Farg’ona davlat universiteti texnalogig talim
Chaqqonlikni tarbiyalash metodikasi
Download 387.24 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'OLIBJON PEDAGOGIKA
2. Chaqqonlikni tarbiyalash metodikasi
Chaqqonlikni rivojlantiruvchi mashqlar maktab darsi va mashg`ulotlarning asosiy qismi boshlanishida va tayyorlov qismida bajariladi. Charchagan holatda chaqqonlikning rivojlanishi kam samarali bo`ladi. Mushaklarning tabaqalashtirilgan holda kuchlanishini takomillashtirish uchun quyidagi mashqlarni tavsiya qilish mumkin: 1. Joyidan uzunlikka sakrash, joyidan ko`p marta sakrash, berilgan masofaga 10 hatlab sakrash. 2. Ko`rsatilgan balandlikka sakrab o`tish. 3. Tennis, basketbol va voleybol koptoklarini ko`rsatilgan masofadagi nishonga tekkizish. Fazoda tabaqalashtirish qobiliyatini mukammallashtirish uchun: 1.Harakatlar ko`lamini yaxshilash uchun ko`zlarni yumgan holda berilgan burchakkacha (30,45,60,90,120 gradus) predmetlarsiz va predmetlar bilan qo`llar (oyoqlar)ni ko`tarish. 2. Muayyan miqdordagi qadamlarni qayta bosish, muayyan masofani (10, 20, 50, 60, 100 m) aylanishlar. Vaqtga harakatlarni tabaqalashtirish uchun mashqlar: 1. Har xil harakatlarni (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, umumrivojlanuvchi mashqlar) qat’iy belgilangan vaqtda bajarish. 2. Berilgan vaqtda erkin mashqlar kombinasiyasini bajarish. 3. Kuch, tezlik, aniqlik mashqlarini ko`p marta takrorlash. Barcha mashqlar har xil dastlabki holatlardan, har xil yo`nalishlar va tekisliklarda, har xil holatlarda bajariladi. Muvozanat vazifalarini mukammallashtirish uchun quyidagi mashqlar tavsiya qilinadi: 1. Har xil balandlikda cheklangan maydonda muvozanatni yo`qotgunga qadar qo`llar va oyoqlar erkinligining har xil holatlari bilan, yumuq va ochiq ko`zlar bilan bir oyoqda turish. 2. Gimnastika hodasida, narvonda predmesiz va predmetlar bilan turli-tuman mashqlar. 3. Ikkala yoki bir oyoqda o`yinlar, estafetalar, to`siqlar chizig`ining unsurlari bilan muvozanatni saqlab turish; 4. Turgan joyda ko`p marta aylangandan keyin yumuq ko`zlar bilan har xil uzunlikdagi kesmalardan (yurib) o`tish. Chaqqonlikni rivojlantirishda zaiflashtirish qobiliyatini takomillashtirish zarur. Qarama-qarshilik mashqlari katta samara beradi: mushak guruhlarini maksimal taranglashtirish - maksimal bo`shashtirish. Masalan: 1. D.h. qo`llar yonga uzatilgan, yelka kamari va qo`l mushaklarini maksimal taranglashtirib, panjalar musht qilib siqilgan. yelka kamari va qo`l mushaklarini bo`shashtirish va qo`llarni tushirish. 2. D.h. eshakda turib, oyoqlar va tos sohasi mushaklarini maksimal taran glashtirib, o`ng (chap) oyoqni ko`tarish. Oyoqlarni oldinga – orqaga silkitib mushaklarni bo`shashtirish. Shu tamoyil bo`yicha predmetlar bilan va predmetlarsiz boshqa mashqni tanlash mumkin. Chaqqonlikni tarbiyalash, birinchidan, koordinasion jihatdan murakkab harakatlarni o`zlashtirib olish qobiliyatini tarbiyalashdan va, ikkinchidan, harakat faoliyatini to`satdan o`zgargan sharoit talablariga muvofiq ravishda qayta qurish qobiliyatini tarbiyalashdan iboratdir. Chaqqonlikni oshirishga qaratilgan yuklamaning o`zgarishi shug`ullanuvchilar yenga oladigan koordinasion qiyinchiliklarni orttira borish yo`li bilan sodir etiladi. Bu qiyinchiliklar asosan quyidagi talablardan tashkil topadi: 1) harakatlarning aniq bo`lishi; 2) ularning o`zaro muvofiqligi; 3) sharoitning to`satdan o`zgarishi. Download 387.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling