Farg’ona davlat unveseteti Agrar qo’shma fakulteti Issiqxona xo’jaligini tashkil etish va yuritish ii-bosqich talabasi 22. 71-guruh Muxtorova Sohibaning Sabzavotcilik va polizchilik fanidan tayyorlangan slayd Bajardi: Muxtorova Sohiba
Qovunni to’g’ri tanlash va saqlash
Download 0.89 Mb.
|
nilush
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qovunni qishga saqlab qo’yish Agarda siz qishda ham qovundan iste’mol qilishni xohlasangiz, unda bizlarning maslahatlar sizga qo’l keladi. birinchi usul, muzlatish.
Qovunni to’g’ri tanlash va saqlash
Qovunlarni to’g’ri tanlashda esa Qo’qondlik dehqon quyidagi maslahatlarni berdilar:
Qovunni qishga saqlab qo’yish Agarda siz qishda ham qovundan iste’mol qilishni xohlasangiz, unda bizlarning maslahatlar sizga qo’l keladi.
Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bugungi kundagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Buning uchun yil davomida turli oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash borasida ilmiy asoslangan innovatsion texnologiyalar yaratilishi maqsadga muvofiq. Qovunning ozuqaviylik ahamiyati nihoyatda katta bo‘lib, inson salomatligiga kuchli ta’sir etuvchi ajoyib tansiq mahsulot hisoblanadi. O‘zbekiston qovunlari o‘zining shirinligi, betakror mazasi, hidi, uzoq muddat saqlanishi bilan butun dunyoga mashhur. Hozirgi kunda poliz mahsulotlariga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Zotan, poliz ekinlari mahsuloti bo‘lgan qovunda inson salomatligi uchun bir qancha foydali xususiyatlar mavjud. Iste’molga to‘liq yetilib pishgan shirin, yoqimli mazali, xushbo‘y hidli, sershira mevasi ishlatiladi. Uni yangi uzilgan, quritilgan – qoqi, ba’zan ziravorlab sirkalangan (odatda to‘liq pishmagan mevani) holida ham iste’mol qilinadi. Mevasidan murabbo, jem, kompot pishiriladi, shuningdek shira, qovun asali va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. Qovun muhim ahamiyatli, to‘yimli va shifobaxsh oziqadir. Xalq tabobatida qadimdan qovun turli kasalliklarni davolashda keng qo‘llanib kelinadi. Undan o‘z vaqtida Ibn Sino ham ko‘p foydalangan. Meva etini bod, o‘pka sili, podagra kasalliklarini davolashda ishlatishga tavsiya etgan. Qovun qabziyat hollarda va bavosil kasalligida surgi hamda yo‘tal va yallig‘lanishga qarshi, siydik haydovchi, organizmdan gijjalarni tushiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Qovunni yumshoq eti hamda uning shirasi chanqoqni yaxshi qondiradi va nerv (asab)ni tinchlantiradi. O‘zbekistonda hozirgi vaqtda qovunning 160 dan ortiq navlari tarqalgan bo‘lib, ular bir-biridan tezpisharligi, hosildorligi, kasalliklarga va boshqa noqulay sharoitlarga bardoshliligi, ta’mi, saqlanuvchanligi, tashiluvchanligi, qayta ishlash va quritishga yaroqliligi kabilar bo‘yicha farqlanadi. Qovun navlari mevasining qanddorligi 10,4-14,9%gacha bo‘ladi. Qovun mevasi juda sershira bo‘lib (92%gacha suv saqlaydi), tarkibida 4,5-20% qandlar (saxaroza, glyukoza, fruktoza va boshqa qandlar), organik (olma, limon) kislotalar, vitamin S, V1, V2, RR, R va Ye, karotin, pantaten va foliy kislotalar, pektin, xushbo‘y va boshqa moddalar bor. Qovunni yeyiladigan yumshoq qismida ko‘p miqdorda temir, kaliy va boshqa element tuzlari bo‘ladi. Urug‘i ham biologik faol moddalar (25%dan ortiq yog‘, qandlar, oqsil va boshqa birikmalar)ga boy. Qovundagi suv miqdori inson organizmi uchun kerak bo‘ladigan suv balansini to‘liq qondirish xususiyatiga egaligi ham fanda va kundalik hayotda o‘z isbotini topgan. Shuning uchun ham qovunni parhez mahsulotlari qatoriga kirgizish mumkin. O‘zbekistonda hozirgi vaqtda qovunning 160 dan ortiq navlari tarqalgan bo‘lib, ular bir-biridan tezpisharligi, hosildorligi, kasalliklarga va boshqa noqulay sharoitlarga bardoshliligi, ta’mi, saqlanuvchanligi, tashiluvchanligi, qayta ishlash va quritishga yaroqliligi kabilar bo‘yicha farqlanadi. Qovun navlari mevasining qanddorligi 10,4-14,9%gacha bo‘ladi. Qovun mevasi juda sershira bo‘lib (92%gacha suv saqlaydi), tarkibida 4,5-20% qandlar (saxaroza, glyukoza, fruktoza va boshqa qandlar), organik (olma, limon) kislotalar, vitamin S, V1, V2, RR, R va Ye, karotin, pantaten va foliy kislotalar, pektin, xushbo‘y va boshqa moddalar bor. Qovunni yeyiladigan yumshoq qismida ko‘p miqdorda temir, kaliy va boshqa element tuzlari bo‘ladi. Urug‘i ham biologik faol moddalar (25%dan ortiq yog‘, qandlar, oqsil va boshqa birikmalar)ga boy. Qovundagi suv miqdori inson organizmi uchun kerak bo‘ladigan suv balansini to‘liq qondirish xususiyatiga egaligi ham fanda va kundalik hayotda o‘z isbotini topgan. Shuning uchun ham qovunni parhez mahsulotlari qatoriga kirgizish mumkin. Qovun tabiatning gʻaroyib neʼmati minglab dardga davo va vitaminlarga boy mahsulot hisoblanadi. Ushbu poliz ekinini glyukoza hamda vitaminlarning sarchashmasi desa boʻladi. Qovunning kimyoviy tarkibi asosan uning naviga bogʻliq. Uning magʻzida 16-20 foyiz qand, karotin, V9, S, R vitaminlari, A provitamini, katta miqdorda foliy kislotalari va temir moddasi, pektin moddalari, turli yogʻlar va mineral tuzlar mavjudligi uning shifobaxshligiga sabab boʻlgan omillardandir. Magʻzida ham, urugʻida ham isteʼmol qilish uchun toʻliq yaroqli boʻlgan 30 foyizgacha yogʻ moddalari mavjud. Qovun ovqat hazm qilish jarayoniga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, undagi foliy kislotasi qon hosil qilishda ishtirok etadi. Qovun aterosklerozda, kamqonlikda, yurak, qon – tomir kasalliklarida juda foydalidir. Qovun kremnniyga boy. Olimlar inson hayoti va salomatligi, organizmdagi fiziologik jarayonlar meʼyorida kechishi bevosita kremniy moddasi bilan bogʻliq deb hisoblashadi. U inson organizmining qattiq toʻqimalari, terisi va sochining holatiga taʼsir koʻrsatadi. Kremniy miya poʻstlogʻiga, asab tizimiga, ichak devorlariga, oshqozon-hazm yoʻllariga va barcha ichki aʼzolar tizimiga taʼsir koʻrsatadi. Qovunda boshqa poliz mahsulotlaridan farqli oʻlaroq S vitamini koʻproq. Undagi biriktiruvchi toʻqima moddasi ichaklar mikroflorasiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, organizmdan xolesterin moddasini chiqarib yuborishga sabab boʻladi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Qovun chanqoqni bosib, asab tizimini tinchlantiradi. Uning shifobaxsh xususiyatlari tarkibida V9 va S vitaminlari, temir moddasi va kaliy tuziga boyligi bilan bogʻliq. Shu sababdan ham mutaxassislar bemorlarda kamqonlik, yurak, qon – tomir kasalliklarida, aterosklerozda, buyrak va jigar kasalliklarini davolashda qovun isteʼmol qilishni buyurishadi. Qovunning shifobaxsh xususiyatlari uning yetilib, yaxshi pishganligi bilan bogʻliq. Masalan, yetilib pishmagan qovun – sapchani yeyish oshqozon yarasi yoki gastrit kasali bor kishilarga tavsiya etilmaydi. Och qoringa ham qovun tanovul qilish tavsiya etilmaydi. Uni xatarsiz tanovul qilishning tartibi ovqat tanovul qilish orasida boʻlishi yaxshidir, bunda u boshqa tanovul qilingan oziq-ovqat mahsulotlari bilan aralashishib hazmi yaxshiroqdir. Bugungi kunda diyetologlar qovun isteʼmol qilishni ovqat hazm qilishni yaxshilash maqsadida tavsiya etishadi. Bundan tashqari u ajoyib gijja haydovchi vositadir. Bu albatta bolalar uchun foydali. Sharqda tabiblar qadimdan qovundan shifobaxsh vosita – dori sifatida foydalanishgan. Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino oʻziga murojaat qilgan yurak, qon – tomir kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlarni qovun urugʻi va poʻsti bilan davolagan. Shuningdek, u buyraklarda paydo boʻlgan toshlarni chiqarib yubora oladigan xususiyatlarga ega ekanligini taʼkidlagan. U qadimdan bronxit, sil, bosh ogʻrigʻini davolashda va nafas yoʻllarini tozalashda undan tayyorlangan dori-darmonlar keng ishlatilgan. Masalan, bod kasalligini davolashda qaynatilgan qovun shirasi surkash, zahm kasalligida esa qovun urugʻi javharini isteʼmol qilish tavsiya etilgan. Alloma Ibn Sino: oʻz asarlarida qovunning urugʻi va poʻsti tomirlarni kengaytiradi, terini tozalaydi deya yozib qoldirgan. Shuningdek, yana tabiblar sultonining taʼkidlashicha, qovun urugʻi oftob urishidan saqlaydiю Uning obdan pishgani ham, hatto sapchasi ham siydik xaydash xususiyatiga ega. Buyrak, qovuq va jigardagi xiltlarni, toshlarni yoʻqotadi. Xalq tabobatida kamqon kasallarga ham qovun isʼtemol qilishni tavsiya qilishadi. Yevropada keyingi yillarda organizmni qovunning sharbati yordamida tozalash keng tus oldi. Har xil ortiqcha yoqimsiz moddalar va xiltlardan organizmni tozalash uchun 20 kun davomida nahorga, kishi taʼbiga qarab, qovun sharbatiga xohlagan mevasini qoʻshib isteʼmol qilinadi. Bu davolash usulini albatta mutaxassis shifokor maslahati bilan qoʻllaniladi. Oʻzimizda esa”qovun yesang sahar yer, sahar yemasang zahar ye” degan matal mavjud. Bobolarimiz, momolarimiz saharga qovun bilan issiq non yeyishni xush koʻrishardi. Xorazmda esa gurvak qovunni non bilan yeyish anaʼanasi hamon davom etadi. Qovunning ayollar sogʻligʻi uchun foydasi katta. Qovunda mavjud boʻlgan foliy kislotasi ayollar uchungina muhim va zarur boʻlgan moddadir. Zero, foliy kislotasiz boʻlajak ona sogʻlom boʻlish meʼyorida kechmaydi. Chunki u suyaklarni mustahkamlaydigan vositalardan biridir. Qovunda mavjud boʻlgan kremniy suyak, soch va terining sogʻlom boʻlish muvozanatini ham taʼminlaydi. S vitamini usti-ustiga davom etgan shamollashdan zaiflashgan kishilar organizmida immunitetni mustahkamlaydi. Uning obdan pishgani ham, hatto sapchasi ham siydik xaydash xususiyatiga ega. Buyrak, qovuq va jigardagi xiltlarni, toshlarni yoʻqotadi. Xalq tabobatida kamqon kasallarga ham qovun isʼtemol qilishni tavsiya qilishadi. Yevropada keyingi yillarda organizmni qovunning sharbati yordamida tozalash keng tus oldi. Har xil ortiqcha yoqimsiz moddalar va xiltlardan organizmni tozalash uchun 20 kun davomida nahorga, kishi taʼbiga qarab, qovun sharbatiga xohlagan mevasini qoʻshib isteʼmol qilinadi. Bu davolash usulini albatta mutaxassis shifokor maslahati bilan qoʻllaniladi. Oʻzimizda esa”qovun yesang sahar yer, sahar yemasang zahar ye” degan matal mavjud. Bobolarimiz, momolarimiz saharga qovun bilan issiq non yeyishni xush koʻrishardi. Xorazmda esa gurvak qovunni non bilan yeyish anaʼanasi hamon davom etadi. Qovunning ayollar sogʻligʻi uchun foydasi katta. Qovunda mavjud boʻlgan foliy kislotasi ayollar uchungina muhim va zarur boʻlgan moddadir. Zero, foliy kislotasiz boʻlajak ona sogʻlom boʻlish meʼyorida kechmaydi. Chunki u suyaklarni mustahkamlaydigan vositalardan biridir. Qovunda mavjud boʻlgan kremniy suyak, soch va terining sogʻlom boʻlish muvozanatini ham taʼminlaydi. S vitamini usti-ustiga davom etgan shamollashdan zaiflashgan kishilar organizmida immunitetni mustahkamlaydi. Uning obdan pishgani ham, hatto sapchasi ham siydik xaydash xususiyatiga ega. Buyrak, qovuq va jigardagi xiltlarni, toshlarni yoʻqotadi. Xalq tabobatida kamqon kasallarga ham qovun isʼtemol qilishni tavsiya qilishadi. Yevropada keyingi yillarda organizmni qovunning sharbati yordamida tozalash keng tus oldi. Har xil ortiqcha yoqimsiz moddalar va xiltlardan organizmni tozalash uchun 20 kun davomida nahorga, kishi taʼbiga qarab, qovun sharbatiga xohlagan mevasini qoʻshib isteʼmol qilinadi. Bu davolash usulini albatta mutaxassis shifokor maslahati bilan qoʻllaniladi. Oʻzimizda esa”qovun yesang sahar yer, sahar yemasang zahar ye” degan matal mavjud. Bobolarimiz, momolarimiz saharga qovun bilan issiq non yeyishni xush koʻrishardi. Xorazmda esa gurvak qovunni non bilan yeyish anaʼanasi hamon davom etadi. Qovunning ayollar sogʻligʻi uchun foydasi katta. Qovunda mavjud boʻlgan foliy kislotasi ayollar uchungina muhim va zarur boʻlgan moddadir. Zero, foliy kislotasiz boʻlajak ona sogʻlom boʻlish meʼyorida kechmaydi. Chunki u suyaklarni mustahkamlaydigan vositalardan biridir. Qovunda mavjud boʻlgan kremniy suyak, soch va terining sogʻlom boʻlish muvozanatini ham taʼminlaydi. S vitamini usti-ustiga davom etgan shamollashdan zaiflashgan kishilar organizmida immunitetni mustahkamlaydi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling