Farg`ona davlat unversiteti Harbiy ta`lim fakulteti 4 – bosqich 19. 113 guruh talabasi


olish, ularni aniqlash, bartaraf etish va muayyan


Download 131.37 Kb.
bet81/131
Sana23.04.2023
Hajmi131.37 Kb.
#1383681
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   131
Bog'liq
Farg1

olish, ularni aniqlash, bartaraf etish va muayyan
chora-tadbirlar belgilashda muvofiqlashtirish vazifasi
yuklatilgan.
Mamlakat tinchligi, uning xavsizligini ta‘minlash
yuzasidan kelib chiqqan holda 2005-yildan boshlab,
Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‗mita Milliy
xavsizlik xizmati tarkibiga kiritildi.
Terrorchilik harakatlariga qarshi kurashda
rahbarlik qilish terrorchilik harakati tomonidan
tug‗iladigan havf va uning ko‗lami, kelib chiqishi
mumkin bo‗lgan oqibatlari e‘tiborga olingan holda
xavfsizlikni ta‘minlovchi davlat idoralari zimmasiga
yuklatiladi.
Terrorchilik harakatini bartaraf etishda birinchi
navbatda kishilar hayoti xavf ostida qolsa hamda
moddiy va ma‘naviy boyliklarini saqlab qolish
maqsadida kuch ishlatmaslik uchun muzokaralar olib
borish mumkin. Uni muzokara olib borishga ruxsat
etilgan shaxs olib borishi lozim. Biroq muzokaralar
olib borilishi terrorchilarning sodir etgan
jinoyatlaridan javobgarlikni forig‗ etmaydi.
Muzokaralar terrorchilar harakatining ishtirokchilari
tomaniodan ijobiy hal bo‗lmasa, ya‘ni ular o‗z
harakatini to‗xtatishga rozi bo‗lmasa, shuningdek,
kishilar hayotiga xavf mavjud bo‗lsa hamda moddiy
va ma‘naviy boyliklarning yo‗q bo‗lishi tahdidi aniq
saqlanib turgan paytda, ularni qurolsizlantirish va
yo‗q qilish uchun zaruz choralar ko‗riladi.
Har qanday terrorchilik harakati muayyan
hududda yuz beradi. Shu bois, ―Terrorchilikka qarshi
operatsiyasi o‗tkaziladigan zonaning chegaralari
terrorchilikka qarshi operatsiya o‗tkazish rahbarlari
tomonidan belgilanadi‖ deyiladi ―Terrorizmga qarshi
kurash to‗g‗risida‖ gi Qonunda.

Download 131.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling