Matematika darsi konspekti dars konspektini tuzish uchun uslubiy ko’rsatmalar


Download 51.26 Kb.
bet1/5
Sana23.04.2023
Hajmi51.26 Kb.
#1384104
  1   2   3   4   5
Bog'liq
конспект (2)


MATEMATIKA DARSI KONSPEKTI
1.Dars konspektini tuzish uchun uslubiy ko’rsatmalar.
Dars ta’lim jarayonini tashkil etishning asosiy shakli bo’lib, ta’lim-tarbiya jarayoning mantiqiy jihatdan tugallangan, bir butun va muayyan vaqt bilan chegaralangan qismidir. Darsda ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vositalari, uslublari, tashkiliy jihatlari kabi elementlarining murakkab birlashmasi namoyon bo’ladi.
Dars konspektini uslubiy talablar asosida tuzilishi ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Konspekt umumta’lim maktablari, akademik litseylar matematika kursining muayyan mavzusi bo’yicha tuziladi. Dars konspektini quyidagicha tarkibda tuzish maqsadga muvofiqdir:
I. Dars mavzusi.
II. Darsning maqsadi: a)ta’limiy; b) tarbiyaviy; v) rivojlantiruvchi.
III.Darsning jihozlanishi.
IV.Darsning rejasi.
V. Darsning borishi.
VI.Darsga yakun yasash. Uyga vazifa berish.
I. Dars mavzusi o’qituvchi tomonidan tuzilgan va maktab direktori yoki ilmiy bo’lim mudiri tamonidan tasdiqlangan kalendar reja asosida aniqlanadi.
II. Darsning: a) ta’limiy maqsadi - mavzuga oid bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Konspektning ushbu bandida o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan, bilim, ko’nikma va malakalar, asosiy (tayanch) tushunchalar ko’rsatiladi;
b) tarbiyaviy maqsadi - yosh avlodni umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash, vatanga sadoqat, mustaqillikni asrab-avaylash, bilim olishga, xususan matematika fanini o’rganishga bo’lgan qiziqishini tarbiyalash har bir matematika o’qituvchisining burchidir. Bundan tashqari matematikani o’rganish davomida o’quvchilarda sabr-bardosh bilan maqsadga intilish, qiyinchiliklardan cho’chimaslik, mantiqiy fikrlash, deduktiv xulosa chiqarish va boshqa xislatlar ham tarbiyalanadi. Muayyan mavzu o’quvchi ongining qanday jixatlarini tarbiyalashi ushbu bandda yoziladi.
v) rivojlantiruvchi maqsadi - matematika darsi bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan tashqari o’quvchining mantiqiy fikrlashii va matematik tafakkurini rivojlantirishi lozim. Shu tufayli o’rganilayotgan mavzu o’quvchi bilimining qanday jihatlarini rivojlantirishga xizmat qilishi oldindan belgilanishi va konspektning ushbu bandiga yozib qo’yilishi kerak.

Download 51.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling