Farg`ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Download 251.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana08.01.2022
Hajmi251.36 Kb.
#253120
1   2   3
Bog'liq
kundalik

Talabalar uchun eslatma 

                Universitet  talabalarining  malakaviy  amaliyoti  o`quv  jarayonining  asosiy 

qismi hisoblanib, ta`lim yo`nalishlariga mos muassasalarda o`tkaziladi. 

                Malakaviy  amaliyotning  maqsadi  talabalar  olgan  nazariy  bilimlarni 

chuqurlashtirish,mustahkamlash va o`quv tarbiyaviy ishlarga tatbiq etish, talabalarni o`z 

kasbiga  amaliy  tayyorlash,  kasbiy  mahorat  malakalari  va  fazilatlarini  tarkib  toptirish 

hamda rivojlantirishdir. 

                                                  

Amaliyot davrida : 

I. 


a) talabalarning huquqlari: 

1.       Taklif 

va 

fikr-mulohazalari 



bilan 

universitetning 

o`quv 

bo`limiga,fakultet,kafedralar  va  maktab  rahbarlari,  o`qituvchilarga  murojaat 



qilish. 

2.       Talabalar metodist-rahbarlardan uslubiy maslahatlar, yo`l-yo`riqlar olish. 

3.       Kafedralar  va  o`quv  muassasalarining  o`quv  moddiy-  texnikaviy  bazasidan 

foydalanish. 

4.       Ijodiy 

faoliyatlari 

doirasida 

malakaviy 

amaliyotdagi 

faoliyatlarini 

kengaytirish. 

5.       Talaba  malakaviy  amaliyotni  3/4qismini  bajarib  uzrli  sabablar  bilan 

malakaviy  amaliyotni  nihoyasiga  yetkaza  olmasa,  o`quv  mashg`ulotlaridan 

ajralmagan holda  malakaviy amaliyotni davom ettirish va nihoyasiga yetkazish 

huquqi beriladi. 

                                              

        I .      b) talabaning burchlari: 

  1.            Malakaviy  amaliyot  darsida  6  soatlik  ish  kuni  davomiyligida  amaliyotni 

o`tayotgan xizmat manzilida bo`lishi kerak. 

  2.     Amaliyotchi talaba “Malakaviy amaliyot dasturi” da ko`rsatilgan ishlarni o`z 

vaqtida bajarishi shart. 

 3.      Muassasalarning ichki tartib qoidalariga va amaliyot rahbarlari topshiriqlariga 

to`la rioya qilishlari, ularni bajarishlari lozim bo`ladi. 

 4.            Amaliyot  davrida  talabalardan  biri  shu  guruh  sardori  qilib  tayinlanadi.  U  

amaliyot  ishlarini  tashkillash,uslubchi  rahbarlar  tomonidan  qo`yilgan  vazifalarni 

bajarishda  tashkilotchilik  qiladi.  Malakaviy  amaliyotga  doir  ma`lumotlarni 

rasmiylashtirish, bayyonnoma va ro`ynomalarni yurgizishda yordam beradi. 

 

I. 



v) talabalarning vazifalari: 

 1.      Talaba  amaliyot  davrida  ichki  mehnat  intizomini  buzsa,  mazkur  muassasa 

rahbariyati unga ma`muriy chora ko`radi va bu haqida universitet  ma`muriyatiga 

ma`lumot beradi. 

 2.            Amaliyotchi  talaba  o`z  vaqtida  amaliyotni  o`tamasa,  bir  hafta  muddatda 

sababsiz  uzilish  sodir  etsa  amaliyotdan  va  o`qishdan  chetlatiladi.  Bunday  talaba 

keyingi  o`quv  yilida  chetlangan  kursiga  shartnoma  asosida  o`qishni  tiklashi 

mumkin. 



 

 3.Amaliyot  rahbarlari  tomonidan  o`quv,  tarbiyaviy,    jamoatchilik  topshiriqlarini 



bajarmagan,  tartib  qoidani  buzgan  talabani  amaliyotdan  chetlashishga  tavsiya  berish 

mumkin. 


   4.Talaba  amaliyot  davridagi  malakaviy  faoliyatini  va  kuzatishlarni  qayd  etish  uchun 

kundalik yuritadi. 

    5.Amaliyot  davrida  talaba  rasmiylashtirishi  uchun  beriladigan  barcha  hujjat,  ma`lumot 

daftarlari talabada bo`lishi zarur. Universitet  ma`muriyati va nazorat organlari tomonidan 

so`ralganda ko`rsatilishi shart. Agar tekshirish uchun talab qilingan vaqtda ish daftari yo`q 

bo`lsa, o`sha daftar yoki hujjat yuritilmagan deb hisoblanadi. 

    6.Malakaviy  amaliyotga  borib-  kelish,  xavfsizlik  texnikasi  qoidalariga  rioya  qilish,  har 

bir talabaning o`z zimmasida bo`ladi. 

                                     

         II.    Talaba agar pedagogik amaliyot o`tsa : 

    a)  U  darsga  kirishdan  oldin  darsning  reja-konspektini  tuzadi,  uni  metodist  va  fan 

o`qituvchisiga  tasdiqlatib  oladi.  Shuningdek  tarbiyaviy  ishlar  dasturi,  tarbiyaviy  soat 

konspektini  tayyorlab,  pedagogik  rahbar,  sinf  rahbari  yoki  tarbiyaviy  ishlar  bo`yicha 

direktor muoviniga tasdiqlatib oladi. 

    b) Har bir talaba kamida 3 ta ochiq dars o`tishi shart va sheriklari olib borgan 3 ta darsni 

tahlil etib bayonnoma yozishi kerak. 

    v)  Amaliyotchi  talaba  ixtisosligi  bo`yicha  va  boshqa  fan    o`qituvchilari, 

guruhdoshlarining  darslarini  uslubiyot  rahbari  tomonidan  berilgan  sxema  bo`yicha  tahlil 

qiladi. Dars va tarbiyaviy soatlarning tahlili maxsus daftarlarda aks ettirib boriladi. 

    g)  Talaba  amaliyot  davrida  o`qituvchilarning  o`quv-tarbiyaviy  ishlarini  kuzatadi. 

O`quvchilarning  yosh  va  individual  xususiyatlarini  o`rganadi.  Sinf  tarbiyaviy  soatlarini, 

darslarning  ayrim  qismlarini  mustaqil  o`tadi,  ko`rgazmali  qurollar  tayyorlaydi, 

fotomontajlar chiqaradi. To`garak, fakultativ mashg`ulotlar, mavzuiy kechalar o`tkazishda 

qatnashadi  yoki  uyushtiradi.  Ma`naviy-ma`rifiy  ishlarni  tashkil  etish,  targ`ib  etishda  faol 

ishtirok etadi. 

 

    III. Amaliyot tugagach bir hafta davomida amaliyotchi talaba yozma hisobotga quyidagi 



hujjatlarni qo`shib topshiradi. 

     a) kundalik daftar; 

     b)  amaliyot  davomida  tayyorlagan  ko`rgazmali  qurollar  yoki  yo`nalishning 

xususiyatidan kelib chiqib tayyorlagan mahsulotlaridan namunalar

     v) amaliyot o`tagan muassasadan berilgan tavsifnoma. 

 

    IV.  Agar  talaba  amaliyotni  maktab,  kasb-hunar  kolleji  yoki  akademik  litseylarda 



o`tkazsa quyidagi hujjatlarni qo`shib topshiradi: 

       a) taqvimiy reja; 

       b) har bir o`tgan darsi uchun dars konspekti

       v) ochiq dars konspekti

       g) o`zaro dars tahlili daftari

       d) ota-onalar yoki o`quvchilar bilan o`tkazgan ma`ruzalarning yozma bayoni; 

       e)  amaliyotchi  talabaga  biriktirilgan  guruh  uchun  tuzilgan  ma`naviy-ma`rifiy  ishlar 

rejasi; 


        j) sinfdagi 2ta o`quvchiga psixologik tavsifnoma. 

        Talaba amaliyot davridagi faoliyatini universitet rektorining buyrug`i bilan  

 tasdiqlangan komissiya oldida himoya qiladi va reyting tizimi bo`yicha    baholanadi. 

 

 




 

                                               



                                              


Download 251.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling