Farg’ona filiali


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana15.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1481625
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Operatsion mustaqil ish

Terminal bilan ishlash. 
Terminal - bu konsolga taqlid qiladigan grafik dastur.Bunday dasturlar grafik 
rejimidan chiqmasdan buyruqlarni bajarishga imkon beradi.Terminal konsolga 
nisbatan qo'shimcha funktsiyaga ega (sichqonchani boshqarish, kontekst menyusi, 
aylantirish paneli, yorliqlar, bir nechta oynalarni ishga tushirish, asosiy menyu, 
grafik sozlamalar). 
Terminalni quyidagicha ishga tushirishingiz mumkin: 
1)Asosiy menyu → Qidiruv satriga Terminal so'zini kiritish 
yoki Ctrl + Alt + T tugmalar birikmasini bosish 
2)Приложения → Стандартные → Терминал 
3)Asosiy 
 menyu → Ilovalar → Tizim → Terminal 
Terminal ishga tushirilganda har doim qaysidir katalog nomini ko’rsatadi. 
Odatda, bu joriy katalog-foydalanuvchining uy katalogidir, lekin, albatta, uni 
o'zgartirish mumkin. 


Ayni vaqtda qaysi katalogda ekanligingizni aniqlash juda oddiy, ya’ni 
terminal taklifnomasiga qarab, har bir satr boshida avtomatik ravishda paydo 
bo’ladigan belgilarga qarang. 
Terminal ishga tushirilganda, foydalanuvchining uy papkasi joriy katalogga 
aylanadi va shuning uchun ~ belgisi joriy foydalanuvchining uy papkasi manzilining 
sinonimi bo'ladi.
Terminalni ishga tushirgandan so'ng, buyruqlar kiritiladigan qator ko'rinadi, 
masalan: 
Vladimir @ Zotac-Zbox-Nano: ~ $ 
Vladimir - foydalanuvchi nomi 
@ - foydalanuvchi va kompyuter nomi orasidagi ajratuvchi 
Zotac-Zbox-Nano-kompyuter nomi 
: - ajratuvchi 
~ - buyruq qaysi papkada bajariladi, ~ bu foydalanuvchi papkasi, agar ls buyrug'i 
ishlatilsa, ushbu papkadagi fayllar ro'yxatini ko’rish mumkin bo’ladi. 
$ - belgisi oddiy foydalanuvchi huquqlari bilan buyruqni bajarishga taklifnoma (# 
administrator huquqlariga ega buyruqlarni bajarishga taklifni bildiradi). 
23-rasm.Terminal oynasi 
Terminalda Nusxa ko'chirish / joylashtirish buyruqlari- standart Ctrl+C va 
Ctrl+V tugmalari ishlamaydi, bularning o'rniga eski Ctrl + Insert va Shift + Insert 
yoki Shift tugmasini qo’shib: nusxalash uchun Ctrl+Shift+C va Ctrl + Shift + V 
kombinatsiyalaridan foydalanadi. 
Ko'pchilik qo'llanmalar va ko'rsatmalarda terminal buyruqlariga duch kelish 
mumkin. Bu juda ko'p grafik qobiqlarning mavjudligi bilan bog'liq va ularning har 
biri uchun qandaydir harakatni qanday bajarish kerakligini tushuntirish juda qiyin 
bo'lishi mumkin. Terminal hamma uchun bitta va hamma qobiqlarda bir xil 
buyruqlar ishlaydi (albatta, qobiqni o'zini sozlash buyruqlaridan tashqari). Bundan 
tashqari, sichqoncha bilan nimani, qayerda va qanday bosish kerakligini 
tushuntirishdan ko'ra, bitta buyruq berishni tushuntirish ancha oson. 
Ko'pincha ko’p buyruqlar biror joydan ko’chirib olib kelinmasdan qo'lda 
yozilishi kerak bo’ladi. Bunda Terminalning avtoto'ldirish deb nomlangan ajoyib 
funktsiyasi yordamga keladi. Misol uchun Terminalga apt-g kiritib,Tab tugmachasi 
bosilsa, Terminal avtomatik ravishda buyruqni to’ldiradi va apt-get ko’rinishga 


keltiradi. Terminalda buyruqlarni to'ldirish deyarli hamma joyda ishlaydi va nafaqat 
buyruqlar uchun, balki ularning argumentlari va fayl nomlari uchun ham. Terminalni 
ochib, Ctrl + R tugmalar birikmasini bosib, kerakli buyruqni yozilgandan keyin 
Terminal oldindan yozilgan buyruqlardan avtomatik ravishda mos variantlarni 
almashtiradi. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling