Termiz Davlat Universiteti Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti kurash yo’nalishi 2-kurs 201-guruh talabasi Pardayev Baxriddinning Jismoniy tarbiya nazaryasi va uslubiyati fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Download 1.64 Mb.
|
Baxriddin Pardayev
Termiz Davlat Universiteti Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti kurash yo’nalishi 2-kurs 201-guruh talabasi Pardayev Baxriddinning Jismoniy tarbiya nazaryasi va uslubiyati fanidan tayyorlagan mustaqil ishiMavzu:Ta’lim muossasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish va o’qitish metodikasi
.
Yoshlarni tarbiyalash va ularga zamonaviy bilimlar berishning sifatini oshirish hamda jamiyatimiz uchun barkamol shaxsni shakllantirish ta'lim tizimining eng asosiy maqsadlardan hisoblanadi. Uzluksiz ta'lim jarayonida olib borilayotgan barcha harakatlar shu maqsadni amalga oshirishda muhimdir.
Jismoniy tarbiya nazariyasi (umumiy asoslari) o‘quv fani sifatida jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda hamda maxsus bilim va ma’lumot olishda asosiy fan bo‘lib xisoblanadi. O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti, Viloyat pedagogika intstituti va Universitetlarida, kasb-xunar kollej jismoniy tarbiya fakultetlarining o‘quv rejalarida bu fan jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy madaniyat va sport xaqida bilimlarining to‘la tizimida o‘tish kursini ta’minlaydi uning mazmuni jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy tushunchalari tashkil etadi va shu asosida boshqa ayrim nazariy va metodik bo‘lim turlari o‘rganiladi. Jismoniy tarbiya ijtimoiy hodisalarga taa’luqlidir. Bu hodisalarni xarakterlash uchun jismoniy tarbiyaning kelib chiqishi sabablari uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni: jismoniy tarbiyaning tarixiy xarakteri: jismoniy tarbiyaning jamiyatdagi sinfiy maqsadi: jismoniy tarbiyaning rivojlanishida mexnat foaliyatining mazmuni va xarakteri: yutuqlari va boshqa omillarning ahamiyati kabilarni anglab olishlari shart. jismoniy tarbiyada aloxida - ahamiyatda ega fanining nazariy asoslarini va amaliy tatbiqlarini o‘rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishga yo‘naltirilganligi bilan izohlash mumkin. moniy madaniyatning boshqa yo’nalishlar bilan bog’liqligi Jisman etarli darajadagi rivojlanganlik normal aqliy rivojlanishga sharoit yaratadi. “Har qanday mehnat – bu aqliy, jismoniydir. Agar aqliy va jismoniy mehnat orasidagi farqni ajratsak, bittasida asosiy rolni miya, ikkinchisida muskullar wynaydi. Miyaning faoliyati muskullarning o’zaro faoliyatiga, muskullar faoliyati esa miyaning boshqarishi orqali amalga oshiriladi”, - degan edi Chernishevskiy. Jismoniy bilimlar asoschisi P.F. Lesgaft ko’rsatganidek, aqliy va jismoniy rivojlanish bir-biri bilan uzviy bog’liq. Aqlning wsishi va rivojlanishi o’z navbatida jismoniy rivojlanishni taqazo qiladi. Jismoniy tarbiyaning vazifasi shunda muvaffaqiyatli hal qilinadiki, shug’ullanuvchilar jismoniy mashqlarni ongli ravishda tushunib bajarsalar yoki ular sport mashg’ulotlariga qiziqib, tashabbus kwrsatib ijodiy yondashsalar, organizmda harakat malakalarini to’g’ri shakllanishi, funkcional qobiliyatlarini rivojlanishi uchun umumiy maxsus bilimlarga tayanishlari lozim bo’ladi. Ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiyadan sinfdan tashqari ishlar ham tashkil etiladi. Bu tadbirlarga quyidagi sinfdan tashqari ishlar kiradi: Ertalabki badan tarbiya mashg`ulotlari. Bu mashg`ulotlarning maqsadi o`quvchilar organizmini o`quv mashg`ulotlariga tayyorlash. Tartib intizomga o`rgatish. Tanaffuslardagi harakatli o`yinlar va jismoniy tarbiya daqiqalari maqsadi o`quvchilarni nazariy mashg`ulotlarda aqliy charchashlarni bartaraf etish hamda kеlgusi darslarga tayyorlash. Kuni uzaytirilgan guruhlardagi sayrlar va ekskursiyalarda o`quvchilarni tabiat omillari yordamida chiniqtirish. Umumiy jismoniy tayyorgarlik va Sport to`garaklaridagi mashg`ulotlarda o`quvchilarda jismoniy tarbiyaga qiziqishlar ortirish bilan birga, jismoniy fazilatlari va jismoniy qobiliyatlari rivojlantirish, sport turlari bo`yicha mutaxassislikka erishish. Port musobaqalar va bayramlarda o`quvchilarning jismoniy tayyorgarligi hamda jismoniy rivojlanish darajasi nazorat qilib turiladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik hamda sport to`garaklari mashg`ulotlari jismoniy tarbiya dasturi asosida ishlab chiqilgan to`garak mashg`ulotlari yillik rеjasiga muvofiq olib boriladi. Kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari: o`quvchilarni sog`lomlashtirish va jismoniy rivojlantirish jarayoni uzluksizligini ta'minlash maqsadida maktabda o`quvchilar kun tartibida jismoniy tarbiya tadbirlari bеlgilanadi va amalga oshiriladi. Kun tartibidagi tadbirlar mazmuni Jismoniy tarbiya dasturi asosida tuziladi va rеjalashtiriladi. Jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etishda maktab jismoniy madaniyat jamoasi tashkilotchilik va rahbarlik vazifasini boshqaradi. Jismoniy tarbiyaning o`quvchilar kun tartibidagi tadbirlari o`quvchilarni jismoniy rivojlanishga sog`ligini mustahkamlashga va chiniqtirishga aqliy qobiliyatlarni oshirishga tartib intizomni. Jismoniy tarbiya tadbirlarini mustahkamlashni amalga oshiradi Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling