III. Darsning jihozlanishi. Matematika darslarini ko’rgazmali qurollar, texnik vositalar yordamida tashkil etish uning samaradorligini orttirishga xizmat qiladi. Shuning uchun o’qituvchi darsda foydalanadigan ko’rgazmali qurollarni oldindan tayyorlashi kerak. Darslik, o’quv qo’llanma, tarqatma materiallar va boshqa texnik vositalar dars jihozlari sirasiga kiradi. Muayyan darsda foydalaniladigan jihozlar ro’yxati konspektning ushbu bandida ko’rsatiladi.
O’qituvchi dars konspektini tuzishga kirishar ekan darsning mavzusi, maqsadi, mazmuni, vositalari, uslublarini chuqur taqlil etishi va ular asosida dars turini belgilashi kerak bo’ladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktabi va akademik litseylarda o’tiladigan matematika darslarini shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
a)o’quvchilarni yangi o’quv materiali bilan tanishtirish darslari;
b)o’tilgan materialni mustaqkamlash darslari;
s)o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish darslari;
d)o’rganilgan o’quv materialini tizimlashtirish, sistemalashtirish va umumlashtirish darslari.
Dasning turiga bog’liq holda uning rejasi bosqichlari tuziladi.
Jumladan,
Yangi o’quv materiali bilan tanishtirish darsi rejasi bosqichi:
1. Tashkiliy qism.
2.O’tilgan mavzuni va uy vazifasini tekshirish, uni umumlashtirish.
3. Yangi mavzuni bayon etishga tayyorgarlik ko’rish.
4. Yangi mavzuni bayon etish.
5. Yangi mavzuni mustahkamlash.
6. Uyga vazifa berish va darsga yakun yasash
7. Darsni yakun yasashdan iborat bo’ladi.
O’tilgan materialni mustahkamlash darsi rejasi bosqichi:
1. Tashkiliy qism.
2. O’tilgan mavzuni va uy vazifasini tekshirish, uni umumlashtirish.
3. Mavzuga doir misol va masalalar yechish.
4. Misol va masalalar yechish usullarini va nazariy ma’lumotlarni umumlashtirish va mustahkamlash
5. Uyga vazifa berish.
6. Darsni yakunlash.
bosqichlaridan iborat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |