Farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti 3-bosqich 19.74-guruh talabasi Abdurashitov Rahmatullo Oliy ta’lim tizimida korrupsion holatlarning oldini olish chora tadbirlari to’g’risida takliflar. Korrupsiyaga qarshi kurashish har birimizning burchimiz. KORRUPSIYA—TA’LIM TIZIMI UCHUN NIMA? TA’LIM TIZIMIDAGI KORRUPSIYA –BU SARATON TA’LIM TIZIMIDAGI KORRUPSION HOLATLARNI KELTIRIB CHIQARUVCHI SABABLAR: 1.Bilimsiz talabaning qaysidir yol bilan baxo olishga harakat qilishi; 2.O’qituvchining moddiy jihatdan qiyinchilikka tushib qolishi; 3.Ta’lim tizimi vakillarining huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan hamkorligining kamligi; 4.O’qituvchi va talabalar orasida korrupsion holatlar borasida tushuntirish ishlarining kam olib borilishi; 5.Ommaviy axborot vositalari yordamida korrupsion holatga yo’l qo’ygan shaxslarning kimligi yashirilishi va ularga berilayotgan jazoning nisbatan yengilligi. 6. Fakultetlarda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi faollar to’garagining yo’qligi ; / TA’LIM TIZIMIDA KORRUPSIYANI QANDAY QILIB YO’Q QILISH MUMKIN? - Talabalar bilimini tekshirish maqsadida olinadigan yakuni oraliq nazorat ishlari online tarzda olish orqali.(ofline tarzda olinganida qanday yo’llar bilan bo’lsada baxo olishga harakat qilinadi).Yana yil davomida talaba tomonidan seminar va amaliy mashg’ulotlarda olingan baxolar ham inobatga olinishi orqali.
- Ta’lim tizimida ishlayotgan malakali o’qituvchilarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash orqali(bu holatda o’qituvch pulga ehtiyoj sezmaydi va korrupsion holat ma’lum darajada qisqarishiga erishiladi).
- Aynan korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi yoki diniy muassasa vakili tomonidan korrupsion holatning oqibatlari tog’risida yig’ilish otkazish orqali. Bunday vaziyatda qanday jazo chorasi qo’llanilganligi haqida tushunchalar berish yo’li bilan korrupsion holatning oldi olinadi.
- Ijtimoiy tarmoqlar vositasida axborot vositalari yordamida korrupsion holatga yo’l qo’ygan shaxslarning kimligi ochiq aytilishi va bu holat uchun berilgan jazoning qatiyligi, ko’rsatib o’tilishi lozim.
. Ta’lim tizimida har bir fakultetning guruhlaridan faol talabalarni tanlab olib antikorrupsion to’garaklarga azo qilish orqali bunda talabalar ham korrupsiyaga qarshi kurashda o’z hissalarini qo’sha olish imkoni mavjud bo’ladi. TAKLIFDAN KO’RILADGAN NATIJALAR. - Online test natjalari soxtalashtirilmaydi’ Talaba baxo olish uchun bo’lsa ham o’qiydi. Bunda biror bir mansabdor tanishini o’rtaga qo’yishi ham foyda bermasligini tushunadi.
- O’qituvchi moddiy jihatdan qiynalishi kamayadi va tamagirlikqilish orniga yanada yaxshiroq va vijdonan ishlashga harakat qiladi.
- Davlat nazorat organlari vakillari bilan bo’ladigan hamkorlik orqali talaba ham o’qituvchi ham korrupsion holatdan uzoqlashish kerakligini tushunadi.
Organ va muassasa vakillari bilan otkaziladigan suhbatlar vositasida talaba va o’qituvchilarda huquqiy savodxonlik ortadi va buning ayanchli oqibatlari to’grisida tushuncha paydo bo’ladi. - Ijtimoiy tarmoqlar va OAV da korrupsion holatga yol qo’yganlarga berilgan jazolarni keng qamrovda yoritilganida uning ayanchli oqibatlari haqida tushunchalar paydo bo’ladi.
- Faollar togaragida talabalarga maxsus vakil biriktiriladi va u to’garak faoliyatini amalda nazorat qilib boradi bunda shunday holatga yo’l qo’yishi mumkun bo’lgan shaxslar vaqtida to’xtatib qolinadi.
Jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun qonun doirasida korrupsiyaning oldini olish choralarini ko’rish lozim. . E’tiboringiz uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |