plastmassali qopqoq o‘rnatiladi.
Portlovchi modda korpusni to‘ldirib turadi va granatani
oskolkalarga parchalanishi uchun xizmat qiladi.
Granata zapali (UZRGM) - (qo‘l granatasining
takomillashtirilgan zapali) portlovchi moddani portlatish
uchun xizmat qiladi. U zarb mexanizmi va zapaldan
iborat. Zapallar doimo jangovar ‗olatda bo‘ladi. Ularni
qismlarga ajratish va zarb mexanizmi ishini tekshirib
ko‘rish qat‘iyan ta‘qiqlanadi.
Zarb mexanizmi zapalning yondiruvchi pistonini o‘t
oldirish uchun xizmat qiladi. U zarb mexanizmi trubkasi,
biriktiruvchi qism (ulovchi vtulka), yo‘naltiruvchi shayba,
jangovar prujina, zarbdor, zarbdor shaybasi, otish qo‘l
dastasi va ‗alqali saqlagich chekasidan iborat.
Zarb mexanizmi trubkasi zapalning barcha qismlarini
yiish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
a-umumiy ko‘rinishi; b-kesimi; 1-zapalning o‘zi; 2-zarb
mexanizmi; 3-‘alqali saqlagich; 4-zarb mexanizmining
trubkasi; 5-jangovar prujina; 6-zarbdor shaybasi; 7-ulovchi
vtulka; 8-sekinlatgich; 9-kapsyul-detonator; 10-
yo‘naltiruvchi shayba; 11-zarbdor; 12-yondiruvchi kapsyula;
13-sekinlatgich vtulkasi; 14-otish qo‘l dastasi
Zapal granataning portlovchi moddasini portlatish uchun
xizmat qiladi. U sekinlashtiruvchi vtulka, yondiruvchi
kapsyula, sekinlashtiruvchi va kapsyul-detonatordan iborat.
Sekinlashtiruvchi vtulkaning yuqori qismida zarb mexanizmi
trubkasi bilan biriktiruvchi rezba va yondiruvchi kapsyula
uchun uya bor, uning ichida sekinlashtiruvchi joylashadigan
kanal, tashqarisida esa kapsyul-detonatorni gilza bilan
biriktiruvchi qism bor. Yondiruvchi kapsyula
sekinlashtiruvchini alangalatish uchun xizmat qiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |