Fargʻona davlat universiteti Tarix fakulteti Sotsiologiya yoʻnalishi 20. 156-guruh talabasi Mamirov Saidislom


Download 16.38 Kb.
bet2/5
Sana15.11.2023
Hajmi16.38 Kb.
#1777096
1   2   3   4   5
Bog'liq
Oʻrta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy asarlarida fanlararo yondashuv gʻoyalari

Qadimgi yunon olimlari ijodida ham matematika, musiqa, falsafa va boshqa fanlar integratsiyasini uchratish mumkin. Bizning zaminda yashab ijod qilgan mutafakkirlar ijodida fanlararo yondashuv nafaqat salmoqli boʻlgan, balki yuqori darajada rivojlangan. Ammo ularning ilmiy merosi fanlararo yondashuv gʻoyasi nuqtai nazaridan oʻrganilmagan. Shuning uchun quyida allomalarimiz ijodidagi fanlararo yondashuv evolyutsiyasiga oid namunalarni koʻrib chiqamiz.

  • Qadimgi yunon olimlari ijodida ham matematika, musiqa, falsafa va boshqa fanlar integratsiyasini uchratish mumkin. Bizning zaminda yashab ijod qilgan mutafakkirlar ijodida fanlararo yondashuv nafaqat salmoqli boʻlgan, balki yuqori darajada rivojlangan. Ammo ularning ilmiy merosi fanlararo yondashuv gʻoyasi nuqtai nazaridan oʻrganilmagan. Shuning uchun quyida allomalarimiz ijodidagi fanlararo yondashuv evolyutsiyasiga oid namunalarni koʻrib chiqamiz.
  • Allomalar ijodida bilimlararo integratsiya matematika, musiqa, arxitektura, sanʼat sohasida oʻz aksini topgan. Buni dastlab matematikaning boshqa fanlar bilan integratsiya qilinishi misolida koʻrib chiqishimiz mumkin. Forobiy Oʻrta asrlarda Markaziy Osiyoda matematikani boshqa fanlar bilan integratsiya qilish gʻoyasini anglagan buyuk mutafakkir hisoblanadi. Aristoteldan farqli ravishda, Forobiy matematika metodlarining qoʻllanish imkoniyatlari cheksiz ekanini eʼtirof etadi. Buyuk olimning bu gʻoyasi nafaqat matematika rivojida, balki fan tizimi taraqqiyotida ham buyuk hodisa edi. Shuningdek, Forobiy bu gʻoyani yanada kengroq qoʻllash usullarini amalda isbot qiladi. Masalan, olim fanda birinchi bor musiqaviy (tebranuvchi) hodisalarni matematik usullar bilan tadqiq qiladi.

Forobiy boshlab bergan bu tashabbusni keyinchalik boshqa olimlar oʻz tadqiqotlarida davom ettirib, yanada rivojlantirdi. Movarounnahrlik mutafakkirlar ijodida musiqa va matematika, pedagogika va musiqaning uygʻunlashuvi yuksak darajaga koʻtarilgan. Forobiy bunga “Musiqa haqida katta traktat”, Xorazmiy esa “Ilm kaliti” nomli ensiklopediyasining bir boʻlimini bagʻishlagan. Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida musiqa haqida alohida bir boʻlim mavjud. Shu bois “Oʻrta Osiyo mutafakkirlari arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqani bitta fan doirasiga kiritgan” [5:182-183].

  • Forobiy boshlab bergan bu tashabbusni keyinchalik boshqa olimlar oʻz tadqiqotlarida davom ettirib, yanada rivojlantirdi. Movarounnahrlik mutafakkirlar ijodida musiqa va matematika, pedagogika va musiqaning uygʻunlashuvi yuksak darajaga koʻtarilgan. Forobiy bunga “Musiqa haqida katta traktat”, Xorazmiy esa “Ilm kaliti” nomli ensiklopediyasining bir boʻlimini bagʻishlagan. Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida musiqa haqida alohida bir boʻlim mavjud. Shu bois “Oʻrta Osiyo mutafakkirlari arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqani bitta fan doirasiga kiritgan” [5:182-183].
  • Xoʻsh, nega musiqaga bunchalik katta eʼtibor qaratilgan? Maʼlumki, musiqa sanʼatning boshqa turlaridan alohida ajralib turadi. Uning “insonga sirli taʼsirini, inson qalbida yangi oʻzgarishlar hosil qilishini olimlar tan olgan. Musiqa juda joʻshqin, ekzistensial vaziyatlarda inson hayotining bir boʻlagi sifatida eʼtirof etilgan. Musiqa madaniyati – bu ijtimoiy madaniy fenomen boʻlib, har bir madaniyatning oʻziga xos madaniy-falsafiy va siyosiy-ideologik xususiyatlarini aks ettiradi” [3:6].

Download 16.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling