Farg’ona davlat universiteti texnalogig talim
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiyaning majburiy kur
Download 387.24 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'OLIBJON PEDAGOGIKA
3. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiyaning majburiy kur
ekanligi Jismoniy madaniyatni baza sifatidagi xizmati – sport, amaliy sog`lomlashtirish deb atalmish jismoniy madaniyat klassifikatsiyasining asosida yotadi. Jamiyat aozosining jismoniy bilimi, jisman rivoj-langanligi, jismoniy tayyorgarligi evaziga faol hayotiy faoliyat uchun zarur bo`lgan jismoniy kamolotga erishishni zaminini yoki jismoniy madaniyatning poydevorini yaratadi. Shug`ullanuvchilarning yoshiga qarab jisman rivojlanganlik, tayyorgarlik, o`zgaruvchan va o`ziga xos xususiyatlarni kasb etadi. Jismoniy madaniyatning boshlang`ich zamini shartli ravishda «maktabgacha va maktabning jismoniy madaniyati» orqali yaratiladi. Bu bilan maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida umumta’lim maktablari va boshqa o`quv tarbiya muassasalarida jismoniy madaniyat o`quv predmeti sifatida majburiy mashg`ulot ekanligini tushunamiz. Bu o`z navbatida umumiy jismoniy ma’lumot uchun asos yaratadi, jismoniy qobi-liyatlarining har tomonlama rivojlanishi, mustahkam sog`lik-ning bazasining vujudga kelishiga sababchi bo`ladi. Bu bilan har tomonlama shaxs uchun zarur bo`lgan jismoniy salohiyat daraja-sining asosini yaratishga kafolat vujudga keladi. Maktab jismoniy madaniyati esa tarbiyalanuvchida jismi tarbiyasi uchun zaminni shakllanishiga asosiy poydevor bo`lib xizmat qiladi. Sport – jismoniy madaniyatining tarkibiy qismidir. Sport, xususan, ahamiyatli darajada jismoniy va unga bog`liq bo`lgan qobiliyatlarning rivojlanishini va o`sishini taomin-laydi. Jamiyat jismoniy madaniyatining tarkibiy qismi hisoblangan sport, boshlang`ich ma’noda «kuch sinashaman», «musobaqalashaman» degan ma’noni beradi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarigacha unga dam olish, ko`ngil ochish, so`ng, jismonan yuqori ko`rsatgichga erishish vositasi, musobaqalarda g`alaba qozonish tarzidagi faoliyat deb qaraladi. Sportning rivojlanishi asosan uch ko`rinishda – o`quv predmeti, ommaviy-ko`ngilli sport, «katta sport» tarzida namoyon bo`ladi. O`quv predmeti sifatida sport o`rta va oliy maktabda, armiyada jismoniy tarbiyaning vositasi bo`lib xizmat qiladi. Ommaviy–ko`ngilli sport darsdan tashqari va ish vaqtidan so`ng davlat va jamoat tashkilotlari orqali va har bir shaxsning tashabbusi bilan amalga oshiriladi. «Sportchi» so`zi talaffuz etilganda, ko`z o`ngimizda nafa-qat kuchli, chidamli va chaqqon hamda qaddi-qomati kelishgan yigit yoki qiz obrazi gavdalanibgina qolmay, irodali, to`g`ri so`zli, hayotga doimo yaxshi umid bilan qaraydigan, optimisti, har qanday qiyinchiliklarni oson yenguvchi, kamtarin va o`z yutuqlariga hotirjam insonni tushunamiz. Shunday ekan, sport jamiyat manfaati uchun xizmat qila-digan faoliyat bo`lib, tarbiyaviy va kommunikativlik funktsiya-sini bajaradi, lekin doimiy kasb emas. sport ishlab chiqarishsiz faoliyat, yaoni u moddiy neomat (boylik) yaratish bilan bog`lanmagan va o`quv tarbiya jarayoni qonuniyatlariga bo`ysundiriladi Download 387.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling