Fargʻona davlat universiteti


Download 264.44 Kb.
bet2/10
Sana08.02.2023
Hajmi264.44 Kb.
#1176353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
aliyev akmaljon

Tadqiqot maqsadi. Akademik litseyning tabiiy fanlar yo`nalishida “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” kursini o`qitishning asosiy maqsadi o`quvchilar kelajakda oliy tahlim muassasalarda tahsil olib yetuk kadr bo`lishdan iborat. Shuning uchun ularda ham amaliy va ham nazariy bilimini oshirish maqsad qilib olindi.
Tadqiqot muammosi. Bitiruv malakaviy ishda qaralayotgan asosiy muammo o`qitishning uzviyligini ta`minlash o`qitishda va ilmiy tadqiqotlardan foydalanishdan iborat. Bunda takroriy kombinatorika va uning tadbiqlari asosiy muammodir.
Tadqiqot obekti. Unversitetdagi tabiiy yo`nalishda “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” kursida mavjud bo`lmagan ma`lumotlar qaraladi.
Tadqiqot predmeti. Tavsiya qilayotgan “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” kursini o`qitishda o`quvchilarning olgan bilimlarini rivojlantirish va xotiraga joylashtirishida samara beradi va oliy ta`lim muassasalarida tahsil olishga muyassar bo`lishga imkoniyat beradi.
Tadqiqot farazi (gipotezasi) va himoyaga olib chiqiladigan xulosalar. Yuqorida keltirilgan fikrlarni xulosalab shuni aytish mumkinki, akademik litseylardagi matematik tahlim davlat ta`lim standartida belgilangan ta`lim mazmuni, maqsadi va strukturasi asosida tashkil etishi; o`quvchilardan matematika fani asoslarining ilmiy elementlari singdirilgan poydevorini shakllantirish; fanga bo`lgan qizikishlarini uning tabiat va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini keng ma`noda ochib berish bilan orttirish; o`quvchilardan mantiqiy matematik tafakkurni takomillashtirish: ijodiy fikrlash malaka va ko`nikmalarga asos solishga qaratilgan bo`lishi lozim. Buning uchun esa akademik litseylarda matematika fanidan o`qitish ta`limning kam vaqt davomida ko`p bilim berish imkoniyati yaratuvchi ilg`or pedagogik texnologiyalaridan unumli foydalanish kerak.
Tadqiqot vazifalari. Matematika ta`limning bugungi vazifasi o`quvchilarni kun sayin oshib borayotganida ta`lim muxiti sharoitida ongli ravishda faoliyat yuritishga, o`z bilimlarini kelajakda samarali maqsadli foydalanishga o`rgatishdan iborat. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda bilim olishga imkoniyatni va sharoitni yaratib berishni taqozo qiladi.

Download 264.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling