Farg‘ona Davlat Universiteti Texnalogik ta‘lim yo‘nalishi 22-19 guruh talabasi Jumaboyeva Omadoyning Yosh Fiziologiyasi va Gigiyena fanidan tayorlagan slaydi


Download 0.8 Mb.
bet2/2
Sana19.04.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1362697
1   2
Bog'liq
Jumaboyeva Omadxonning

Birinchi signal sistemasi — tashqi va ichki muhit taʼsirotlari (yorugʻlik, tovush va h. k.) odam hamda hayvonlarning reseptorlarta taʼsir etganda, bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻida hosil boʻladigan nerv jarayonlari majmui. Birinchi signal sistemasi s. voqelikni sezgi va tuygʻular shaklida bevosita aks ettiradigan asosdir. Birinchi signal sistemasi s. terminini I. P. Pavlovjoriy etgan (1932). Uning taʼkidlashicha, hayvonlar koʻruv, eshituv va boshqa reseptorlarga taʼsir qiladigan taʼsirotlar tufayligina voqelikni sezib turadi. Odamda bevosita taʼsirotlarni idrok etadigan birinchi signal sistemasi va nutqni idrok etadigan ikkinchi signal sistemasi bor; bu ikkala signal sistemasi sifat jihatidan turlicha bulsada, bir-biri bilan chambarchas bogʻlangan, bir butun holda (oliy nerv faoliyati qonuniyatlari asosida) ishlaydi.
Ikkinchi signal sistemasi — faqat odam uchun xos boʻlgan, soʻzlar vositasida yuzaga chikadigan bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining faoliyati. I.s.s. eshitiladigan, soʻzlanadigan yoki koʻzga koʻrinadigan soʻzlar (nutq) vositasida amalga oshadi. Bu tushunchani 1932-yil da I. P. Pavlov odam bilan hayvon bosh miyasi faoliyati oʻrtasidagi farqni ifodalash maqsadida taklif etgan. I.s.s. birinchi signal sistemasi asosida yuzaga chiqadi. Chunki soʻzlar birinchi signal sistemasi signallari umumlashmasi, "signallar signali" hisoblanadi. Bunday umumlashuv shartli reflekslar xrsil qilish bilan boglik. Narsa va hodisalarning umumlashgan tasviri, yaʼni soʻzlar tufayli inson butun borliq toʻgʻrisida mavhum fikrlash va uni ilmiy taxlil qilish uchun cheksiz katta imkoniyatga ega boʻladi. I.s.s. evolyusiya jarayonida biologik va ijtimoiy omillar taʼsirida paydo boʻlgan, yashash uchun kurash va irsiy oʻzgaruvchanlik asosida bosh miya poʻstlogʻining tobora takomillashuvi, ijtimoiy mehnat va kishilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar tufayli kishilarda nutq vujudga kelgan va rivojlangan. I. s. s.ning shakllanishi bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining barcha qismlari bilan bogʻliq. Zamonaviy neyrofiziologik tadqiqotlar (miyaga mikroelektrod oʻrnatish) verbal (soʻz) signallarining kodlashish mexanizmini oʻrganishga imkon beradi
Nutqning rivojlanishi odamlarning bir-biriga munosabatini osonlashtirib, mehnat turlarini ko’paytirishga, ongning rivojlanishiga sabab bo’ldi. I.P. Pavlov: «Nutq bizni odam qildi» - degan edi. Odamda shartli refleks shartsiz ta’ssurot bilan mustahkamlanib borishi asosidagina emas, balki nutq yordamida ham hosil bo’lishi mumkin. Masalan, boshlang’ich maktab o’quvchilarida qo’ng’iroq ovoziga javoban shartli refleks paydo bo’lgandan so’ng, shu ovoz o’rniga og’zaki yoki yozma shakldagi «qo’ng’iroq» so’zi ishlatilsa, bola qo’ng’iroq ovoziga qanday reaksiya ko’rsatgan bo’lsa, ko’ng’iroq so’zining o’ziga ham birinchi martadayoq xuddi o’shanday reaksiya ko’rsatadi. Nutq faoliyati asosida shartli refleks hosil bo’lishi odam oliy nerv faoliyatining sifat jihatidan o’ziga xos bo’lgan hususiyatidir. Shartsiz refleks asosida hosil bo’ladigan aloqalar po’stloq prosesslari harakatining qanday qonunlariga bo’ysunsa, odam bosh miyasi po’stlog’ida nutq asosida yuzaga kelgan bog’lanishlar ham xuddi o’sha qonunlarga bo’ysinadi.
I.P.Pavlov ko’rsatib o’tganidek, oliy nerv faoliyatining faqat odamga xos bo’lgan hususiyati, ya’ni birinchi signal sistemasi orqali tushadi- gan signallarni ajratib olib, mulohaza qilish va umumlashtirish qobiliyati ikkinchi signal sistemasiga bog’liqdir. Mulohaza qilish va umumlashtirish birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o’zaro ta’sir qilib turishi natijasidir. Odamda birinchi va ikkinchi signal sistemalari o’zaro mahkam bog’langan bo’lib, bir-biriga doim ta’sir ko’rsatib turadi. So’zning signal sifatidagi ahamiyati bir-biri bilan qo’shilib keladigan oddiy tovushlar bilan emas, balki so’zning lug’aviy ma’nosi bilan bog’liqdir. It va yuqori darajali hayvonlarda so’zga yoki jumlaga javoban shartli refleks hosil qilish mumkin, lekin hayvonlarda bu narsa so’zning lug’aviy ma’nosiga bog’liq bo’lmasdan, bir-biri bilan qo’shilib kelgan muayyan tovushlarga bog’liq bo’ladi. Tovushlarning qo’shilib kelishi jihatidan bir-biriga o’xshash so’zlar tanlab olinadigan bo’lsa, u holda it bunday so’zlarga, signal ma’nosi garchi boshqacha bo’lsa ham, bir xil reaksiya bilan javob beraveradi. Bolada ikkinchi signal sistemasi- ning shakllanib borishi nutqning rivojlanishi bilan bevosita bog’langan. Bola hayotining birinchi yilidagi so’nggi oylari va butun ikkinchi yili nutq qaror topib boradigan davr hisoblanadi. Bolalarda nutqning qaror topishi prosessi shartli reflekslar hosil bo’lish qonunlariga muvofiq o’tadi. Bolalarda nutq reflekslari taqlid yo’li bilan hosil bo’lib boradi, bu reflekslarning qaror topib, rivojlanishi esa bolaning katta yoshli odamlar bilan doimiy aloqa qilib turishiga, ya’ni ta’lim olishi, o’rganishiga asoslangan.
 

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling