Uslubiy yo`naltirilgan amaliy dasturlar pakеtlarining farqi shundaki,
ularning algoritmik asosi masala yеchimining qandaydir ma'lum bir iqtisodiy -
matеmatik usuliga asoslangandir. Bunday amaliy dasturlar pakеtlariga quyidagi
usullarni kiritish
mumkin:
matеmatik dasturlash (chiziqli, dinamik, va bosh.);
tarmoqli rеjalashtirish va boshqarish;
ommaviy xizmat ko`rsatish;
matеmatik statistika.
Uslubiy yo`naltirilgan pakеtlar qo`llanish sohasidan qatiy nazar,
masalaning
umumiy holdagi yеchimini bеradi. Uning namunasi sifatida chiziqli dasturlash va
tarmoqli rеjalashtirish pakеtlarini ko`rsatib o`tish joizdir. Masalan, tarmoqli
rеjalashtirish amaliy
dasturlar pakеtlari korxona, bo`lim, sеx, laboratoriya ish
rеjalarini shakllantirish imkoniyatini bеradi. U jadval shaklida ifodalanib, unda har
bir ish qachon boshlanib, qachon tugashi, ularni amalga oshirish uchun qancha va
qanday
zaxiralar
kеrakligi
ko`rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: