Farg‘ona Davlat Universiteti Texnalogik ta‘lim yo‘nalishi 22-19 guruh talabasi Yusipova Azizaxonning Umumiy psixologiya fanidan tayorlagan slaydi


Download 1.28 Mb.
bet3/4
Sana13.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1355816
1   2   3   4
Bog'liq
Yusupova Azizaxon

Xotira turlari

  • Xotira insonning holati va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli uning namoyon bo’lish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilma-xil ko’rinishga egadirlar. Odatda xotirani muayyan turlarga ajratishda eng muhim asos qilib uning tavsifnomasi sifatida esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, unutish singari jarayonlarni amalga oshiruvchi faoliyatining xususiyatlariga bog’liqligi olinadi. Shu o’rinda ta'kidlash joizki, ayrim darsliklarda xotira turlari turlicha klassifikasiya qilinadi. Jumladan, A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida quyidagi klassifikasiya uchraydi:
  • Faoliyatda ko’proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab: harakat, emosional, obrazli va so’z mantiq xotira.
  • Faoliyatning maqsadlariga ko’ra: ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira.
  • Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko’ra: qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira.

Keltirilgan xotira turlarini umumiy tarzda quyidagicha ifodalash mumkin:

  •  

 
 
Psixik aktivlik faoliyatiga ko'ra
Materialning davomiyligiga ko'ra
Faoliyat maqsadiga ko'ra
Harakat
Obraz
Emotsional
So'z ma'no
Qisqa muddatli
Uzoq muddatli
Operativ
Ixtiyorsiz
Ixtiyoriy
Xotira turlari

Xotira jarayonlari

  • Xotira faoliyati esda qoldirishdan boshlanadi. Esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarni miya po’stida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya po’stida muvaqqat nerv bog’lanishining vujudga kelishidir. Esda qoldirish o’zining faolligi jihatidan ikkiga bo’linadi:
  • a) ixtiyoriy esda qoldirish;
  • b) ixtiyorsiz esda qoldirish.
  • Ixtiyorsiz esda qoldirishda oldindan maqsad quyilmaydi, mavzu tanlanmaydi va iroda kuchi sarflanmaydi. O’zining go’zalligi, hissiy ta'sirchanligi, hajmi, harakatchanligi, tezligi, shakli va boshqa xossalari bilan farq qiladigan narsa va hodisalar ixtiyorsiz esda qoladi. Masalan, tasodifiy hodisalar, karnay-surnay ovozi ixtiyorsiz esda qoladi.
  • Ixtiyoriy esda qoldirishda esa oldindan maqsad qo’yib mavzu belgilanadi. Masalan, dars materiallarini esda olib qolish, imtihonga tayyorlanish va boshqalar. Ixtiyoriy esda qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi:
  • maqsad qo’yish, masalan, institutga kirish oldidagi maqsad;
  • o’quv materiallarini tushunib esda qoldirish;
  • esda qoldirishning rasional usullaridan foydalanish, masalan, esga tushirish yo’li bilan esda qoldirish.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling