Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti iv-kurs kimyo yo‘nalishi 19. 53-19. 54-19. 55 gurux talabalariga kimyo kafedrasi o‘kituvchisi Jo`rayev Husniddin


Download 18.12 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi18.12 Kb.
#1247571
Bog'liq
У.Абдуллаева очик дарс 2


Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti
IV-kurs kimyo yo‘nalishi 19.53-19.54-19.55 gurux talabalariga kimyo kafedrasi o‘kituvchisi Jo`rayev Husniddin “Kimyo o`qitish metodikasining hususiy masalalari” fanidan olib borgan“Bo`lajak kimyo o`qituvchilarida kasbiy kompetenlikni shakllantirish ” mavzusidagi ochiq darsi tahlili
B A Y O N N O M A S I


Farg‘ona shaxri 2023 yil 27 fevral


Qatnashdilar: kimyo kafedrasi dotsenti I.Jalolov, M.Ismoilov kimyo kafedrasi o‘qituvchilari, O.O‘rinova, D.Abbosova, M.Rasulova.


H.Jo`rayev: men ushbu darsni universitet o‘quv bo‘limi tasdiqlagan rejasi asosida ishchi o‘quv dasturi xamda kalendar-tematik reja asosida tashkilladim. Ochiq darsim laboratoriya mashg‘uloti bo‘lib,darsni noananaviy usulda olib borib o‘z maqsadimga erishdim.
Dotsent M.Ismoilov: Bugun biz “Kimyo” yo‘nalishi IV-bosqichida “Kimyo o`qitish metodikasining hususiy masalalari fanidan olib borgan “Bo`lajak kimyo o`qituvchilarida kasbiy kompetenlikni shakllantirish”mavzusida o‘tkazilgan ochiq dars muhokamasini tingladik. Albatta ushbu dars mashg‘ulotiga yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rilgan, shuning uchun ochiq dars talab darajasida o‘tkazildi. Fan bo‘yicha barcha o‘quv-uslubiy hujjatlar mavjud bo‘lib, davomat tekshirilib, jurnallar yuritildi. Dars mavzusi talabalarga sodda va ravon tilda tushuntirildi. Fan o‘qituvchisining nutqi, bilimlarni talabalar ongiga singdirishi, o‘zini tutishi talab doirasiga mos keladi. Darsda o‘qituvchining erishgan eng muhim yutug‘i, muammoli savollar berib, talabalarni fikrlashga, mavzuni ongli ravishda tushunishga undagani deb o‘ylayman. Auditoriya bilan yaxshi ishlay bildi, talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi. Darsda fan yangiliklari, internet ma’lumotlari o‘rinli ravishda keltirildi.
O‘qituvchi I.Jalolov: Dars yangi pedagogik texnologiyalar asosida olib borildi. Talabalar ikki guruxga bo‘linib,har bir gurux doskada oldindan tayyorlab kelingan ko‘rgazmali qurollar yordamida mavzuga oid atroflicha ma’lumotlarni berdilar laborant vilan birgalikda mavzu doirasida laboratoriya tajribalar olib borildi va o‘qituvchi tomonidan baholandilar. Dars olib borgan o‘qituvchi ushbu darsni yuqori saviyada olib borishga xarakat qildi. Ayniqsa dars mazmunini mutaxassislik bilan bog‘lab olib borishi menda katta qiziqish uyg‘otdi. Darsda talabalar faolliga erishildi. Dars mazmuni to‘liq tushunarli misollar bilan yoritib berildi.
O‘qituvchi O.O‘rinova: Dars davomida o‘qituvchi talabalarga zarur, kerakli malaka va ko‘nikmalarini berishga xarakat qildi. Darsda talabalar ham faol ishtirok etdilar.


QAROR QILINDI:
1. H.Jo‘rayevning 2023 yil 27 fevral “Kimyo o‘qitish metodikasining xususiy masalalari” fanidan olib borgan “Bo`lajak kimyo o`qituvchilarida kasbiy kompetenlikni shakllantirish” mavzusidagi ochiq darsi haqida aytgan fikrlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Kimyo o`qitish metodikasining hususiy masalalari” fanidan olib borgan “Bo`lajak kimyo o`qituvchilarida kasbiy kompetenlikni shakllantirish” mavzusidagi ochiq darsi a’lo darajada deb topilsin.
Kafedra mudiri: S. Mamatqulova


Yig‘ilish kotibasi: M.Rasulova
Download 18.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling