quyi gorizontlarida haroratning ko‘tarilishi, bu yerda suv bug‘lari paydo bo‘lib ular qomi pastdan yumshatadi va qorning yon bag‘irga bo‘lgan yopishqoqligini kamaytiradi; 3) kun iliganda yon bag‘irlami namlovchi qor suvining hosil bo‘lishi; yon bag‘irlar namlanishi natijasida barcha qor qoplami bilan grunt o ‘rtasidagi yopishqoqlik bo‘shashadi. 134 Dastlabki ikki holatda quruq qor ko‘chkisi, uchinchi holatda njim qor ko‘chkisi hosil boiadi. Har ikkala qor ko‘chkisi ham g‘oyat katta yemirish kuchiga egadir. Ularning zarbi 100 t/m2 ga yetadi. B a’zan ular katta fojialarga sabab boiadi. Qor qulashining boshlanishiga osilib turgan qor massasi muvozanatiga ta’sir etuvchi salgina kuch ham sabab b o iish i mumkin. Hatto o‘q otilishi yoki qichqiriq tovush ham qor ko‘chkisiga sabab b o iish i mumkin. Qor ko‘chkisi xavfi bor yerlarda aholini ogohlantirish va qor ko‘chkisini boshqa tomonga burib yuborish yuzasidan ishlar olib boriladi. Tog‘ relyefining qor qulab ketmaydigan joylarida yoki barcha relyef shakllari muz ostida ko‘milib qolgan rayonlarda qor to ‘planib, fimga (zich qorga), so‘ngra esa muzlikka aylanadi. Uzoq vaqtdan beri bosilib yotgan va zichlashgan, o‘zaro birikkan muz uchqunlaridan iborat qor firn deb ataladi. Uning zichligi 0,4 g/ sm3 dan 0,7 g/sm3 gacha boiadi. Firn qat-qat tuzilgan: har qaysi qatlam har gal yoqqan qorga to ‘g ‘ri keladi va boshqa qatlamlardan zich nap qobig‘i bilan ajralib turadi. Firn quyi qatlamlarida muzlikka yoki gletcher muziga aylanadi. Muz donador tuzilishda boiadi. Uning rangi yuqorida sutsimon-oq b o iib , pastda muzning zichligi ortib borgan sari havo rang tusga kiradi. Muzlik muzining ikkinchi xususiyati —uning y o i- y o i yoki qat-qat tuzilganligi b o iib , unga sabab firnning qat-qatligidir. Qor va firn ostida hosil bo ig an muz plastik modda bo‘Iganligidan relyef nishabi bo‘yicha pastga muz tili yoki muzlik tarzida “oqadi” . Muzliklarning ishi Muzliklar ishi ham, daryolar ishi kabi b o iib 3 xil ish bajaradi: 1) eroziya; 2) transportirovka, ya’ni jinslarning olib ketilishi; 3) akkumulyatsiyadan iborat b o iish i mumkin. Shu bilan birga muzliklarning ishlari daryolar yo‘q joylarda - baland togiarda va doimiy sovuq o‘lkalarda boiadi. Muzliklar bajaradigan ish hajmi hanuz yetarli darajada ishonchli qilib hisoblab chiqilmagan. Hozirgi va qadimgi materik muzliklarining ishi natijalari yaqin-yaqingacha juda oshirib kelingan. Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, muzlar Antarktidada yiliga salkam 0,01 mm qalinlikdagi qatlamni sidirib ketadi. Muzlik eroziyasi yoki ekzaratsiya, aw alo yaxlit kristalli jinslar parchalarining yulib olinishi va ularning muz tarkibida muzlab qoJib, u bilan birga harakat qilishidan iborat. Muz ham, unga yopishib yaxlab qolgan tog‘ jinslari parchalari ham o'zaniar osti va yonlarini sidirib, tirnab, jo ‘yaklar hosil qiladi. 0 ‘zanning ostiga va yonlariga muzning og‘irligi natijasida bosib turuvchi qattiq xarsanglar ularda timalgan joylar, chiziqlar va jo ‘yaklar hosil qiladi. Shu bilan birga xarsanglaming o ‘zi ham yumaloqlanib va silliqlanib qoladi. Bunday toshlar g ‘o ‘la tosh deb ataladi. Muz ichiga kirib qolgan va muz yuzasidagi barcha mineral jinslar - g ‘o‘ia tosh, qum va gillar morena deb ataladi. Muzlik orasidagi va muzlik bilan birga harakatlanuvchi morena harakatlanuvchi morena deb ataladi. Morenalar tag, ustki va ichki morenalarga boiinadi. Tag morena, o ‘z nomidan ham bilinib turibdiki, muz-tilining tag qismida hosil boiadi. Ustki morena atrofni o ia b olgan yon bag‘irlardagi qoyalaming uvalanib tushgan parchalaridan hosil bo‘lgan. Muzlik yonlarida tag va ustki morenalar qo‘shilib yon morenalami hosil qiladi. Muzliklar (bir-biri bilan qo‘shilganda yon morena muzlik o ‘rtasida qolib, o ‘rta yoki oraliq morenani hosil qiladi. Vaqt o ‘tishi bilan og‘ir!ik kuchi ta’sirida yuzadagi jinslar muzlik tanasiga botib, cho‘ka boradi. Bundan ichki morena vujudga keladi. Muzlik oxirida muz butunlay erib ketgach, barcha mineral massalar undan tushib qolib, vodiyda ko‘ndalang yotadigan oxirgi morenani hosil qiladi. Muzlik relyefi shakllari orasida, morena tepalaridan tashqari, baland tog'lardagi karlar, sirklar va troglar ham muhim ahamiyatga ega. Tog' yonbag‘ir!aridagi shakli kresloga o ‘xshash chuqurliklar karlar deb ataladi; ularning uch tomoni tik jarlik (devor) bilan o‘ralgan, to‘rtinchi tomoni esa ochiq bo‘ladi; karlarning tagi yassi yoki toTqinsimon hamda silliqlangan boiadi. Karlar va sirklar quyidagicha hosil boTadi. Yonbag‘irlaming pastqam joylarida yoki vodiylaming yuqori qismlarida qorlar atrofdagi baland joylaridagiga qaraganda ancha qalin boiadi; bu qorlar yozda uzoq yotadi yoki kelgusi qish gacha erimaydi. Qor suvlarining kunduzi yoriqlarga kirib, kechasi muzlab qolishi nival nurashga sabab bo‘ladi. Yumshoq g‘ovak gruntni suv va muz oqizib ket»di. Past yerlar asta-sekin chuqurlasha borib, bu yerda qorning to‘planishiga sharoit tug‘iladi. Qor ancha qalinlashib ketgandan so‘ng muzga aylanadi va sirk muzlikning to‘yinish oblastiga aylanadi. Muzlar erozion yoki tektonik vodiy dan pastga silj ib tushayotganda bu vodiylarni o‘yib, ularda uzun tog‘orasimon shakllar hosil qiladi. Bunday vodiylar troglar deb ataladi. Hozirgi zarnon troglari va kariari qor chegarasida va undan balanddadir. Qadimgi muzliklar bilan bog‘liq boMgan trog va sirklar qor chizig‘idan pastda bo‘ladi. Muzliklar ham daryolarga o‘xshab uch xil ish bajaradi: yemirish, tashish va yotqizish. Muz keltirgan jinslar morenalar deyiladi. More- naiar saralanmagan, silliqlanmagan bo‘ladi. Qadimgi muz bosgan joylarda muzlik qoldiqlari yoki muzlik ishi tufayli hosil bo‘lgan relyef shakllari ko‘p uchraydi. Muzlikning yemirish ishini muzlik ekzoratsiyasi, jinslarni to‘plash ishini muzlik akkumulyasiyasi deyiladi. Muzliklar bosgan yerlari va atrofidagi hududlar tabiatiga ta’sir ko‘rsatadi. Muzlik ustida havo sovib, bosimi oshib antitsiklon hosil boMadi. Natijada yog‘in kamayadi, atrofga sovuq shamol esadi. Muzlik keltirgan jinslar - morenalar to'planib, o‘ziga xos relyef shakllari - tepaliklar, kamlar, ozlar, zandrlar hosil qiladi. Muzliklar tabiatda chuchuk suvning yirik zaxiralari hisoblanadi. Yer yuzida barcha muzliklarda 30 mln. kub km. ga yaqin chuchuk suv to‘piangan. Lekin iqlimning asta-sekin isib ketayotgani sababli muzliklarning kamayishiga olib kelishi mumkin. Reja-3 Muzloqlar Yer yuzining havoning o ‘rtacha harorati 0° dan past bo‘lgan yerlarda yer yuzi m aiu m chuqurlikkacha doim muzlab yotadi. Bunday yerlar ко ‘p yillik muzloqlar deyiladi. Yevrosiyoning shimoli- sharqiy katta qismi, Shimoliy Amerikaning shimoliy qismi, togiarda qor chizigidan baland joylarda muzloqlar tarqalgan. Muzloqlar tarqalgan oikalarda o ‘ziga xos landshaftlar hosil boiadi. Yozda eriydigan yuza qatlam faol qatlam deyiladi. Reja-4
To‘rtlamchi davr muz bosishlari Ilk geologik bosqichlarda, chunonchi arxeyda, ya’ni materik platformalar endigina shakllana boshlagan va deyarli butun Yer yuzi sayoz okean bilan qoplangan vaqtlarda vulqonlar otilishi juda shiddatli, Quyosh radiatsiyasi esa hozirgidan katta boigan, butun yer shari iqlimi issiq va sernam, ya’ni pamik iqlimiga o‘xshagan boigan. Yer yuzining hamma joyida issiqlik va nam ortiqcha boigan. Atmosfera harakatlari faqat vertikal konveksiyadan iborat boigan. Uchlamchi va to‘rtlamchi davrlarda Yer iqlimi beqaror boigan. Harorat keng doirada tebrangan (ayrim paytda favqulotda ancha yuqori va past boigan). Bu esa o‘z navbatida muzliklararo va muzlik davrlarini yuzaga keltirgan. So‘nggi 1,6 mln yilda i 7 ga yaqin muzlik va muzliklararo davr boigan. Davrlar muzliklarning doimo bosib borishi (o‘tish davri 90 000-yilga yaqin) va muzliklarning keskin qisqarishi (o‘tish davri 8000-yilga yaqin) bilan xarakterlangan. Oxirgi muzlik davri taxminan bundan 18000-20000 yil oldin katta maydonni egallagan. Bu vaqtda Skandinaviya, Shimoliy Germaniya pasttekisligi, Buyuk Britaniyaning katta qismi (janubiy qismi mustasno) va Shimoliy Amerikaning 39° shimoliy kengliklarigacha muz qoplagan (12.4-rasm). Pleystotsen davri 2,4 mln yil oldin boshlangan va taxminan 10 000- yil oldin tugagan va bu davr b o ig an vaqtda katta iqlimiy o ‘zgarish!ar bo‘lgan’. Shimoliy yarimsharning katta qismini materik oiuzlikiari qoplagan Reja-5
To‘rtlamchi davrdagi oxirgi maksimal muz bosishi; С - Kordilera, L - Lavrentiya qirlari, F - Fennoskandiya, A - Alp tog‘lari2 0 ‘tmishda Yer shari ko‘p marta iqlimiy o‘zgarishlarga uchragan. 1837-yili Lui Agassis Shimoliy Yevropa, Buyuk Britaniya, Osiyo va Yevropaning tog‘li hududlari rnuzlik davrini boshdan kechirganligi, iqlimning birmuncha sovuq bo‘lganligini taxmin qilgan. U 1846- yili Shimoliy Amerika hududida ham muzlik davri bo‘lganligini isbotlovchi dalillar topilgan Morena (Morena) - (frants. moraine) muzliklar erib chekingandan keyin qolgan tog‘ jinslari uyumi. Qor chegarasi, chizig‘i (Snowline) - tog‘larda m aium balandlikda yog‘adigan qor bilan eriydigan qor miqdori teng boiadi. Undan yuqorida qor yozda ham saqlanadi, undan pastda erib ketadi. Tog‘larda saqlanadigan qorning pastki chegarasi qor chegarasi (chizig‘i) deb ataladi. Qor chizig‘i balandligi joyning geografik kengligiga, yog‘adigan qor miqdoriga bog‘liq. Ekvator yaqinida 5000 m, Novaya Zemlyada 600 m, 0 ‘zbekistondagi togiarda 3800 m dan 4200 m gacha balandlikda joylashgan. Xionosfera (Hionosfera) - (yunoncha xionos - qor) Yerdagi do- imiy qor va muzliklar sferasi. Xionosferani dastlab V.M.Lomonosov ajratib uni sovuq atmosfera deb atagan; “xionosfera” terminini fanga 1939-yil S.VKalesnik kiritgan. Shunday qilib, xionosfera: a) qor va muz hosil b oiishi uchun nam beruvchi gidrosferaning; b) bu namni u yerdan bu yerga olib boradigan va qattiq holatda saqlaydigan atmosferaning; d) yuzasida muz qobigi vujudga kelishi mumkin b o ig an litosferaning o‘zaro ta ’siri natijasidir Xulosa Quruqliklarda sovuq o‘lkalarda qor to'planib, muzga aylan ishidan vujudga kelgan, nishab tomonga o‘z-o‘zidan siljib turadigan muzlar muzliklar deyiladi. Yer yuzidagi muzliklarning umumiy maydoni 16,3 mln. kv. km. bo‘lib, quruqlik yuzasining atigi 11% ini tashkil etadi. Hajmi 30 mln. km3. Xionosfera quyi va yuqori qor chegaralari orasida joylashgan. Qor chegarasi deb yog‘adigan qor bilan eriydigan qor miqdori teng bo‘lgan chegara tushuniladi. Qutbiy o‘lkalarda qor chegarasi dengiz sathi balandligiga tushadi Foydalanilgan adabiyotlar: UMUMIY TABIIY GEOGRAFIYA Mualliflar: OMQ.Abdunazarov, M.T.Mirakmatov, Sh.M.Sharipov. R. A .Ibragimova. A.A.Ibraimova. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling