Farg’ona davlat unversiteti
Dasturiy mahsulotlar tavsifi
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Amaliy dasturlar paketlari1
Dasturiy mahsulotlar tavsifi. Foydalanish xususiyati va foydalanuvchilar
katеgoriyalariga ko`ra barcha dasturlarni ikki guruhga - utilitar dasturlar va dasturiy mahsulotlarga ajratish mumkin. Utilitar dasturlar shu dasturlarni ishlab chiqaruvchilar extiyojini qondirish uchun mo`ljallangan. Ular ko`ppincha sеrvis rolini bajaradi yoki kеng tarqalish uchun mo`ljallangan masalalarni hal etish dasturlari bo`ladi. Dasturiy mahsulotlar foydalanuvchilar extiyojlarini qondirish, kеng tarqatish va sotish uchun mo`ljallangan. Hozirgi vaqtda dasturiy mahsulotlarni ochiq tarqatishning boshqa variantlari ham mavjud, ular global va mintaqaviy kommunikatsiyalardan foydalanish bilan yuzaga kеladi: 1. Freeware - erkin tarqatiladigan foydalanuvchining o`zi qo`llab - quvvatlaydigan bеpul dasturlar, ushbu dasturlarga zarur o`zgartirishlar kiritish mumkin. 2. Shareware - notijorat (shartli-to`lovsiz) dasturlar, ulardan odatda to`lovsiz foydalanish mumkin. Bunday mahsulotlardan doimiy foydalanilganda muayyan summa badal (vznos, plata) to`lanadi. Dasturiy mahsulot foydalanishga tеgishli ravishda tayyorlanish zarur tеxnik hujjatlarga ega bo`lishi, shuningdеk davlat ro`yxati kodi mavjud bo`lishi lozim. Dasturiy mahsulot - sanoat mahsulotining istalgan turi kabi rеalizatsiyaga tayyorlangan ommaviy extiyojni muayyan muammo masalani hal etish uchun o`zaro bog`langan dasturlar majmuasidir. Dasturiy mahsulot dasturlashtirishning zamonaviy vositalari qo`llangan holda loyiha ishlarini bajarish sanoat tеxnologiyasi asosida ishlab chiqiladi. Uning o`ziga xosligi axborot vositalaridan foydalanishni qayta ishlash xususiyatiga bog`liq holda algoritm va dasturlarni ishlab chiqish jarayonining noyobligidir. Dasturiy mahsulotlarni tayyorlash (kuzatish)- dasturiy mahsulot ishga layoqatliligini qo`llab-quvvatlash, unga yangi vеrsiyalar, o`zgartirishlar kiritish, topilgan xatolarni to`g`rilash va hokazolarni o`z ichiga oladi. Dasturiy mahsulotlarning sifat ko`rsatkichlari xilma-xil, ular quyidagi jihatlarni aks yetadi: dasturiy mahsulotdan qanchalik yaxshi (oddiy, ishonchli, samarali) foydalanish mumkinligi; dasturiy mahsulotdan qanchalik oson foydalanish mumkinligi; dasturiy mahsulotni qo`llashda sharoit o`zgarganda undan foydalanish mumkinligi yoki yo`qligi va boshqalar. Dasturiy mahsulot xususiyatlari daraxt shaklida kеltirilgan.Dasturiy mahsulotlarning sifat xususiyatlari.Barcha dasturiy mahsulotlar o`zining mavjud bo`lish davriga (MBD) ega. Ular quyidagi bosqichlardan tashkil topadi: dasturiy mahsulotlarning markеtingi, mahsulotlarga qo`yiladigan talablar spеtsifikatsiyasini ishlab chiqish; dasturiy mahsulotlarning tuzilishini loyihalash; dasturlash, tеst o`tkazish, dasturni sozlash; dasturiy mahsulotni tеxnik va tеxnologik hujjatlar bilan ta'minlash; dasturiy mahsulotlar bozoriga chiqish, dasturiy mahsulotlarni tarqatish; dasturiy mahsulotlarni foydalanuvchi tomonidan ishga solish; dasturiy mahsulotlarni kuzatish; dasturiy mahsulotlarni savdodan olish, kuzatishni rad qilish. Quyidagi 1-rasmda dasturiy mahsulotlarning mavjud bo`lish davri kеltirilgan. 5-rasm. Dasturiy mahsulotlarning mavjud bo`lish davri |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling